
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
✔️
Natijalar yangilandi
Bugungi tanlovda bir necha ishtirokchilar
sunʼiy ongdan
foydalanish mumkinmasligini bilishmaganini aytib, uzr soʻrashdi. Shuningdek, biz ham yangi mavsum oldidan qonun-qoidalarimizda
sunʼiy ong
haqida hech nima demagan ekanmiz.
Bu uchun uzr soʻraymiz!
❗️
Oʻrni kelganda eslatib oʻtamiz, tanlovda
sunʼiy ongning har qanday turidan foydalanish mumkin emas
(Chatgpt, Claude, Gemini va hokazo).
Izohda boʻlib oʻtgan voqeani muhokama qilish, har xil gap-soʻzlarni yozish taqiqlanadi.
❌
Tanlovni tashkil qilinishidan, unda qatnashishdan yagona maqsadimiz eshitayotgan ilmlarni hayotimizga tatbiq qilish boʻlsin. Alloh taolo toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin.
🤲
@hasanhusayn
📣
«Oʻzlikka qaytish» tanlovining 2-mavsum 1-bosqich natijalari aniqlandi
✔️
Rasmda ushbu bosqichda hadyalarga ega boʻlgan
15 ta
ishtirokchi keltirilgan.
G‘oliblarga tez orada aloqaga chiqamiz. Hadyalar
ertadan
jo‘natish boshlanadi, inshaalloh.
😊
🔥
Quyida ushbu bosqichning savol-javoblari, ularning izohi va manbasi bilan tanishishingiz mumkin:
https://telegra.ph/2-mavsum-1-bosqich-savol-va-javoblari-10-24
Alloh taolo tanlovni davomli, manfaatli qilsin!
@hasanhusayn
❗️
Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.
G'olib tez orada eʼlon qilinadi
@hasanhusayn
📣
«Oʻzlikka qaytish» tanlovining 2-mavsum 1-bosqich savollari
- 11:26 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi;
- Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi;
- Tahrirlangan, ikkinchi joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi;
- Ism-familyangizni javoblar bilan birga yuboring;
❗️
Javoblarni bitta matnda yuboring;
✔️
Javoblar
@hasanhusaynadmin
ga yuboriladi.
1.
Ustoz «Shifo» suhbatida barcha paygʻambarlarning keltirgan risolati qaysi ish uchun tayyorgarlik boʻlganini aytadilar?
2. Nabiy alayhissalom: «Uch ishni qilganlardan Alloh rozi boʻladi», deydilar. Allohga shirk keltirmaslik. Allohning arqonini birgalikda mahkam ushlash. Uchinchisi qaysi?
3. Ibrohim Harbiy rohmatullohi alayh qalbi qazo va qadarga rozi boʻlmagan kishi haqida nima deganlar?
4. «Istardimki, men qoldirayogan ilmdan odamlar foydalanishsa, lekin meni eslashmasa». Ushbu iqtibos kimga tegishli ekanini ayting
5. Ustoz «Qurʼon bilan tanishuv» suhbatida Kahf egalarining misolida jamiyatning isloh uchun kimlarning isloh boʻlishi kerakligini aytadilar?
6.
Hanafiy mazhabi ulamolari, xossatan Oʻzbekiston musulmonlar idorasi fatvo hayʼati musulmon kishi qaysi ishni loaqal bir yilda bir marta qilishi kerakligini aytadilar?
7. Ustoz «Qurʼon bilan tanishuv» suhbatida Zulqarnayn nima qilgani uchun dunyoga hukmdor boʻlganini aytadilar?
8.
Ustoz «Arbaʼin» suhbatida odatda solih farzandlar qanday insonlardan dunyoga kelishini aytganlar?
9. Tamim Doriy roziyallohu anhu uch ishda boshqa sahobalardan ajralib turadilar. Nabiy alayhissalomga minbar qilish fikri shu sahobadan chiqqan. Birinchi boʻlib masjidga qandil ilgan sahoba ham aynan Tamim Doriydir. Uchinchi ish qaysi?
10. Ustoz «Qurʼon bilan tanishuv» suhbatida tafsir bilan taʼvilning farqini keltirib, tafsir bor narsani boricha yoritish, deb aytadilar. Taʼvil nima?
11. Hasanxon va Husaynxon ustozlarning otalari farzandlariga qaysi sababni aytib, Kahf surasining oxirgi oyatlarini yodlatganlar?
12.
Ustoz «Arbaʼin» suhbatida Allohning Kitobiga xayrixohlikning bir nechta sifatlarini sanaydilar. Eng birinchi sifat deb nimani keltiradilar?
13.
Ustoz «Qurʼon bilan tanishuv» suhbatida inson ilmga chanqoq boʻlishi kerakligini aytib, Imom Abu Hanifaning hayotlaridan misol keltiradilar. Imom fatvo berish uchun bir ishni oʻrganadilar va doim oʻrgatgani uchun oʻsha odamdan xursand boʻlib yuradilar. U qaysi ish edi?
14. Kishida bir narsa boʻlsa, unga xursandchilik, boylik kelsa ham, quvvat-qudratga ega boʻlsa ham hovliqib ketmaydi. Shu narsa sabab ojiz boʻlsa, tushkunlikka tushmaydi, kambagʻal boʻlsa, gʻam yemaydi. Bu narsa nima?
15. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu Nabiy alayhissalomga qaysi uch ishni qilaman, deb bayʼat berganlarini ayting?
@hasanhusayn
#tanlov
📣
Bugun 11:00 da «Oʻzlikka qaytish»
tanlovning
2-mavsum 1-bosqichi oʻtkaziladi.
Javoblar
@hasanhusaynadmin
ga yuboriladi;
Tanlovga chet eldan turib qatnashsa ham boʻladi (ammo agar gʻolib boʻlsangiz, hadyalarni Oʻzbekistondagi vakilingiz qabul qilib olishlari kerak);
Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtilmaydi, erkak va ayollar qatnashishlari mumkin, yosh chegaralanmagan;
Javobni yuborish uchun 25 daqiqa vaqt beriladi;
Javobni xohlasangiz yozma, xohlasangiz qogʻozga yozib, uni rasmga olib yuborishingiz mumkin;
Javoblarni yuborishda konspektdan foydalansangiz boʻladi (ammo kompyuter yoki telefonga konspekt qilgan boʻlsangiz, «qidirish», «nusxalash» kabi xizmatlardan foydalanish mumkin emas);
Tahrirlangan javob qabul qilinmaydi;
❗️
Diqqat qiling!
Gʻoliblarni aniqlashda eng tez va toʻgʻri javob yuborgan dastlabki
15 nafar
ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Shu sababli keyingi javoblar alohida tekshirilmaydi.
@hasanhusayn
📣
Ertaga «O‘zlikka qaytish»
tanlovining
2-mavsum 1-bosqichi o‘tkaziladi
@hasanhusayn
📣
«O‘zlikka qaytish» tanlovining ikkinchi mavsum birinchi bosqichiga 7 kun
qoldi
Siz musobaqaga tayyormisiz?
😊
@hasanhusayn
✨
«Moziy»gʻa qaytib ish koʻrish xayrlik»...
«O‘zlikka qaytish»
tanlovining birinchi mavsumida
«Moziy»
jamoasi
homiylar qatorida turib, har oy sumkalar hadya qilgan edi.
Ushbu jamoa tanlovimizning ikkinchi mavsumida ham biz bilan yelkadosh bo‘lishga, ishtirokchilarga quvonch ulashishga rozi bo‘ldilar.
🛍
«O‘zlikka qaytish»
tanlovining ikkinchi bosqichida ham g‘oliblarning hadyalari go‘zal, bejirim sumkalarda boradi.
Marhamat, tanlovda ishtirok eting, g‘olib bo‘lib, ko‘plab sovg‘alarga ega bo‘ling
😊
Eslatib o‘tamiz,
«O‘zlikka qaytish»
tanlovining ikkinchi mavsum birinchi bosqichi
25-oktyabr kuni 11:00 da
o‘tkaziladi.
@hasanhusayn
🌷
Ayol-qizlar uchun libos va sharf hadya qilinadi
«O‘zlikka qaytish»
tanlovining ikkinchi bosqichi uchun
«Makdora»
jamoasi homiylar qatoriga qo‘shildi.
🎁
Endilikda
1-2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarga libos, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchiga sharf
boshqa hadyalar qatorida taqdim qilinadi.
Alloh taolo barcha homiylarning ehsonlariga baraka bersin, o‘rnini to‘ldirsin!
🤲
Eslatib o‘tamiz,
«O‘zlikka qaytish»
tanlovining ikkinchi mavsum birinchi bosqichi
25-oktyabr kuni 11:00 da
o‘tkaziladi.
@hasanhusayn
📖
«Odoblar xazinasi» kitobiga ega bo‘ling!
«O‘zlikka qaytish»
tanlovida navbatdagi kitob to‘plami haydalar orasiga qo‘shildi. Har bosqichda yuqori o‘rinni egallagan ishtirokchiga
shayx Muhamma Sodiq Muhammad Yusuf
hazratlarining
«Odoblar xazinasi»
kitoblari ham sovg‘a qilinadi.
✔️
Asar
Imom Buxoriy
rohmatullohi alayhning ikkinchi bosh asarlari hisoblanib,
shayx hazratlari
tomonidan
tarjima
va
sharh
qilingan. To‘plam
4 jilddan
iborat. Unda
axloq-odobga oid hadislar
jamlangan.
Bir deganda 4 ta kitob to‘plamiga ega bo‘lishni istasangiz, marhamat, «O‘zlikka qaytish» tanlovida ishtirok etib, g‘olib bo‘ling.
😊
Eslatib o‘tamiz,
«O‘zlikka qaytish»
tanlovining ikkinchi mavsum birinchi bosqichi
25-oktyabr kuni 11:00 da
o‘tkaziladi.
@hasanhusayn