
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
KENGASH MFYDA ELEKTR TA’MINOTI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA
Andijon shahar Kengash MFY hududida PQ-62 dasturi doirasida elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Xususan,
400 kVA quvvatli transformator punkti
o‘rnatilib, temir-beton tayanchlar hamda
330 metr SIP-70 kabel tarmog‘i
tortilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
RASMIY MUNOSABAT
Baliqchi tumani, “Farovon” MFY, Oltiariqchek ko‘chasida yashovchi fuqaro A. Abduraximov tomonidan Prezident Virtual qabulxonasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali elektr ta’minoti va transformator punktining o‘rnatilishi yuzasidan bildirilgan murojaat Baliqchi tuman elektr ta’minoti Chinobod bo’limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda qayta o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Farovon” MFY hududidagi iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududda bir qator amaliy ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, mavjud yuklamani kamaytirish va iste’molchilarda kuchlanish sifatini yaxshilash maqsadida hududdagi eski
100 kVA quvvatli transformator punkti 160 kVA quvvatli yangi transformatorga almashtirilib, ishga tushirilgan.
Shuningdek, Oltiariqchek ko‘chasidagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida
800 metr masofaga zamonaviy SIP-4x35 rusumli izolyatsiyalangan havo tarmog‘i tortilgan.
Hozirda yangi tortilgan tarmoqqa xonadonlarni bosqichma-bosqich ulash va to‘liq o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, “Farovon” MFY hududida elektr ta’minoti qamrovini kengaytirish va barqarorligini ta’minlash maqsadida
Ilmutolib va Saodat ko‘chalariga 2 dona yangi transformator punkti olib kelinib, ularni o‘rnatish va ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda Oltiariqchek ko‘chasi hamda unga tutash hududlardagi iste’molchilar yangi o‘rnatilgan
160 kVA quvvatli transformator punkti va 800 metr yangi SIP tarmog‘i
orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Shu bois murojaatda keltirilgan
“transformator o‘rnatilmagan”
mazmunidagi e’tiroz o‘rganish davomida o‘z tasdig‘ini topmadi. Hududda 160 kVA quvvatli transformator punkti hamda 800 metr SIP tarmog‘i amalda mavjud bo‘lib, elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#TEZKOR
⚡️
AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
2026-yil
11-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar
elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
ASAKA TUMANIDA
“GES-5A” I-sistema shinasidagi 6 kV yo‘nalishda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Ne’matobod MFY, Ibn Sino MFYning bir qismi
hududida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
BALIQCHI TUMANIDA
“L-O‘rmonbek” 110 kV havo elektr tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
O‘rmonbek, Ziyokor, Charog‘on, Arolxon, Jartepa, Afsona, Xalfachek, Eshonchek, Zulfiqor, Yurtobod MFYlarining bir qismi
hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
BO‘STON TUMANIDA
“L-O‘rmonbek” 110 kV havo elektr tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Mehnatobod, Guliston, Nurofshon, Xovos, Sarbon, Sariqjo‘g‘a, Navro‘z, Gulshan, Davlatobod MFYlari
hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
ULUG‘NOR TUMANIDA
“L-O‘rmonbek” 110 kV havo elektr tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Fazogir, To‘rttol MFYning bir qismi
hududida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
PAXTAOBOD TUMANIDA
“PS Paxtachi” 35/10 kV podstansiyasidagi
T-1 transformatorida
rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Qumshaydo, Ko‘kto’nlik, Beshqo‘rg‘on, Nur diyor, Qoraqo‘rg‘on, Qayir, To‘rabod MFYlari
hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔔
Eslatma:
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#shukronalik
DILKUSHODDA YANGILANISH: BARQAROR ELEKTR, FAROVON HAYOT!
Xo‘jaobod tumani
“Dilkushod” MFY
da aholi elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Belgilangan loyihaga muvofiq, hududda
183 ta temir-beton tayanch va 2 ta transformator punkti o‘rnatilib
, 4,5 kilometr tarmoq qurilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda
5,08 kilometr elektr tarmog‘i tortilmoqda.
Yangilanayotgan elektr tarmoqlari mahalla aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
“Elektr ta’minotimiz yaxshilanayotganidan juda mamnunmiz. Xonadonlarimizdagi sharoit yanada qulay bo‘lishiga ishonchimiz komil. Bunday e’tibor uchun minnatdormiz”,
— deydi mahalla ahli.
Bunday bunyodkorlik ishlari —
xalq farovonligi va inson qadriga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasidir.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#MA
’NAVIYAT
📚
KITOBXON YOSH — KELAJAK BUNYODKORI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor va yosh xodimlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Filialning
minglab badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlarni o‘zida jamlagan kutubxonasi
xodimlar uchun sevimli maskanlardan biriga aylangan. Bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni istagan xodimlar ushbu kutubxonadan muntazam foydalanib, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashini boyitib kelmoqda.
Bugun esa ana shu kitobsevarlar orasidan
yosh kitobxonlar
alohida saralab olinib, ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada rag‘batlantirish maqsadida taqdirlandi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan yosh kitobxonlarga
esdalik sovg‘alari hamda sara kitoblar to‘plami
topshirildi.
Zero,
kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa inson kamolotining eng ishonchli yo‘lidir.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#TEZKOR
⚡️
AYRIM HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
2026-yil
10-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar
elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
ANDIJON TUMANIDA
“L-Izboskan” 110 kV havo elektr tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Orol, Rohat, Saydulobod, Qizildehqon, Namuna, Besh pahlavon, Oq Rovvot, Gulobod, Chavkandaryo, Yangiobod, Begobod, Qoraqalpoq, Bobog‘ozi va Aylanpa MFY hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
PAXTAOBOD TUMANIDA
“PS Paxtachi” 35/10 kV podstansiyasidagi T-1 transformatorida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Qumshaydo, Ko‘ktunlik, Beshqo‘rg‘on, Nur diyor, Qoraqo‘rg‘on, Qayir va To‘rabod MFY hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
ASAKA TUMANIDA
“L-Xoldovonbek” 35 kV havo elektr tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Bozorboshi, Fidokor, Turon va Gumbaz MFY hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔹
XONOBOD SHAHRIDA
“L-Kampirovot” 110 kV havo elektr tarmog‘ida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli:
📍
Sohibqiron, Xurobod, Yangiobod, Ko‘nchilik, Jannatmonand, Bunyodkor, Kampirovot, Xonobod, Yuksalish va Navoiy MFY hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
🔔
Eslatma:
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#shukronalik
OBOD MAHALLA — BARQAROR ELEKTR, FAROVON HAYOT!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#shukronalik
OBOD MAHALLA — BARQAROR ELEKTR, FAROVON HAYOT!
Prezident qarorlari ijrosi doirasida Jalaquduq tumanidagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🔹
“G‘ozichegi” MFY
da 203 ta temir-beton tayanch hamda 2 ta transformator punkti o‘rnatildi. Ayni paytda 6,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari olib borilib,
1,4 km tarmoq tortildi.
🔹
“A. Rahmonov” MFY
da esa 185 ta temir-beton tayanch o‘rnatilishi va 1 ta transformator punkti barpo etilishi belgilangan. Hozirga qadar
90 ta tayanch o‘rnatildi.
Mazkur yangilanishlar mahallalarda elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, xonadonlar va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Mahalla ahli yaratilayotgan sharoitlardan mamnunligini bildirib, bunday ezgu o‘zgarishlar uchun
shukronalik va minnatdorlik
tuyg‘ularini izhor etmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
SOVUQ KUNLARDA UZLUKSIZ TA’MINOT UCHUN
Qo‘rg‘ontepa tumanida aholi va ijtimoiy obyektlarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, ayniqsa, «og‘ir» toifali hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari izchil davom etmoqda.
Batafsil
👉
Xalq so’zi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram