Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"HUDUDGAZ QASHQADARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI

hududgaz_qashqadaryo_gtf
Kanal "Hududgaz Qashqadaryo" GTF faoliyatiga oid xabar va lavhalarni o'z ichiga oladi. Tizimdagi yangiliklarni bizda kuzatib boring
Subscribers
2 667
24 hours
1
30 days
87
Post views
952
ER
35,7%
Posts (30d)
161
Characters in post
701
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Energy & Environment
Summary
September 25, 13:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#bilasizmi
Gaz hisoblagichi nima sababdan blok holatiga tushishi mumkin?
Tabiiy gazdan foydalanish jarayonida hisoblagich ayrim holatlarda blok holatiga tushishi mumkin. Bunga gaz uchun qarzdorlik yuzaga kelishi, hisoblagich yoki uning elektron qismida texnik nosozlik aniqlanishi, shuningdek, qurilma yoki plombaga tashqi aralashuv qayd etilishi sabab boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, maʼlumot almashinuvi yoki aloqa tizimidagi texnik uzilishlar ham hisoblagichning vaqtincha bloklanishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Bunday holatlarda muammoning aniq sababi mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
Hisoblagich bloklanishining keng tarqalgan sabablaridan biri — gaz uchun qarzdorlikning yuzaga kelishi. Shu bois isteʼmolchilarga gaz uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu qarzdorlik yuzaga kelishi va gaz taʼminotida uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Koll-markazning 1104 qisqa raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 25, 12:56

🔥
Tabiiy gaz tʼminoti qayta tiklanmoqda!
Ayni daqiqalardan Mirishkor tumanining Mirishkor va "Yangi mirishkor" mahallasida tabiiy gaz ta'minoti
bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda!
❗️
Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling!
✍️
"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

September 25, 12:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

Murojaat va yechim
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali Koll-markaziga kelib tushgan navbatdagi murojaat tegishli tartibda o‘rganildi. Murojaatda ko‘tarilgan masala mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olinib, zarur choralar ko‘rildi va iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.
Hududlarda fuqarolardan kelib tushayotgan har bir murojaatni tezkor ko‘rib chiqish, muammolarga amaliy yechim topish va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 25, 11:22
Media unavailable
10
Show in Telegram

"Hududgaz Qashqadaryo" GTFda “Hududgazta’minot” AJ huzurida yangidan tashkil qilingan “Energo Digit” MCHJning servis xizmat ko‘rsatish faoliyati va uni takomillashtirish yuzasidan seminar o‘tkazildi
.
Unda “Hududgazta’minot” AJ, Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat Prokuraturasi, “O‘zenergoinspeksiya“, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mazkur jamiyatning isteʼmolchilar uchun ko‘rsatayotgan xizmat turlarining afzalliklari va bu borada qilinayotgan amaliy ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Aytish kerak, uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish va is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash hamda oldindagi isitish mavsumida baxtsiz hodisalarning oldini olishda muhim qadam hisoblanadi.
✍️
“Hududgaz Qashqadaryo” GTF matbuot xizmati

September 25, 08:24
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📌
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan
uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.
Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim,-
deydi
S.Mirziyoyeva.
JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 25, 06:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#profilaktika
#nocomment
🎥
Shahrisabz gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish rejasi yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
✍
"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

September 25, 04:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

#37_son
Hurmatli davlat xizmatchilari,
siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 25, 04:11
Media unavailable
10
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇸
Saida Mirziyoyeva “BlackRock” korporatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda “BlackRock” prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan
uchrashdi.
🏙
Muloqot davomida
2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish
masalasini muhokama qilindi. “BlackRock” ushbu Markaz
konsepsiyasi
va
tuzilmasini
ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
✅
Saida Mirziyoyeva, shuningdek,
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari
ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida ham qatnashib,
O‘zbekiston
hamda
mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari
yuzasidan fikr almashdi.
“O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda”, — deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 24, 14:12

⚡️
Tabiiy gaz tʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi!
ERTAGA MIRISHKOR TUMANINING MIRISHKOR VA "YANGI MIRISHKOR" MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI!
Yirik hududda o‘rnatilgan hisoblash uskunasi texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu maqsadda
2026-yilning 25-sentyabr kuni (ertaga) soat 09:00 dan 18:00 ga qadar
tumanning Mirishkor va "Yangi mirishkor" mahallasidagi 1542 xonadon va mazkur hududlarda joylashgan 24 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
✍️
"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

September 24, 11:08
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha
yigʻilish
oʻtkazildi.
Shu bilan davlatimiz rahbari Andijonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
совещание
по вопросам социально-экономического развития Андижанской области, поддержки предпринимательства и повышения доходов населения.
На этом глава нашего государства завершил поездку в Андижан и вернулся в Ташкент.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Andijon
#yigilish
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz