
"HUDUDGAZ JIZZAX" gaz ta‘minoti filiali
🚨
TEZKOR E’LON
🔧
Ta’mirlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
📍
Forish tumani
“Bog‘don” va “Ilonchi” GTSlari hududida 2026-yil 17-iyun soat 09:00 dan 19-iyun soat 17:00 gacha.
📍
Do‘stlik tumani
“Mevazor” MFYdagi yuqori bosimli gaz quvurida zamonaviy zulfin almashtirish ishlari sababli 2026-yil 17-iyun soat 09:00 dan 18-iyun soat 17:00 gacha.
📍
Jizzax shahri
“Do‘stlik”, “Bunyodkor” va “Ulug‘bek” MFYlarida gaz tarmoqlari hamda qurilmalarini estetik jihatdan tartibga keltirish ishlari sababli 2026-yil 17-iyun soat 08:00 dan 17:00 gacha.
📍
Paxtakor tumani
“Paxtakor–Zafarobod” GTSida aholi va sanoat tarmoqlarida gaz sizib chiqish holatlarini bartaraf etish ishlari sababli 2026-yil 17-iyun soat 10:00 dan 18:00 gacha.
📍
Sharof Rashidov tumani
“Yangi-hayot” GTSidagi barcha o‘lchov tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 2026-yil 17-iyun soat 08:00 dan 24-iyun soat 17:00 gacha.
✅
Ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
https://t.me/hududgazjizzax
📢
E’LON
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, "Hududgaz Jizzax" gaz ta’minoti filiali hamda Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamkorligida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot uchrashuvi oʻtkaziladi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minoti bilan bogʻliq murojaatlar, shuningdek, sohani rivojlantirishga oid takliflar muhokama qilinadi.
🗓
Sana: 2026-yil 17-iyun
🕙
Vaqti: 10:00
📍
Manzil: Jizzax viloyati, Bogʻishamol MFY, Jizzax davlat pedagogika universiteti filiali
Barcha tadbirkorlar va ishbilarmonlik subyektlari vakillarini mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Energetika vazirligi
"Hududgaz Jizzax" gaz ta’minoti filiali
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
📝
“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik: zamonaviy havo filtrlari o‘rnatilmoqda
2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash maqsadida Arnasoy tumanida gaz ta’minoti tizimida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida gaz taqsimlash inshootlarida zamonaviy havo filtrlari o‘rnatilib, mavjud uskunalarning texnik holati yaxshilanmoqda. Ushbu ishlar gaz ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, uskunalarning samarali ishlashini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Mutaxassislar tomonidan belgilangan reja asosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari iste’molchilarga sifatli va uzluksiz gaz yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan.
📝
“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati
#DOLZARB_90_KUN
📚
⚽
Yoshlar kamoloti yo‘lida amaliy ko‘mak
“
Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali
tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida
G‘allaorol tumani “GULCHAMBAR” QFY
hududida joylashgan 68-sonli umumta’lim maktabida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida maktab kutubxonasi fondini boyitish maqsadida 200 dona badiiy kitob taqdim etildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari uchun zarur sharoitlarni yaxshilash maqsadida sport anjomlari ham topshirildi.
Jumladan, maktab ixtiyoriga 5 dona futbol to‘pi, 5 dona voleybol to‘pi hamda 5 dona sport formasi berildi. Mazkur tashabbus o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Yosh avlodning ma’naviy va jismoniy kamolotiga qaratilgan bunday ezgu ishlar
“Hududgaz Jizzax” GTF
tomonidan izchil davom ettirilib, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mazkur xayriya tadbiri maktab jamoasi va o‘quvchilar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinib, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirildi.
📝
“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati
🚨
#TEZKOR
E’LON
🔧
Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “O.Vodiy” va “Bobur” MFY hududlarida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilishi munosabati bilan:
📅
2026-yil 16-iyun kuni
🕗
soat 08:00 dan 17:00 gacha
⛔
Tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
✅
Ta’mirlash va profilaktika ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
📢
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati
https://t.me/hududgazjizzax
🚨
TEZKOR E’LON
🔧
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi “Qoʻytosh” va “Lalmikor” GTSlarida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 16-iyun kuni soat 10:00 dan 22-iyun kuni soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha toʻxtatiladi.
⸻
🔧
Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi “Yangiobod” GTSida oʻrta bosimli D-159 mm gaz quvurlarini tartibga keltirish va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 16-iyun kuni soat 08:00 dan 18-iyun kuni soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha toʻxtatiladi.
⸻
🔧
Jizzax viloyati Doʻstlik tumanining “Sanoatchilar” MFY O. Nurmatov koʻchasida D-159 mm yer osti gaz quvurini yer ustiga chiqarish va tartibga keltirish hamda yuqori bosimli gaz taqsimlash shoxobchasini ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 16–17-iyun kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha toʻxtatiladi.
✅
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
https://t.me/hududgazjizzax
🚫
KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!
⚖️
Halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligi — jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridir.
🏢
“Hududgaz Jizzax” GTF jamoasi o‘z faoliyatida halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
🤝
Har bir xodimning mas’uliyati, vijdonli mehnati hamda fuqarolarning ishonchi korrupsiyasiz jamiyat barpo etishning muhim kafolatidir.
💎
Qonun ustuvorligi
💎
Ochiqlik va shaffoflik
💎
Halol mehnat va mas’uliyat
📌
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy vazifamiz!
🔹
“Hududgaz Jizzax” GTF
🔹
Halollik va mas’uliyat yo‘lida!
📝
“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati
🎙
RADIO ORQALI ESHITTIRILDI
Forish tumanidagi “Zangori olov” bolalar oromgohi bolajonlarni qarshi oldi
📻
Ushbu radio materialni 105.5 FM va 106.2 FM radio to‘lqinlari orqali tinglashingiz mumkin.
📝
“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati
🚨
Arnasoy tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi tashkil etildi.
Unda “Arnasoytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari faol ishtirok etib, gaz ta’minoti tizimlarida xavfsizlikni ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan amaliy ishlarni amalga oshirdilar.
Shuningdek, fuqarolarga tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
📝
“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati
Samarqand shahrida 4,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Samarqand shahrida Jamiyat ishchi guruhi, viloyat gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi, Prokuratura shtabi va Oʻzenergoinspeksiya mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan xatlov vaqtida qonunbuzilish holati qayd etildi.
Shaharning “Xoʻjaqishloq” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro B.O. ga qarashli novvoyxonada xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan oldin tarmoqqa yashirin yoʻl orqali toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 4 milliard 107 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz