Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal

hududtv
⚡️ "Hudud" informatsion dasturi 📆 Dushanbadan-jumagacha ⏰ 09:00 12:00 16:00da 🔴 YouTube http://youtube.com/@MeningYurtim 🟢 Instagram https://www.instagram.com/hududmy5tv 🔵 Telegram https://t.me/hududtv 📞 Murojaat: +998907888579
Subscribers
3 801
24 hours
8
30 days
21
Post views
491
ER
12,92%
Posts (30d)
541
Characters in post
819
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
October 27, 14:38
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Toshkent
PREZIDENT OLIMPIADASIDA 3,5 MINGDAN ZIYOD YOSH 26 TA SPORT TURI BO‘YICHA BELLASHADI
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Prezident olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etib, sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini tabrikladi. Bu yilgi musobaqalarda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yosh olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi 26 ta sport turi bo‘yicha kuch sinashadi. Ularga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda. Davlatimiz rahbari yoshlar orasidan kelajakda dunyoni hayratga soladigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.
Maxsus son
Muxbir: Umida Olimova
19:30 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Xorij xabarlari
JANUBIY AFRIKALIK YOZUVCHI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA 1 MILLION DOLLARDAN ORTIQ DAROMAD TOPDI — XORIJ XABARLARI
Koral Hart taxallusi bilan ijod qiluvchi yozuvchi 20 oy ichida sun’iy intellekt yordamida 371 ta ishqiy roman yozib, Amazon va boshqa onlayn platformalarda sotgan. U ChatGPT, Claude va Grok kabi chatbotlardan foydalangan. Muallif asarlarning g‘oyasi, syujeti va qahramonlarini o‘zi ishlab chiqqan. Biroq, muvaffaqiyatiga qaramay, u haqiqiy ismini sir saqlamoqda.
ISPANIYADA AVTOBUS JAROHATLANGANLAR BILAN JARLIKKA QULADI
Ispaniyaning Barselona shahri yaqinida avtobus yo‘ldan chiqib, taxminan 20 metr chuqurlikdagi jarlikka qulagan. Hodisa oqibatida 83 kishi jarohatlangan, ulardan yetti nafari og‘ir ahvolda. Voqea sabablari yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
MICROSOFT 60 MING XODIMIGA IXTiyoriy ISHDAN BO‘SHASHNI TAKLIF QILDI
Microsoft kompaniyasi AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Hindistondagi 60 ming nafar xodimiga kompensatsiya evaziga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shash dasturini taklif qildi. Bu qaror kompaniyaning sun’iy intellekt infratuzilmasiga katta sarmoya kiritayotgani fonida xarajatlarni qisqartirish chorasi sifatida izohlanmoqda.
TURKIYADA TORNADO OQIBATIDA BESH KISHI HALOK BO‘LDI
Turkiyaning Antaliya hududida yuz bergan tornado oqibatida besh nafar ishchi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Tabiiy ofat qurilish maydonidagi ishchilar yashaydigan boshpanalarga zarar yetkazgan, katta kran esa qulab tushgan. Hodisa joyida qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.
XITOYLIK TADBIRKOR UMRBOD QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILINDI
Xitoyning mis savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyasi asoschisi Xe Szinbi firibgarlik va poraxo‘rlikda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya faoliyati bir nechta bank uchun bir milliard dollardan ortiq zarar xavfini yuzaga keltirgan. 61 yoshli tadbirkor hukm ustidan shikoyat kiritgan.
Muxbir: Hilola Muhammadjonova
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Toshkent
TOSHKENTDA HAVO IFLOSLANISHIGA QANDAY OMILLAR SABAB BO‘LMOQDA?
So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida havo ifloslanishi bilan bog‘liq holat kuzatilmoqda. Bunga qanday omillar sabab bo‘lmoqda va vaziyatning yuzaga kelishiga nimalar ta’sir ko‘rsatmoqda? Texnika fanlari doktori, Ixtisoslashtirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi rahbari Zikrilla Alimov ushbu holat yuzasidan o‘z izohlarini berdi.
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:56
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Farg'ona
RISHTONDA TEXNIKUM QOSНIDA ZAMONAVIY TIBBIYOT KLINIKASI ISH BOSHLADI
Farg‘ona viloyatidagi Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi qoshida ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi tashkil etildi. Muassasa bir vaqtning o‘zida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va o‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bazasi vazifasini bajarmoqda. Klinikada texnikumning 8 nafar bitiruvchisi doimiy ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, joriy o‘quv yilida 60 nafar o‘quvchi Buyuk Britaniyaning Pearson xalqaro ta’lim dasturiga qabul qilindi. Ushbu tashabbus tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va yoshlarning bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Muxbir: Muhammadsiddiq Usmonov
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:54
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Sirdaryo
SIRDARYODA “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING TUMAN-SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida “Jadidlar izidan” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 6–8-sinf hamda 9–10-sinf o‘quvchilari jadid bobolarimizning hayoti, ijodi va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Test savollari orqali kechgan bellashuv yakunida yuqori ball to‘plagan ikki nafar ishtirokchi tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Muxbir: Sevara Ahmadqulova
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:53
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Qashqadaryo
QASHQADARYODA YANGI TEZKOR BOSHQARUV MARKAZI ISH BOSHLADI
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida zamonaviy Tezkor boshqaruv markazi foydalanishga topshirildi. Markazda 112 qisqa raqamiga kelib tushgan murojaatlarni tegishli xizmatlarga yo‘naltirish, “Tashvish tugmasi” orqali xavf signallarini qabul qilish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, viloyat hokimi Murotjon Azimov shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlariga yangi xizmat avtomashinalarining kalitlarini topshirdi. Yangi markaz huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Muxbir: G'olib Amirov
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:51
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Namangan
NAMANGANDA V XALQARO ASAL FESTIVALI O‘TKAZILDI
Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida V Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Ozarbayjondan 200 nafardan ortiq asalarichi, soha mutaxassisi va tadbirkor ishtirok etdi. Uch kun davom etgan festivalda 35 tonna asal va asalarichilik mahsulotlari namoyish etilib, 50 mingdan ziyod ishtirokchi uchun madaniy tadbirlar, sport musobaqalari va hunarmandlar yarmarkasi tashkil etildi. Festival asalarichilar o‘rtasida tajriba almashish, mahsulotlarni targ‘ib qilish va xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Muxbir: Muhammadjon Begmatov
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Toshkent
TOSHKENTDA V TURK DUNYOSI XALQARO MUHANDISLIK SAMMITI O‘TKAZILMOQDA
25–28-oktabr kunlari Toshkentda “Muhandislik va texnologiyada mushtarak kelajak” shiori ostida V Turk dunyosi xalqaro muhandislik sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon vakillari sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, energetika, mudofaa sanoati va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda. B2B uchrashuvlar doirasida yangi texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muxbir: Mirzaolim Rustambekov
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:48
Media unavailable
3
Show in Telegram

HUDUD | Surxondaryo
SURXONDARYODA TOG‘ JINSLARI QULAB, AVTOMOBIL YO‘LI TO‘SILDI
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida tog‘ jinslari qulab tushdi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, yo‘l qisqa vaqt ichida tozalandi va transport vositalari harakati tiklandi. Fuqarolardan tog‘li hududlarda harakatlanish vaqtida ehtiyotkor bo‘lish hamda yo‘l belgilari va mas’ul xizmatlar ko‘rsatmalariga amal qilish so‘ralmoqda.
Muxbir: Muqaddas Panjiyeva
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube

October 27, 12:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

HUDUD | Toshkent
IBN SINO NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TA’SIS ETILADI
Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvda tibbiyot xodimlari uchun Ibn Sino nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish tashabbusini e’lon qildi. Shuningdek, uchrashuvda sohada faoliyat yuritayotgan 800 mingdan ziyod xodimning hissasi e’tirof etildi. Oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash ishlari bosqichma-bosqich kengaytirilishi, 2028-yildan barcha hududlarda joriy etilishi va bu maqsadlar uchun yiliga 700 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari” joriy etilishi, viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 nafar shifokor elektromobil bilan taqdirlanishi hamda sog‘lom turmush tarziga oid eng yaxshi 10 ta loyiha muallifiga 200 million so‘mdan grant berilishi bildirildi.
Muxbir: Umida Olimova
⏰
16:00 27.10.2026
😎
Telegram
😎
Instagram
▶
You Tube