
Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yo'lga qo'yiladi
Manba:
PQ-343-son,
18.11.2025-yil.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Notariuslikka talabgorlar uchun o'quv kurslarini tashkil etish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Notariuslikka talabgorlar uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o'quv kurslarini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi
(ro'yxat raqami: 3721, 09.12.2025-y.).
⌛️
Nizomga ko'ra, talabgorlar o'quv kurslarida Institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
72 soat
davomida o'qitiladi.
✅
O'quv kurslari bevosita Institutda yoki
masofaviy ta'lim
shaklida tashkil etiladi.
📝
Talabgorlar yil davomida
elektron
yoki
yozma
ravishda ariza topshirishi mumkin.
▶️
O'quv kurslarida o'quv jarayoni
25 nafardan ortiq
bo'lmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
📁
O'quv kurslari ma'ruza, seminar hamda amaliy mashg'ulotlar shaklida o'tkazilib, davomiyligi
80 daqiqani
tashkil etadi.
📜
O'quv kurslari bo'yicha imtihonlarni tashkil etish va o'tkazish uchun
komissiya
shakllantiriladi.
📑
O'quv kurslari yakunida tinglovchilar suhbat shaklida imtihon topshirib,
100 ballik
tizimda baholanadi hamda kamida
56 foiz
ball to'plagan tinglovchilarga sertifikat beriladi.
📌
Mazkur hujjat 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Davlat ijtimoiy sug'urtasi sohasidagi munosabatlar tartibga solindi
“Davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risida”gi Qonun
(O'RQ–1101-son, 09.12.2025-y.)
qabul qilindi.
🔰
Qonunga ko'ra, fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sug'urtasining amal qilishi
majburiy
yoki
ixtiyoriy
asosda amalga oshiriladi.
☑️
Sug'urta hodisalari
jumlasiga quyidagilar kiradi:
▪️
kasallik munosabati bilan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
▪️
homiladorlik va tug'ish;
▪️
ish yoki
daromadni yo'qotish.
💸
Sug'urta hodisalari yuzaga kelganda sug'urtalangan shaxslarga va
(yoki)
ularning oila a'zolariga davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha
quyidagi to'lovlar
amalga oshiriladi:
▫️
vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik
nafaqasi;
▫️
homiladorlik va tug'ish nafaqasi;
▫️
ishdan bo'shatish nafaqasi.
💰
Sug'urta badali
sug'urtalangan shaxs uchun jamg'armaga amalga oshiriladigan ajratma yoki to'lov hisoblanadi.
✅
Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni olishga bo'lgan huquq sug'urta badallarining to'lanishiga qarab yuzaga keladi.
🗒
Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va
tegishli davrlar
uchun tayinlanadi.
📌
Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Majburiy davolash uchun mo'ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi belgilandi
“Majburiy davolash uchun mo'ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi
(ro'yxat raqami: 3720-son, 06.12.2025-y.).
🔰
Mazkur Nizom narkologik kasallikka chalingan shaxslarni sud qarori asosida
majburiy davolash
uchun mo'ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
⌛️
Bemorlar muassasaga qabul qilingan kundan e'tiboran 5 kunlik muddatda majburiy davolashning davomiyligi narkologiya muassasasining rahbari hamda
2 nafar narkolog
shifokordan iborat bo'lgan tibbiy komissiya tomonidan belgilanadi.
⛔️
Bunda narkologik bemorlarni majburiy davolash davomiyligi
18 oydan
ko'p bo'lishi mumkin emas.
⏭️
Bemorlar narkologiya muassasasidan quyidagi sabablarga ko'ra
chiqariladi:
🔹
majburiy davolash muddati tugagach va narkologik bemor sog'lig'ining
klinik holatini
hisobga olgan holda;
🔹
majburiy davolashni o'tkazishga to'sqinlik qiladigan
qo'shimcha og'ir kasalliklar
aniqlanganda.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Kadrlar zaxirasini yuritish bo'yicha yangi tartib joriy etiladi
✳️
Farmonga ko'ra,
davlat organlarida
kadrlar zaxirasini yuritish
bo'yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etiladi:
🔹
davlat organlari tomonidan:
▪️
Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan lavozimlar uchun
nomzodlar ro'yxati
mustaqil shakllantiriladi;
▪️
saralashdan o'tgan nomzodlar tarafidan shaxsiy rivojlanish rejasining bajarilishi
“
zaxira.bsa.uz
”
elektron platformasi orqali monitoring qilinadi;
🔹
Salohiyatli kadrlar zaxirasiga nomzodlar mahallada faoliyat ko'rsatayotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlari orasidan tuman
(shahar)
hokimlarining
xulosasi asosida ishchi guruh
tomonidan saralanadi;
🔹
Agentlik tomonidan:
▫️
davlat fuqarolik xizmatining
boshqaruv va siyosiy
lavozim guruhlariga zaxira mustaqil ravishda shakllantiriladi;
▫️
davlat organlarida samarali xizmat qilayotgan, biroq rahbarlari tomonidan
tavsiya etilmagan
nomzodlarni
mustaqil aniqlash
hamda baholash orqali ular Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Bo'sh bo'lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallashda yangicha tizim joriy etiladi
⏭️
Farmonga ko'ra,
davlat organlarida bo'sh bo'lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallashda
yangicha tizim
joriy etiladi.
📙
Unga ko'ra,
2026-yil 1-martdan:
🔹
davlat fuqarolik xizmatida mavjud bo'sh ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlar
“
vacancy.gov.uz
”
elektron platformasida e'lon qilinadi;
🔹
fuqarolarga o'zlariga ma'qul keladigan mutaxassislik, lavozim va ish haqiga oid talablarni belgilagan holda “
vacancy.gov.uz
” elektron platformasida
“ish qidiruvchi”
maqomida ro'yxatdan o'tish imkoniyati yaratiladi;
🔹
“
vacancy.gov.uz
” elektron platformasida ro'yxatdan o'tgan va davlat fuqarolik xizmatiga kirish bo'yicha
test sinovidan muvaffaqiyatli o'tgan
fuqarolar ushbu platformada mavjud bo'sh ish o'rinlariga da'vogarlik qilishi mumkin bo'ladi. Bunda:
▫️
fuqarolarga test sinovlarini shaxsni tasdiqlash
va sinovlarni nazorat qilishning maxsus onlayn tizimi orqali yoki Agentlikning
maxsus jihozlangan xonalarida
topshirish imkoniyati yaratiladi;
▫️
test natijalari
1 yilgacha
amal qiladi;
🔹
tanlovning qo'shimcha bosqichi sifatida o'tkaziladigan
sohaviy bilimlarni baholash
bo'yicha test sinovlari davlat organlarining buyurtmalariga muvofiq Agentlik huzuridagi Rahbar kadrlarni baholash markazi tomonidan shartnoma asosida o'tkaziladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasi diagnostikadan o'tkaziladi
📑
Farmonga ko'ra,
davlat organlarida xodimlarning
korrupsiyaga qarshi barqarorlik
darajasini diagnostikadan o'tkazish tizimi joriy etiladi.
✅
Unga ko'ra, quyidagilar
diagnostikadan
o'tkaziladi:
🔹
2026-yil 1-yanvardan
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining rahbar va mas'ul xodimlari hamda ushbu lavozimlarga nomzodlar;
🔹
2026-yil 1-iyundan
sohalar nazoratiga mas'ul inspeksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi
“yuqori”
va
“o'rta”
bo'lgan funksiyalar yuklatilgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda ushbu lavozimlarga nomzodlar;
🔹
2027-yil 1-yanvardan
boshqa davlat organlarida korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” va “o'rta” bo'lgan funksiyalar yuklatilgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar va ushbu lavozimlarga nomzodlar.
🏛
Diagnostika Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasiga muvofiq
Rahbar kadrlarni baholash markazi
tomonidan o'tkaziladi.
📁
Diagnostika natijasiga ko'ra xodimning korrupsiyaga barqarorlik darajasi
“past”
deb baholanishi mazkur lavozimda mehnat munosabatlarni davom ettirishiga
monelik qiluvchi
holat hisoblanadi.
🗒
Bunda xodim korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “past” bo'lgan boshqa lavozimga majburiy ravishda
rotatsi
ya qilinadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Ayrim hududlardagi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
✅
Farmonga ko'ra,
davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi
5 ta darajaga
ajratiladi:
▪️
konstitutsiyaviy
va milliy daraja;
▪️
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
▪️
hududiy
daraja;
▪️
tuman
(shahar)
darajasi;
▪️
mahalla
(qishloq, ovul)
fuqarolar yig'ini darajasi.
▶️
2026-yil 1-yanvardan
“Yangi O'zbekiston qiyofasidagi tuman
(shahar)”
maqomidagi
33 ta tuman
(shahar)
da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotasiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:
🔸
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman
(shahar)
bo'linma rahbari hamda tuman
(shahar)
hokimi va uning o'rinbosarlari
har 5 yilda,
qoida tariqasida, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman
(shahar)
ga rotatsiya qilinadi;
🔸
rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning
“
hrm.gov.uz
”
elektron platformasi orqali aniqlanadi;
🔸
rahbar yangi hududga o'tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo'yicha
intensiv kursda
o'qitiladi;
🔸
rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda
monitoring
qilinadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligi oshiriladi
“Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni
(PF–243-son, 06.12.2025-y.)
qabul qilindi.
📌
Ma'lumot uchun:
Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida tashkil etilgan.
✅
Farmonga ko'ra,
2026-yil 1-yanvardan
“Yangi O'zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi
33 ta tuman
(shahar)
hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi:
🔹
davlat organlari faoliyatining
maqsadli ko'rsatkichlari
va indikatorlari ularga qo'yilgan vazifalar asosida Agentlik tomonidan shakllantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
🔹
Agentlik:
▪️
natijaga asoslangan
boshqaruv modelini
ishlab chiqadi hamda uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;
▪️
maqsadli ko'rsatkichlarga erishilganligini
“
samaradorlik.gov.uz
”
elektron platformasi orqali baholashni tashkil etadi;
▪️
tegishli vazifalarni bajarish va maqsadli ko'rsatkichlarga erishishda
kadrlar salohiyatini
rivojlantirishga ko'maklashadi;
▪️
davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlovlarda zamonaviy yondashuv, zarur hollarda,
qo'shimcha bosqichlarni
joriy etadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi
Konstitutsiya farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolatidir!
Barcha yurtdoshlarimizni
O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 33 yilligi
bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.
Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin