Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

ibratnamdchti
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining rasmiy telegram kanali Veb-sayt: http://namsifl.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/NSIFL?mibextid=ZbWKwL Instagram: https://instagram.com/namsi Call-markazi: +998 (69) 239-50-51
Subscribers
3 700
24 hours
40
30 days
-90
Unusual 24 hours drop
Post views
668
ER
19,59%
Posts (30d)
177
Characters in post
1 263
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 27, 04:15
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

👍
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
“Yoshlar kuni”
munosabati bilan institutda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida
“Rahbar va yoshlar”
uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
M. Yakubbayev
, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
M. Sharofiddinov
, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi vakili
A. Abdug‘afforov
hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqaro va respublika miqyosidagi grant tanlovlariga jalb etish, startap loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy rahbarlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarga mavjud imkoniyatlar, stipendiyalar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnik ijodkorligini rag‘batlantirishga qaratilgan
“Kelajak muhandislari”
respublika ko‘rik tanlovida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, institutda joriy etilgan
“Is’hoqxon Ibrat stipendiyasi”
ning iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni, uni qo‘lga kiritish mezonlari va afzalliklari haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan atroflicha javob oldilar. Faol va tashabbuskor talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va g‘oyalar kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt

March 27, 03:26
Media unavailable
2
Show in Telegram

🏆
“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” start oladi
!
🇺🇿
Yurtimiz talabalari uchun yana bir ulkan imkoniyat — sport, do‘stlik va g‘alabaga chorlovchi musobaqalar boshlanmoqda!
📌
Olimpiada 3 bosqichda oʻtkaziladi:
🔺
1-bosqich — oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida (1–30-aprel)
🔺
2-bosqich — hududiy bosqich (1–15-may)
🔺
3-bosqich — Respublika finali (1–10-iyun)
🏅
Musobaqalar quyidagi 7 ta sport turi bo‘yicha tashkil etiladi:
🏀
Basketbol 3x3
🏐
Voleybol
🤾
Gandbol
🏃
Yengil atletika
🏓
Stol tennisi
🏊
Suzish
⚽️
Futbol
Mazkur olimpiada yurtimizdagi barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilib, yoshlarning jismoniy salohiyatini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sport orqali birlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
❤️
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talabalari!
Sizlarni ushbu nufuzli sport bayramida faol ishtirok etishga, o‘z iqtidor va kuchingizni sinovdan o‘tkazishga chorlab qolamiz!

G‘alabaga intiling, maydonga chiqing va institutimiz sha’nini munosib himoya qiling!

Sport — bu shunchaki bellashuv emas, bu — g‘urur, iroda va yuksalish yo‘lidir!
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt

March 26, 16:06
Media unavailable
7
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
va Tojikiston Respublikasi Prezidenti
Emomali Rahmon
Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi yakunlari yuzasidan
bayonot berdilar.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

March 26, 14:52
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
👍
“Oliygohimga kitob sovg‘a qilaman”
– ma’rifatga yo‘g‘rilgan ezgu tashabbus: Yoshlar kuni doirasida Filologiya fakultetida
1500
dan ortiq kitob sovg‘a qilindi.
Yoshlar kuni munosabati bilan Filologiya fakultetida “Oliygohimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu ezgu tashabbus fakultet dekani
E. Isomiddinov
rahnamoligida, tyutorlar va faol talaba-yoshlar ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazilib eng ko'p kitob hadya qilgan talabalar institut rektori
R. Karimov
hamda
X. Nishonov
tomonidan taqdirlandi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarining ilmga, kitobga bo‘lgan mehrini amalda namoyon etib, oliygoh kutubxona fondini boyitish maqsadida
1500 dan ortiq
badiiy, ilmiy hamda o‘quv adabiyotlarini sovg‘a qildilar. Ushbu kitoblar nafaqat bugungi talabalarga, balki kelajak avlod uchun ham bebaho bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, bunday tadbirlar yoshlarni ilm-fanga undash, ularni o‘z ustida ishlashga ruhlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shubhasiz, kitob inson tafakkurini yuksaltiruvchi, ma’naviyatini boyituvchi eng muhim manbalardan biridir. Shu bois, ushbu tashabbus nafaqat fakultet, balki butun oliygoh jamoasi uchun ibratli va davomli an’anaga aylanishi kutilmoqda.
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt

March 26, 14:32
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

🏛
“Jadidlar haqida insholar” tanlovi final bosqichi – SAMDUda!
🗣
Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan
“Jadidlar haqida insholar”
tanlovining
yakuniy final bosqichida
respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining g‘olib talabalari ishtirok etdi. Finalni markaz direktori
Abdumalik Akramov
ochib berib, ushbu tanlovning yoshlar bilimini oshirishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi.
↪️
Final bosqichida 70 dan ortiq ishtirokchi 1 soat vaqt davomida
“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri”
va
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
mavzularida insho yozdilar. Barcha insholar
tashkilotchilar tomonidan shifrlanib
, Hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etildi.
🏆
Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
I, II va III darajali diplom
hamda
1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m va 3-o‘rin 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari
bilan tantanali taqdirlanadi.
Tanlov natijalari ertaga kanalimiz orqali e'lon qilinadi.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

March 26, 13:57
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📌
Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar turar joyida o‘rganish ishlari olib borildi
Yoshlar kunini munosib nishonlash hamda talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida institut rahbariyati tomonidan tizimli o‘rganish ishlari tashkil etildi. Jumladan, prorektor
X.Nishonov
hamda rektor maslahatchisi
A.Shokirov
boshchiligida institut hududida joylashgan talabalar turar joylariga tashrif buyurilib, u yerda yaratilgan sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida talabalar turar joylarining moddiy-texnik bazasi, yashash xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari, issiqlik va elektr ta’minoti, shuningdek, maishiy qulayliklar darajasi batafsil ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida rahbariyat vakillari talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari hamda taklif va mulohazalari bilan yaqindan tanishdilar. Talabalarning fikr-mulohazalari asosida ularning muammolarini hal etish, turar joylarda yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.
Mazkur o‘rganish ishlari institutda yoshlar manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ta’lim jarayoniga qulay muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt

March 26, 12:42
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
👍
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Yoshlar kuni doirasida muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir
To‘raqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar vazirligi
bo‘lim boshlig‘i
F. Xo‘jamberdiyev
ishtirokida davra suhbati shaklida o‘tkazildi.
⭐️
Davra suhbatining asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida hayot xavfsizligi madaniyatini oshirish, ayniqsa yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida mutaxassis tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyati, shuningdek, turli favqulodda vaziyatlarda (yong‘in, tabiiy ofatlar va boshqa holatlar) to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
⭐️
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi, amaliy misollar orqali xavfsizlik qoidalarining ahamiyatini chuqurroq anglab yetishdi. Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, yoshlarning faolligi va qiziqishi bilan ajralib turdi.
📌
Mazkur davra suhbati yoshlar ongida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, ularni turli xavf-xatarlardan ogoh etish hamda mas’uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt

March 26, 12:22
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
👍
“Lochin” sport klubi a’zolari Namangan viloyati sport boshqarmasi tomonidan munosib rag‘batlantirildi
Yoshlar kuni munosabati bilan
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida
talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida institutning
“Lochin”
sport klubi a’zolari
Namangan viloyati sport boshqarmasi
tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Xususan, boshqarma mas’ullari tashrifi bilan sportchi talabalarga zamonaviy sport inventarlari hamda sport formalar topshirildi.
Tadbirda institut rektori
R. Karimov
ishtirok etib, yoshlarning sport sohasidagi yutuqlari, ularning intilish va sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Shuningdek, bunday e’tibor va qo‘llab-quvvatlash talaba-yoshlarning kelgusidagi muvaffaqiyatlari uchun muhim turtki bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularni jismoniy barkamollikka undash hamda sport orqali yurtimiz nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt

March 26, 10:35
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
Yangi avlod kadrlari
❤️
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Yoshlar kuni munosabati bilan
O‘zLiDePning “Yangi avlod kadrlari”
loyihasi doirasida mazmunli va ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Mamadaliyev
, deputat yordamchisi
Diyorbek Soataliyev
, viloyat Kengashi deputati
Nigora Nazarova
, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
P. Lutfullayev
, tyutor
D. O‘rinova
hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tashabbuskor hamda mas’uliyatli kadrlar sifatida shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha fikr almashildi.
Tadbir savol-javoblarga boy, ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javoblar oldilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan, tashabbuskor va iqtidorli talabalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt

March 26, 08:13
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
#Navruz
👍
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Navro‘z bayrami Til va tarjima fakulteti yetakchisi hamda koordinatorlari tomonidan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Bayram tadbiri ustozlarimizga bag‘ishlangan dilbar va samimiy “kelin salom” bilan ochib berildi. Ushbu go‘zal an’ana barchaga iliq kayfiyat ulashib, milliy qadriyatlarimizning naqadar bebaho ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbir davomida talabalarimiz tomonidan ijro etilgan milliy raqslar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Shuningdek, milliy liboslar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda o‘zbek xalqining rang-barang, nafis va betakror kiyimlari namoyish qilindi.
🌷
Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va birlik ramzi. Barchangizni ushbu qutlug‘ bayram bilan muborakbod etamiz!
👍
Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
YouTube
|
🌐
Veb-sayt