
I.C.D. of TSTU
🎓
ALT University'da magistrantlar va PhD talabalari uchun stajirovka oʻtash imkoniyati!
🏛️
Toshkent davlat transport universiteti magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun ALT University'da stajirovka o‘tash uchun arizalar qabuli ochiq deb e'lon qilinadi. Ushbu dastur kasbiy rivojlanish va ilmiy faoliyatiga jiddiy e'tibor qaratadigan yosh tadqiqotchilar uchun moʻljallangan.
📝
Stajirovka dasturi taqdim etadigan asosiy imkoniyatlar:
🔹
Yangi akademik va amaliy tajriba orttirish;
🔹
O'z ilmiy tadqiqotlaringiz ustida chuqurroq ishlash;
🔹
Yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda yosh olimlar bilan tanishish va hamkorlik o'rnatish;
🔹
Boshqa ta’lim muhitidagi ishtirokchilar bilan o'zaro bilim va tajriba almashish.
🗓
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 20-avgust.
⏳
Hujjatlarni topshirishni so‘nggi kunga qoldirmang!
🔗
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun:
@dsamiyaa
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐
TSTU.uz
|
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
✅
Facebook
|
📹
YouTube
|
✈️
News
“2026–2027 o‘quv yili uchun stipendiyalar”, deadline, kimlar topshira oladi va grant nimalarni qoplaydi?
🌍
Xorijda tahsil olishni rejalashtiryapsizmi?
Quyida turli mamlakatlar tomonidan taqdim etiladigan davlat stipendiya va grant dasturlari bo‘yicha rasmiy veb-saytlar ro‘yxati keltirilgan.
🎓
Bakalavr | Magistratura | PhD | Stajirovka | Ilmiy tadqiqot
👇
🇦🇹
1. Avstriya — Avstriya Akademik almashinuv xizmati (OeAD)
Magistratura, PhD, ilmiy tadqiqot va stajirovka dasturlari.
🔗
Rasmiy sayt:
https://www.oead.at/
🇨🇳
2. Xitoy — Xitoy hukumati stipendiyalari (CSC)
Bakalavr, magistratura, doktorantura va stajirovka dasturlari.
🔗
Rasmiy sayt:
http://www.csc.edu.cn/laihua/scholarshipen.aspx
🇹🇷
3. Turkiya — Türkiye Scholarships
Bakalavr, magistratura, doktorantura va turk tili kurslari.
🔗
Rasmiy sayt:
https://www.turkiyeburslari.gov.tr/
🇨🇭
4. Shveytsariya — Swiss Government Excellence Scholarships
Magistratura, PhD va ilmiy tadqiqot dasturlari.
🔗
Rasmiy sayt:
https://www.sbfi.admin.ch/sbfi/en/home.html
🇰🇷
5. Janubiy Koreya — Korean Government Scholarship (GKS)
Magistratura, PhD va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlari.
🔗
Rasmiy sayt:
http://www.niied.go.kr/index.do
🇸🇪
6. Shvetsiya — Study in Sweden
Magistratura, PhD va akademik dasturlar uchun stipendiya imkoniyatlari.
🔗
Rasmiy sayt:
https://studyinsweden.se/scholarships/
📌
MUHIM ESLATMA!
Har bir stipendiya dasturining:
🔹
qabul muddati;
🔹
yosh chegarasi;
🔹
ta’lim bosqichi;
🔹
til sertifikati talabi;
🔹
talab qilinadigan hujjatlar;
🔹
grant qamrovi;
🔹
fuqarolik talablari
turlicha bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun hujjat topshirishdan oldin albatta tegishli stipendiyaning rasmiy veb-saytidagi joriy talablar bilan tanishib chiqing.
🎯
Xorijda ta’lim olish — katta imkoniyat. Uni izlashdan boshlang!
Rasmiy saytni tekshiring → talablarni o‘rganing → hujjatlarni tayyorlang → muddatni o‘tkazib yubormang!
Xalqaro ta’lim sari birinchi qadam — to‘g‘ri imkoniyatni topish!
Bizni kuzatib boring:
Telegram
|
Web-sayt
|
Instagram
Quyida yevropalik hukumatlar tomonidan taklif etilayotgan eng nufuzli to‘liq grant dasturlari bilan tanishing!
🇩🇪
1. Germaniya – DAAD EPOS
🔗
daad.de
🇳🇱
2. Niderlandiya – NL Scholarship
🔗
studyinholland.nl
🇫🇷
3. Fransiya – Eiffel Excellence Scholarship
🔗
…
Quyida yevropalik hukumatlar tomonidan taklif etilayotgan eng nufuzli
to‘liq grant dasturlari
bilan tanishing!
🇩🇪
1. Germaniya – DAAD EPOS
🔗
daad.de
🇳🇱
2. Niderlandiya – NL Scholarship
🔗
studyinholland.nl
🇫🇷
3. Fransiya – Eiffel Excellence Scholarship
🔗
campusfrance.org
🇧🇪
4. Belgiya – ARES Government Scholarship
🔗
ares-ac.be
🇩🇰
5. Daniya – Danish Government Scholarship
🔗
studyindenmark.dk
🇵🇱
6. Polsha – NAWA Government Scholarship
🔗
study.gov.pl
🇭🇺
7. Vengriya – Stipendium Hungaricum
🔗
stipendiumhungaricum.hu
🇸🇪
8. Shvetsiya – SI Scholarship
🔗
si.se
🇮🇪
9. Irlandiya – Government Postgraduate Scholarship
🔗
research.ie
🇫🇮
10. Finlyandiya – Finland Government Scholarship
🔗
studyinfinland.fi
🇦🇹
11. Avstriya – OeAD Scholarship
🔗
oead.at
🇷🇴
12. Ruminiya – Romanian Government Scholarship
🔗
scholarships.studyinromania.gov.ro
🇨🇭
13. Shveytsariya – Swiss Government Excellence Scholarship
🔗
sbfi.admin.ch
🇪🇺
14. Erasmus Mundus Joint Master’s
🔗
erasmus-plus.ec.europa.eu
🇧🇪
15. Belgium Master Mind Scholarship
🔗
studyinflanders.be
🇸🇰
16. Slovakiya – Government Scholarship
🔗
www.minedu.sk
🇨🇿
17. Chexiya – Government Scholarship
🔗
mzv.cz
1–2 semestr xorijda o'qishni rejalashtiryapsizmi?
Slovakiyada o‘qish — real imkoniyat!
(NSP dasturi)
Stipendiya miqdori:
Bakalavr va magistrlar uchun 620 yevro
PhD lar uchun 1020 yevro
⏳
Oxirgi muddat: 15-avgust
⚠️
Kvotalar tez to‘lib qolishi mumkin — kechiktirmang!
📩
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun
📞
+998914117437
Telegram guruh:
@mona_nsp2026
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Web-sayt
|
Instagram
📢
Xalqaro Internship Dasturi bo‘yicha So‘rovnoma
Assalomu alaykum!
Hozirda biz talabalar uchun
xorijda amaliyot (International Internship)
dasturini yo‘lga qo‘yish ustida ishlayapmiz. Dastur talabalar ehtiyojlariga mos bo‘lishi uchun sizning fikringiz biz uchun juda muhim.
📝
So‘rovnomani to‘ldirish atigi
2–3 daqiqa
vaqtingizni oladi.
🔗
So‘rovnoma havolasi:
International Internship Survey
Sizdan iltimos, so‘rovnomada ishtirok eting va uni kursdoshlaringiz hamda boshqa talabalar bilan ham ulashing.
Oldindan tashakkur!
ISATECH 2026 Xalqaro Simpoziumiga taklif!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda soha mutaxassislari!
Sizlarni
2026-yil 21–23-iyul
kunlari
Toshkent davlat transport universiteti
mezbonligida bo‘lib o‘tadigan
ISATECH 2026 – International Symposium on Transportation Technology, MRO & Operations
xalqaro simpoziumida ishtirok etishga chorlaymiz.
📆
Sana:
21–23-iyul, 2026
📍
Manzil:
Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
💻
Format:
Onlayn / Gibrid
Simpoziumning asosiy yo‘nalishlari:
✅
Transportation Systems and Engineering
✅
Vehicle Dynamics, Propulsion and Energy Systems
✅
Artificial Intelligence, Data and Computational Systems
✅
Materials Science and Structural Integrity
✅
Fluid Mechanics, Combustion and Heat Transfer
✅
Robotics, Automation and Autonomous Systems
✅
Electronics, Communication and Avionics
✅
Safety, Maintenance and Operations
✅
Policy, Economics and Sustainability
ISATECH 2026 transport, aviatsiya va zamonaviy muhandislik sohalaridagi eng dolzarb ilmiy ishlanmalarni taqdim etish, xalqaro tajriba almashish hamda dunyoning yetakchi olimlari bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun noyob maydon hisoblanadi.
🌐
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish:
2026.isatech.org
Bizni kuzatib boring:
Telegram
|
Web-sayt
|
Instagram
#bitiruv2026
🎓
BITIRUV KECHASI 2026
Toshkent davlat transport universiteti kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim bitiruvchilari va ota-onalarini unutilmas bitiruv oqshomiga taklif etamiz!
📅
Sana:
4-iyul 2026
🕕
Vaqt:
18:00
📍
Manzil:
Turkiston san'at saroyining yozgi maydoni
Dastur mehmonlari
Yorqinxo'ja Umarov
Rayhona
Tohir Sodiqov
G'aybulla Tursunov
DJ Macarella
✨
Jonli ijrolar, yorqin shou, fotozonalar va unutilmas lahzalar sizni kutmoqda!
P.S. Bitiruv oqshomiga hududlardan keladigan bitiruvchilar uchun TTJdan bepul joy ajratiladi.
Pokiston Milliy Fan va Texnologiyalar Universiteti (NUST)
xorijiy talabalar uchun
NIPIS 2026 (NUST Internship Program for International Students)
dasturiga arizalar qabuli boshlandi.
Davomiyligi:
4 hafta
Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladilar:
✅
Yetakchi professor-o'qituvchilar rahbarligida ilmiy faoliyat olib borish
✅
Zamonaviy laboratoriya va ilmiy markazlarda amaliy tajriba orttirish
✅
Turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan xalqaro networking yaratish
✅
Yirik korxona va tashkilotlarga sanoat tashriflarida ishtirok etish
✅
Pokistonning boy madaniyati va tarixiy maskanlari bilan yaqindan tanishish
🏠
NUST tomonidan taqdim etiladi:
✔️
Universitet hududidagi bepul turar joy
✔️
Dastur davomida bepul ovqatlanish
✔️
Professorlar tomonidan ilmiy rahbarlik
✔️
Laboratoriya va ilmiy infratuzilmadan foydalanish
✔️
Sanoat korxonalariga tashriflar
✔️
Madaniy va ko'ngilochar tadbirlar
✔️
Logistik va tashkiliy yordam
✔️
Viza rasmiylashtirish bo'yicha ko'mak
✈️
Eslatma:
Aviachipta va boshqa safar xarajatlari ishtirokchi tomonidan qoplanadi.
📚
Yo'nalishlar
Muhandislik (barcha yo'nalishlar)
Kompyuter fanlari
Axborot texnologiyalari
Biotexnologiya
Matematika
Kimyo
Psixologiya
Iqtisodiyot
Biznes boshqaruvi
Marketing
Buxgalteriya hisobi
Inson resurslarini boshqarish
Arxitektura va dizayn
Transport
Atrof-muhit va barqaror rivojlanish
Geografik axborot tizimlari (GIS)
👥
Kimlar qatnashishi mumkin?
Barcha davlat fuqarolari bo'lgan talabalar
ariza topshirishlari mumkin.
Ro'yxatdan o'tish to'lovi:
25 AQSh dollari
📌
Muhim!
NUST
O'zbekiston talabalari uchun 5 ta maxsus o'rin
ajratgan.
🗓
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati:
2026-yil 28-iyun
🌐
Ro'yxatdan o'tish:
https://nipis.nust.edu.pk
Bizni kuzatib boring:
Telegram
|
Web-sayt
|
Instagram
📢
E'LON | ERASMUS+ ALUMNI RECEPTION
Hurmatli Erasmus+ bitiruvchilari!
Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va Erasmus+ Milliy Ofisi tomonidan
Erasmus+ Alumni Reception in Uzbekistan
tadbiri tashkil etilmoqda.
📅
Sana:
12-iyun 2026-yil (juma)
🕖
Vaqt:
19:00
📍
Manzil:
Yevropa Ittifoqi Rezidensiyasi, Toshkent
Bu tadbir — Erasmus+ dasturida ta'lim olgan, akademik almashinuvda ishtirok etgan va loyiha faoliyatida qatnashgan barcha bitiruvchilar uchun ajoyib uchrashув va tajriba almashish imkoniyati!
✅
Ro'yxatdan o'tish:
8-iyun, soat 15:00 gacha
🔗
https://forms.gle/T7s6GDdg6k4zLRtT6
Bizni kuzatib boring:
Telegram
|
Web-sayt
|
Instagram