Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IMRS Research

ifmr_public
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований Kanalga ulanish: https://t.me/ifmr_public Aloqa uchun: press@imrs.uz Sayt: https://imrs.uz/
Subscribers
2 609
24 hours
—
30 days
6
Post views
878
ER
33,65%
Posts (30d)
2
Characters in post
1 121
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 08, 12:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

📢
E’LON
: KICHIK VA O‘RTA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGI VA RESURS SAMARADORLIGI DIAGNOSTIKASIGA TAKLIF ETAMIZ!
Pilot loyiha doirasida korxonangizda unumdorlik diagnostikasi
bepul o‘tkaziladi
.
Eng ilg'or korxonalarga
ISO 14001 sertifikati
olish xarajatlari GIZ tomonidan
qoplab beriladi
.
➡️
Bu havola
orqali ro‘yxatdan o‘ting.
☎️
Bog‘lanish uchun: +998 99 868 0711

September 29, 15:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13
Kun.uz rasmiy kanali

September 25, 13:04
Media unavailable
9
Show in Telegram

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdik.
​O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur.
​Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.
​Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.
—
Вместе с Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА) провели мероприятие, посвящённое вопросам демографической устойчивости.
Главный капитал Узбекистана — его молодое население. Чтобы оно стало источником будущего демографического дивиденда, уже сегодня необходимо инвестировать в здоровье, образование и безопасность людей, особенно детей и женщин.
Чтобы эти усилия были адресными и долгосрочными, мы будем заниматься демографическим прогнозированием и планируем разработать стратегию «Демографический дивиденд — 2050».
Будущее страны определяется не только количеством людей, но прежде всего тем, какими возможностями они будут обладать.

September 02, 09:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
☑️
Gaz yo‘qotilishini kamaytirish uchun yangi moliyalashtirish mexanizmi
Jahon banki bilan erishilgan
10,6 million AQSH dollari miqdoridagi grant
kelishuvi orqali
gaz yo‘qotishlarining oldini olish
, tejalgan
mablag‘larni tizimga qayta yo‘naltirish
va 2029-yilga borib qariyb
18 million dollarni tejash
ko‘zda tutilgan.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Х

August 28, 17:56
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
☑️
Gonkong vakillari bilan iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
Umid Abidxadjayev
hamda Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong Maxsus ma’muriy hududi Adliya kotibi, delegatsiya rahbari
Paul Lam
o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda davlat qarzini boshqarish bo‘yicha vazir maslahatchisi
Jasur Karshibayev
ham ishtirok etdi.
🇺🇿
Batafsil
____
☑️
Economic and Financial Cooperation Discussed with Hong Kong Representatives
On August 28, a meeting was held between
Umid Abidkhadjaev
, Deputy Minister of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, and
Paul Lam
, Secretary for Justice of the Hong Kong Special Administrative Region of the People’s Republic of China and Head of the Delegation.
Jasur Karshibaev,
Advisor to the Minister on Public Debt Management, also took part in the meeting.
🇬🇧
More
#Cooperation
#Management
#Education
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Х

August 27, 15:28
Media unavailable
3
Show in Telegram

Hududlar iqtisodiyoti: prognozdan strategik boshqaruvga
🟥
Hududlarning 2030-yilga borib iqtisodiy o‘sish natijalari bugungi tendensiyalar bilangina emas, balki
qaysi o‘sish drayverlarini ishga tushirish, mavjud xavflarni oldindan boshqarish hamda
natijaga yo‘naltirilgan
hududiy iqtisodiy siyosatni shakllantirish
bilan belgilanadi.
📚
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)
“Aql markazlari” bilan hamkorlikda hududlar iqtisodiy o‘sishini baholash va prognozlashtirishning
yagona metodologik yondashuvini
shakllantirmoqda.
📊
Yondashuv 2030-yilgacha
uchta ssenariyni
modellashtirishga asoslanadi:
Inersion ssenariy
: mavjud tendensiyalar saqlansa, iqtisodiyot qanday o‘sadi?
Maqsadli ssenariy
: qancha qo‘shimcha investitsiyalar, yangi quvvatlar va tarkibiy islohotlar hisobiga maqsadli ko'rsatkichlarga yetish mumkin?
Passiv ssenariy
: ichki va tashqi bozorlarda iqtisodiy xavflar yuzaga chiqsa, hudud qancha o‘sishni yo‘qotishi mumkin?
📈
Bunday yondashuv prognozni oddiy raqamdan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun
qaror qabul qilish
va
risklarni boshqarish instrumentiga
aylantiradi.
MHTI tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda “Aql markazlari” ekspertlari ushbu metodologiyani amaliy hisob-kitoblar asosida ko‘rib chiqib, uni hududlar kesimida yanada takomillashtirish bo‘yicha yondashuvlarni muhokama qildi.
🎯
Maqsad har bir hudud uchun
o‘sishning aniq drayverlarini aniqlash, resurs va investitsiyalarni ustuvor yo‘nalishlarga safarbar qilish
hamda
iqtisodiy siyosat natijasini
o‘lchash imkonini beradigan yagona analitik tizimni yaratishdir.
🌐
|
Facebook
|
X
|
Instagram
|
LinkedIn

August 27, 10:36
Media unavailable
8
Show in Telegram

🇺🇿
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab barchamiz uchun aziz va muqaddas bo‘lgan ulug‘ bir ayyom –
Mustaqillik bayrami
oldidan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
3️⃣
5️⃣
Tadbirlarda mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan hamyurtlarimiz
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni
bilan taqdirlanayapti.
🟥
Mana shunday jonkuyar vatandoshlarimiz orasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
(MHTI) tadqiqotchilari ham bor.
✅
Institutda o‘tkazilgan tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan esdalik nishonlari
tantanali ravishda topshirildi.
Qayd etilganidek, bunday e’tirof mutaxassislarga kuch-g‘ayrat beradi va jonajon yurtimizning yanada yuksalishi yo‘lida katta mas’uliyat bilan faoliyat yuritishga undaydi.
🌐
|
Facebook
|
X
|
Instagram
|
LinkedIn

August 27, 04:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim natijalar va dolzarb vazifalar
🟥
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)
da
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishishning ustuvor yo‘nalishlari
ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
🔰
Seminarda O‘zbekistonda BRM da ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishish borasida yaxshi natijalar qayd etilayotgani,  biroq hal etilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar ham borligi  ta’kidlandi. Xususan:
📉
Kambag‘allik darajasi
2021-yildagi
17 foizdan 2025-yilda 5,8 foizgacha
pasaygan va kambag‘al aholi soni
6 mln nafardan 2,2 mln nafargacha
qisqargan. Manzilli ijtimoiy siyosat, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda mahallabay ishlash mexanizmlari bunda muhim ahamiyat kasb etdi.
Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim bilan qamrab olish, gender tengligini ta’minlash
bo‘yicha ham yaxshi natijalarga erishildi. Biroq ayni paytda xotin-qizlar va erkaklarning iqtisodiy faolligi o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda: ayollarda ushbu ko‘rsatkich
43–45 foizni
, erkaklarda esa qariyb
70 foizni
tashkil etadi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti bahosiga ko‘ra, ayollar va erkaklarning ish haqi o‘rtasidagi tafovut
25–35 foiz
ni tashkil etadi.
👨‍💻
Yoshlar bandligi. H
ar yili qariyb
600 ming nafar yosh
mehnat bozoriga kirib kelmoqda. 2024-yilda yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi
8 foizni
tashkil etgan. 2005-yilda o‘qimayotgan, ishlamayotgan va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmayotgan yoshlar ulushi
25,3 foiz
ni tashkil etardi. 2025-yilda bu ko‘rsatkich
13,7 foiz
ga pasaydi.
Lekin yoshlarning amaliy ish tajribasiga ega emasligi dolzarbligicha qolmoqda. Yoshlarning
Mehnat.uz
platformasidagi rezyumelari tahliliga ko‘ra, ularning
69,1 foizi ish tajribasiga ega emas
. MHTI tomonidan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan respondentlarning
27,2 foizi ish topish
, 25 foizi chet tilini o‘rganish eng dolzarb masala ekanini qayd etgan.
🤖
Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt.
O‘zbekistonning sun’iy intellektga tayyorlik ko‘rsatkichi sezilarli yaxshilandi va 2020-yildagi
95-o‘rindan
2025-yilda
62-o‘ringa
ko‘tarildi. Galdagi muhim vazifa -
hisoblash quvvatlari, texnologik infratuzilmalarning
imkoniyatlarini oshirish.
🌱
“
Yashil iqtisodiyot” va energetik o‘tish borasida
2016–2025-yillarda O‘zbekistondagi elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati qariyb ikki baravar oshib,
26,9 GVtga
yetgan. Buning
7,6 GVt yoki 28,2 foizi quyosh va shamol generatsiyasi
hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda energetika sohasini rivojlantirish uchun qariyb
23 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar
jalb qilingan.
🌐
Seminarda xalqaro BRM ko‘rsatkichlarini baholashda
statistik ma’lumotlarning kechikib yangilanishi
masalasiga ham e’tibor qaratildi. Xususan,
Sustainable Development Report 2026
da qayta tiklanuvchi energiyaning yakuniy energiya iste’molidagi ulushi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichi
2022-yil ma’lumotlariga asoslangan
. Shu sababli, mamlakat energetika sohasida keyingi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar va yangi quvvatlarning ishga tushirilishi ayrim xalqaro BRM indikatorlarida hali to‘liq aks etmagan.
💬
Tadbir yakunida BRMga erishishda
ilmiy tadqiqotlar, ishonchli statistik ma’lumotlar, dalillarga asoslangan qarorlar hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yakuniy natijadorligini muntazam baholab borish
muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
🌐
|
Facebook
|
X
|
Instagram
|
LinkedIn

August 25, 11:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

🟥
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
(MHTI) yetakchi mutaxassisi
Abdulatifxon Anvarxonov
"O‘zbekiston 24" telekanalining
"Axborot 24"
dasturiga bergan intervyusida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ga erishish borasida yurtimizda qayd etilgan natijalar va galdagi muhim vazifalar haqida to‘xtaldi.

August 24, 14:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟥
“Aql markazlari” hamkorligining yangi bosqichi: sanoat korxonalari unumdorligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar
🏛
Joriy yil 21-avgust kuni
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)
tomonidan
“Sanoat korxonalarida unumdorlikni oshirish”
mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda respublikadagi 14 ta yetakchi “aql markazlari” mutaxassislari ishtirok etdi.
🏭
Seminarda UNIDO tomonidan ishlab chiqilgan
Resurs samaradorligi va toza ishlab chiqarish (
RECP
)
yondashuvi asosida korxonalar faoliyatini joyiga chiqqan holda baholash, ishlab chiqarish jarayonlari xaritasini tuzish, resurs yo‘qotishlari va samarasiz jarayonlarni aniqlash usullari ko‘rib chiqildi. Shuningdek,
Lean Management, Six Sigma
va
5S
uslubiyatlari asosida ortiqcha yo‘qotishlar va nuqsonlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar taqdim etildi.
🌱
Korxonalarning xalqaro bozorlarga chiqishi va yangi global talablarga moslashuvida
ekologik boshqaruvni takomillashtirish
,
ISO 14001
va
ISO 14064
standartlarini joriy etish, shuningdek,
CE marking
kabi muvofiqlik talablarini bajarishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝
Seminar yakunida ishtirokchilarga ilmiy tadqiqot tashkilotlari biriktirilgan sanoat tarmoqlari va hududlardagi korxonalarni o‘rganishda mazkur uslubiyatlardan foydalanish hamda tahlil natijalari asosida manzilli amaliy takliflar ishlab chiqish tavsiya etildi. Kelgusida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, uslubiy materiallar va to‘plangan amaliy tajribalarni o‘zaro almashib borishga kelishib olindi.