Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

iHistory 📝

ihistorii
Intellektual o'yinlarga savol qilinuvchi asab buzar manbalardan biri. Ko'plab sizga ma'qul bo'lmaydigan savollar shu kanaldan tuzilishi mumkin.
Subscribers
1 635
24 hours
-1
30 days
22
Post views
738
ER
45,14%
Posts (30d)
2
Characters in post
403
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
September 29, 02:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

The Burryman
(
Tikanakli odam
) — Shotlandiyaning Saut-Kuinsferri shaharchasida har yili avgust oyida o'tkaziladigan qadimiy va g'ayrioddiy an'ana. Bu festivalda bir kishi boshdan-oyoq tikanakli o'simlik (burdock) bilan qoplanadi. Faqat ko'zi va og'zi ochiq qolgan holda, u gulli tayoqlarni ushlab, shahar ko'chalarini aylanib chiqadi.
Mahalliy aholi unga omad keltirishi uchun pul va naycha orqali viski berishadi. Bu qiziqarli odatning aniq kelib chiqishi noma'lum, ammo u yovuz ruhlarni haydash hamda mo'l-ko'llik ramzi bilan bog'liq deb hisoblanadi.
#ITgakerakmasfakt

September 28, 20:08

Mesmerizm
— 18-asrda nemis shifokori Frans Mesmer tomonidan ilgari surilgan gipoteza bo'lib, unga ko'ra ayrim odamlar "sehrli magnetizm" va telepatik energiya (flyuidlar) tarqatish qobiliyati hisoblanadi.
Mesmerning fikricha, bu flyuidlarni masofadan uzatish, ularni to'plash va kuchaytirish mumkin. Uning ishonishicha, organizmdagi flyuidlarning noto'g'ri taqsimlanishi kasalliklarni keltirib chiqaradi, ularning muvozanatini tiklash orqali esa bemorni davolash mumkin. U guruh bo'lib davolash uchun maxsus "bake" deb nomlangan vositani ham o'ylab topgan. Bu ta'limot gipnoz tarixida muhim o'rin tutadi.
iHistory
📜

September 05, 12:02

https://shosh.uz/la-mansh-va-namanganni-boglagan-sir/

September 04, 05:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kembrijdagi mashhur "Matematika ko‘prigi" faqat to‘g‘ri chiziqli yog‘ochlardan yoy shaklida yasalgan!
🌉
Afsonalarga ko‘ra, uni Isaak Nyuton bitta ham mixsiz qurgan. Ammo aslida, ko‘prik Nyuton vafotidan so‘ng qurilgan va yig'ishda doim temir qisqichlar ishlatilgan. Shunga qaramay, uning ajoyib geometrik muvozanati hamon sayyohlarni hayratga solib kelmoqda.

September 03, 13:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Darvish" operatsiyasi — mo‘jizaviy Arktika karvoni
🚢
1941-yil avgustida Britaniyadan SSSRga yo‘l olgan "Darvish" tarixdagi birinchi Arktika karvoni edi. Uning tarkibidagi 6 ta savdo kemasi minglab tonna qimmatli xomashyo va "Hurricane" qiruvchi samolyotlarini tashigan.
Eng hayratlanarlisi, bu karvon Shimoliy Muz okeani orqali nemis razvedkasi, suvosti kemalari va aviatsiyasining burni tagidan bitta ham yo‘qotishsiz, mutlaqo sezdirmasdan o‘tishga erishgan. Dushman bu operasiya haqida umuman bilmay qolgan!
Aynan shu yutuq urushdagi mashhur Lend-liz qutb karvonlariga yo‘l ochdi va qahraton iqlimda ham harbiy ta'minotni uzluksiz amalga oshirish mumkinligini isbotladi.
iHistory
📜

September 03, 09:56

Mahalla chempionati kuni umrida intellektual o'yinda qatnashmagan jamoadoshlaringning o'yin maydoniga kirib kelishi :)

September 03, 09:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Zakovat_mem
Yozgi mavsumni uyida o'tkazgan talabalar kuzda jamoaga qaytmoqda

July 14, 10:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

July 14, 10:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Oq kiyim nomzodning niyati pokligi va korrupsiyadan yiroqligi ramzi boʻlgan
​"
Kandidat
" soʻzi lotincha "
candidatus
"dan olingan boʻlib, "
oq kiyim kiygan kishi
" degan maʼnoni anglatadi. Bu soʻzning asosi esa "
tiniq, oppoq, yorqin
" maʼnolarini beruvchi "
candidus
" sifatiga borib taqaladi. Ehtimol, "
Candle
" (
sham
) soʻzining asosi ham shunday boʻlishi mumkin.
​Qadimgi Rimda konsullik yoki senatorlikka oʻz nomzodini qoʻygan shaxslar xalq oldiga chiqqanda
toga candida
(
oppoq toga
) kiyishgan. Uni oddiy togadan ajralib turishi va koʻzni qamashtirishi uchun kiyimga maxsus boʻr surtishgan. Shuningdek, nomzodlar toga ostidan qoʻshimcha kiyim kiymay, tanalaridagi jangovar chandiqlarini namoyish etishgan. Bu ularning vatan va xalq yoʻlida koʻrsatgan jasoratlari hamda xizmatlari ramzi hisoblangan.
​
Qadimgi lotin tilida grammatik jihatdan ayol nomzodlarni anglatuvchi
candidata
soʻzi mavjud boʻlsa-da, Rim qonunlariga koʻra ayollarning saylovlarda qatnashishi va nomzod boʻlishi taqiqlangan edi. Shu bois, salkam ikki ming yil davomida ushbu tushuncha faqat erkaklarga nisbatan qoʻllanib kelindi.
iHistory
📝

July 14, 04:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

Javobni topolmading va profdan keyin