
IHMA Farğona viloyati
#teleloyiha
#insondan_insongaça
Inson qadri çegara va masofa tanlamaydi
🎬
“Farğona” telekanali
bilan hamkorlikda tayyorlanib, efirga uzatilayotgan
“Insondan insongaça” teleloyihasi
ning navbatdagi soni
Söx tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati
ga bağişlandi.
🟢
IHMA Farğona viloyati boşqarmasi Axborot xizmati.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Farmoni
ga muvofiq, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
✅
II darajali “Salomatlik” ordeni
bilan
—
Kayumov Taxir Pottaxoviç -
Nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş milliy markazining boş şifokori
—
Elov Boymurod Dilmurodoviç -
Buxoro nogironligi bölgan ayollar uçun “Ğamxörlik” markazi şifokor-terapevti
✅
“Sodiq xizmatlari uçun” medali
bilan
—
Narzullayev Abdigafur Urakoviç
- Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi bölgan şaxslarning funksionalligini baholaş boşqarmasi boş mutaxassisi
✅
“Şuhrat” medali
bilan
—
Toşbölova Muxayyo Egamqulovna
- Jizzax nogironligi bölgan ayollar uçun “Ğamxörlik” markazining kiçik tibbiy xodimi
🟢
IHMA Farğona viloyati boşqarmasi Axborot xizmati.
🌍
🌍
“Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
🎙
“Farğona” radiosi
ning
“Yangiliklar” informatsion dasturi
orqali efirga uzatildi.
🟢
IHMA Farğona viloyati boşqarmasi Axborot xizmati.
V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga
tabrik
—
Поздравление
победителям и участникам V летних Параазиатских игр
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿
Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.
🇺🇿
Sociallıq Dayjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.
🇬🇧
Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli xizmatingiz yuksak e’tirofga loyiq.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli xizmatingizda kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi
Yaponiyaning
Aichi–Nagoya
shahrida bo‘lib o‘tgan
V Para Osiyo
o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi mamlakatimiz parasporti
tarixidagi eng yuqori natijaga
erishdi.
Hamyurtlarimiz musobaqani
45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medal
bilan yakunlab,
45 ta davlat
orasida Xitoy va mezbon Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida
faxrli 3-o‘rinni
egalladi.
Bu — O‘zbekistonning Para Osiyo o‘yinlari tarixida ilk bor kuchli uchlikdan joy olishi.
✅
Tarixiy o‘sish va yangi marralar
2023-yilda Xanchjouda o‘tkazilgan IV Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza — jami 79 ta medal bilan 8-o‘rinni egallagan edi.
↗️
Bu gal esa oltin medallar soni 80 foizga, umumiy medallar soni 84 foizga oshdi.
Shuningdek, delegatsiyamiz avvalgi eng yuqori natijalarni ham yangiladi. Jumladan, 2018-yilda Jakartada qo‘lga kiritilgan 33 ta oltin medal hamda 2023-yilgi Xanchjou o‘yinlaridagi 79 ta medal ko‘rsatkichi ortda qoldi.
✅
Ishtirokchilar safi kengaydi
Bu yil O‘zbekiston sharafini
11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi, jumladan, 77 nafar ayol sportchi himoya qildi.
Para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish yo‘nalishlarida vakillarimiz ilk bor ishtirok etdi. Bobur Toshtemirov esa para velosport bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
✅
Jahon va Osiyo rekordlari yangilandi
Sportchilarimiz
para yengil atletika, para suzish, para pauerlifting va para velosport
yo‘nalishlarida
1 ta jahon, 8 ta Osiyo va 15 tadan ortiq O‘yinlar rekordini
o‘rnatdi.
✅
Xususan, Ro‘za Qo‘ziyeva para pauerlifting bo‘yicha 73 kg vazn toifasida 152 kg natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
✅
Shuningdek, Yegor Bolotov, Lolaxon Qodirova, Madina Muxtorova, Shahinaxon Yigitaliyeva, Navruza Ahmadova, Karomat Omonova va Xurshid Qodirov Osiyo rekordlarini qayd etdi.
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligi V Para Osiyo o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan barcha sportchilarimizni, ularning murabbiylarini hamda paralimpiya delegatsiyasini ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlarning matonatingiz, qat’iyatingiz va yuksak sport mahoratingiz barchamiz uchun faxr va ilhom manbaidir.
Yangi g‘alabalar, ulkan marralar va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
🏆
Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari «AI4DOST Social Award 2026» mukofotiga sazovor bo‘ldi: «INSON» markazlari g‘olib deb topildi, yana uchta loyiha finalistlar qatoriga kirdi
Ozarbayjonning Xonkandi shahrida o‘tkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Turli davlatlardan taqdim etilgan 84 ta loyihadan 20 tasi finalga chiqdi, 7 tasi g‘olib deb topildi.
🥇
«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi g‘olibi:
🧠
«INSON markazlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tizimi: mahalla bilan integratsiyalashgan smart tizim»
. Bugungi kunda «INSON» tizimi O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat yuritmoqda: 208 ta markaz 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatadi, ularning 80 foizdan ortig‘i raqamlashtirilgan.
🏅
Yana uchta loyiha finalist sertifikatlari bilan taqdirlandi:
🧠
«IMKON: Har bir bolaga eshiklarni ochamiz»
(«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi);
🧠
«Yordamchi texnologiyalar uchun smart-vaucher ekotizimi»
(«Ijtimoiy sohada sun’iy intellektga asoslangan raqamli yechimlar» nominatsiyasi);
🧠
«To‘siqsiz kasblar» — Agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv hub
loyihasi («Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi).
Ishimizning xalqaro darajada e'tirof etilgani biz uchun quvonarli. Aholiga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni har bir inson uchun yanada qulay, zamonaviy va inklyuziv qilishga undaydi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#jarayon
Boşqarma xodimlari Samarqandda taşkil etilgan zamonaviy ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini örgandilar
__________
🟢
IHMA Farğona viloyati boşqarmasi Axborot xizmati.
#tajriba_almaşiş
Boşqarma xodimlari Samarqandda taşkil etilgan zamonaviy ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini örgandilar
👥
Ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillaştiriş va hududlarda aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farğona viloyati boşqarmasi boşliği
Saidfarrux Islomovning taşabbusi
ga köra bir guruh xodimlar xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bölib turibdilar.
🖋
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, reabilitasiya qiliş hamda inklyuziv taʼlim sohasida Samarqand viloyatida joriy etilgan
ilğor va samarali tajribalarni bevosita örganiş va Farğona viloyatida ommalaştiriş
mazkur xizmat safarining asosiy maqsadidir.
Xizmat safari davomida quyidagi muassasalar faoliyati örganildi:
✅
Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi
— mahalla darajasida kompleks ijtimoiy yordam körsatiş, ehtiyojmand oilalarni aniqlaş va ularni qöllab-quvvatlaş mexanizimi örganildi.
✅
Ayollar reabilitasiya markazi
— tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan xotin-qizlarga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam körsatişning zamonaviy usullari körib çiqildi.
✅
"Barnaxus" modeli asosidagi 'Najot' markazi
— zöravonlikdan jabrlangan yoki guvoh bölgan bolalar uçun yagona va xavfsiz muhitda kompleks xizmatlar körsatiş tizimi tahlil qilindi.
✅
"Imkon" bolalarni reabilitasiya qilişga ixtisoslaştirilgan maktabgaça taʼlim taşkiloti
— alohida taʼlim va tibbiy ehtiyojlari bölgan bolalarni soğlomlaştiriş hamda ijtimoiy moslaştiriş jarayonlari bilan tanişildi.
✅
Inklyuziv resurs maktabi
— imkoniyati çeklangan bolalarni umumtaʼlim jarayoniga integrasiya qiliş, ular uçun tösiqsiz muhit va teng imkoniyatlar yaratiş tajribasi örganildi.
😮
Xizmat safari yakunida ikki hudud vakillari örtasida sohada uçrayotgan dolzarb masalalar, xizmatlar sifatini oşiriş va
yangi ijtimoiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça
özaro fikr va tajriba almaşildi.
🟢
IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.