Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IHMA Qashqadaryo

ihma_qashqadaryo
Subscribers
5 641
24 hours
—
30 days
203
Post views
3 630
ER
64,35%
Posts (30d)
124
Characters in post
937
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 25, 07:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🏆
🇺🇿
QASHQADARYOLIK PARA SPORTCHILARDAN 11 TA MEDAL!
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida 2026-yil 18–24-oktabr kunlari o‘tkazilgan
V Para Osiyo o‘yinlarida qashqadaryolik sportchilar O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishdi!
⚡
Musobaqalarda 4 ta sport turi bo‘yicha 9 nafar qashqadaryolik para sportchi ishtirok etgan bo'lsa
, vakillarimiz jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi!
🥇
5 ta oltin medal
;
🥈
4 ta kumush medal
;
🥉
2 ta bronza medal
.
MEDAL SOHIBLARI:
🥇
Shohruh Mamedov
— para dzyudo, J1, 81 kg
🥇
Dovurxon Karomatov
— para dzyudo, J2, 95 kg
🥈
Mohinur Parmonova
— para dzyudo, J2, +70 kg
🥇
Navruza Ahmatova
— para yengil atletika, yadro uloqtirish
🥇
Navruza Ahmatova
— para yengil atletika, disk uloqtirish
🥇
Asila Mirzayorova
— para yengil atletika, uzunlikka sakrash
🥈
Asila Mirzayorova
— para yengil atletika, 200 metrga yugurish
🥉
Asila Mirzayorova
— para yengil atletika, 100 metrga yugurish
🥈
Qudratjon Haydarov
— para taekvondo, K44, 63 kg
🥉
Javohir Aliqulov
— para taekvondo, K44, 70 kg
🥈
Sevinch Husanov
— para yengil atletika, T11, uzunlikka sakrash
Har bir medal — mashaqqatli mehnat, matonat, iroda va yuksak mahorat mahsuli. Qashqadaryolik para sportchilarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari barchamizga cheksiz faxr va g‘urur bag‘ishlaydi!
Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
nomidan para sportchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan tabriklaymiz!
📝
Telegram
|
💻
Instagram
📝
Facebook
|
🎞
Youtube

October 24, 17:20
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🏆
Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari «AI4DOST Social Award 2026» mukofotiga sazovor bo‘ldi: «INSON» markazlari g‘olib deb topildi, yana uchta loyiha finalistlar qatoriga kirdi
Ozarbayjonning Xonkandi shahrida o‘tkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boshqaruv uchun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Turli davlatlardan taqdim etilgan 84 ta loyihadan 20 tasi finalga chiqdi, 7 tasi g‘olib deb topildi.
🥇
«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi g‘olibi:
🧠
«INSON markazlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tizimi: mahalla bilan integratsiyalashgan smart tizim»
. Bugungi kunda «INSON» tizimi O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat yuritmoqda: 208 ta markaz 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatadi, ularning 80 foizdan ortig‘i raqamlashtirilgan.
🏅
Yana uchta loyiha finalist sertifikatlari bilan taqdirlandi:
🧠
«IMKON: Har bir bolaga eshiklarni ochamiz»
(«Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi);
🧠
«Yordamchi texnologiyalar uchun smart-vaucher ekotizimi»
(«Ijtimoiy sohada sun’iy intellektga asoslangan raqamli yechimlar» nominatsiyasi);
🧠
«To‘siqsiz kasblar» — Agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv hub
loyihasi («Mintaqaviy ijtimoiy tashabbus» nominatsiyasi).
Ishimizning xalqaro darajada e'tirof etilgani biz uchun quvonarli. Aholiga ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni har bir inson uchun yanada qulay, zamonaviy va inklyuziv qilishga undaydi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

October 24, 15:28
Media unavailable
3
Show in Telegram

Shahrisabz shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
Ma'lumki aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
🟢
Shu munosabat bilan
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
tomonidan Shahrisabz shahrida
sayyor qabul
tashkil etildi.
👥
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan ijtimoiy himoya sohasiga oid
27 ta
murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 10 ga yaqini
ijobiy
hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ul ijrochilar belgilandi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
✅
O‘tkazilayotgan sayyor qabullar aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, tezkor hal etish hamda fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
📝
Facebook
|
🎞
Youtube

October 24, 12:36
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bolaga parvarish, ota-onaga erkinlik!
✅
Farzand mehr va e’tiborda, ota-onaga esa o‘z kasbi va mehnat faoliyatiga qaytish imkoniyati. Kunduzgi parvarish xizmati oilalar hayotida ana shunday o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda.
👩‍👩‍👧‍👦
Shahrisabz shahrida
ham
kunduzgi parvarish xizmati
yo‘lga qo‘yilishi orqali
36 nafar
gacha nogironligi bo‘lgan bolalar ijtimoiy va reabilitatsion xizmatlardan foydalanishi mumkin.
Shu tariqa Qashqadaryoda
51 ta
kunduzgi parvarish xizmatining yo'lga qo'yilishi natijasida
816 nafar
nogironligi bo‘lgan bola qamrab olindi.
Bu — farzandini parvarishlash bilan band bo‘lgani sababli ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ota-onalar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda, degani.
Zero, bir oilaga yaratilgan qulaylik — butun oila hayotidagi o‘zgarishdir!
📝
Telegram
|
💻
Instagram
📝
Facebook
|
🎞
Youtube

October 23, 08:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi: bilimga rag‘bat, mehnatga imkoniyat, tashabbusga madad berish orqali vohaning yuksak salohiyati va boy resurslarini daromadli ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymatga aylantirish yo‘lida.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Кашкадарью: поддержать стремление к знаниям, открыть возможности для труда, дать ход инициативам, чтобы богатые ресурсы края приносили людям доход, а экономике – высокую добавленную стоимость.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 23, 05:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
Asila Mirzayorovadan oltin medal va rekord!
Para Osiyo o‘yinlarining ayollar o‘rtasidagi T11 klassi uzunlikka sakrash finalida vohadoshimiz
Asila Mirzayorova 5,04 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi
va musobaqa
rekordi
ni
o‘rnatdi!
Asila Mirzayorova musobaqadagi ishtirokini
1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal
bilan yakunlab, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga munosib hissa qo‘shdi.
Asila Mirzayorova — O‘zbekiston faxri!
Yangi marralar va yorqin g‘alabalar muborak bo‘lsin!
📝
Telegram
|
💻
Instagram
📝
Facebook
|
🎞
Youtube

October 23, 04:43
Media unavailable
10
Show in Telegram

#WorldSummit2026
#WSICW_2026
#Samarqand2026
Samarqand Jahon sammiti: ijtimoiy himoya bo‘yicha hamkorlik yangi kelishuvlar bilan mustahkamlandi
22-oktabr kuni Samarqand Jahon sammiti doirasida
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ishtirokida Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Xitoydagi hamkor tashkilot bilan ijtimoiy sohadagi hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Shuningdek, Jahon banki bilan ehtiyojmand xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha bo‘yicha marosim o‘tkazildi.
Qirg‘iz Respublikasi Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya vazirligi bilan imzolangan memorandum
keys-menejment, ijtimoiy himoyani raqamlashtirish, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi. Hujjat ekspertlar hamkorligi va qo‘shma tadbirlarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan imzolangan memorandum
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, manzilli ijtimoiy to‘lovlar, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kunduzgi parvarish xizmatlarini rivojlantirishni qamrab oladi. Qo‘shma stajirovkalar, tadqiqotlar va malaka oshirish dasturlari ham hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Xitoy Xalqaro madaniy aloqalar markazi bilan hamkorlik memorandumi va chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Hujjatlarda bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, to‘siqsiz muhit yaratish, «Najot» markazi hamda ko‘p funksiyali markaz faoliyatini rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar belgilangan.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin ishtirokidagi marosim
esa Yaponiya ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi — JSDF ko‘magidagi loyihaga bag‘ishlandi. Loyiha doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj
kamida 4 ming nafar xotin-qizni qo‘llab-quvvatlash, 1 mingta ish o‘rni yaratilishiga ko‘maklashish va tadbirkorlik tashabbuslari uchun grantlar ajratish
rejalashtirilgan.
Ushbu kelishuvlarning amaliy ahamiyati — xalqaro tajriba va resurslarni sifatli ijtimoiy xizmatlar, manzilli yordam hamda ehtiyojmand insonlarning mustaqil hayot kechirishi uchun yangi imkoniyatlarga yo‘naltirishdir.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren

October 22, 13:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

💰
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari
➖
386 ming so‘m
—
3 yoshgacha
bo‘lgan eng kichik farzand uchun;
➖
295 ming so‘m
—
3 yoshdan 18 yoshgacha
bo‘lgan eng kichik farzand uchun;
➖
177 ming so‘m
—
ikkinchi farzand uchun
qo‘shimcha to‘lov;
➖
118 ming so‘m
—
uchinchi
va
undan keyingi
har bir farzand uchun qo‘shimcha to‘lov;
➖
450 ming so‘m
— oylik
moddiy yordam
.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
📝
Facebook
|
🎞
Youtube

October 22, 12:20
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Navruza Ahmatovadan yana bir oltin medal!
Qashqadaryo viloyati vakilasi
Navruza Ahmatova
Para Osiyo o‘yinlarida navbatdagi oltin medalni
qo‘lga kiritdi!
🥇
Yadro uloqtirish
bahslarida 10,02 metr natija qayd etib, Para Osiyo o‘yinlari
rekordini o‘rnatgan
Navruza Ahmatova
disk uloqtirish
bo‘yicha ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ayollar o‘rtasida F41 klassida o‘tkazilgan disk uloqtirish bahslarida sportchimiz
30,11 metr natija
bilan birinchi o‘rinni egalladi va
Osiyo rekordini
o‘rnatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi!
🇺🇿
Chempionimizni navbatdagi g‘alaba bilan muborakbod etamiz!
📝
Telegram
|
💻
Instagram
📝
Facebook
|
🎞
Youtube

October 22, 11:37
Media unavailable
3
Show in Telegram

YANGILIKLAR | Paraosiyo o'yinlarida Asila Mirzayorova kumush medalni qo'lga kiritdi.
📝
Telegram
|
💻
Instagram
📝
Facebook
|
🎞
Youtube