Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

IHMA_Toshkent shahri

ihma_toshkentshahri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasining rasmiy sahifasi 🏢 Chilonzor tumani, Seul koʻchasi, 24-uy ☎️ (99895)-507-47-07
Subscribers
2 036
24 hours
-4
30 days
-8
Post views
341
ER
16,75%
Posts (30d)
86
Characters in post
1 922
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
September 12, 08:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 12, 06:24
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
”gi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining bu sohadagi vakolatlari aniqlashtirilib, jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy va huquqiy yordam choralari kengaytirilmoqda.
❗️
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar – ularga va ularning voyaga yetmagan farzandlariga tegishincha nikoh tuzilganligi to‘g‘risida va tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar hamda yo‘qotilgan ID-karta va pasportlarni berganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning bank kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish to‘g‘risida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi.
❗️
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga
olti oygacha
muddatga joylashtirilishi mumkinligi Qonun bilan mustahkamlandi.
❗️
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga davlat hisobidan malakali yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi joriy etilmoqda.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar:
alimentlarni undirish haqidagi; bolalarning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi; uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish haqidagi; otalikni belgilash yoki otalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi; bolaning yashash joyini belgilash haqidagi;
bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash to‘g‘risidagi; nikohdan ajratish haqidagi; mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi; mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilish haqidagi; mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi; ishga tiklash haqidagi; ish haqini undirish to‘g‘risidagi.
Bu choralar jabrlanganlarning huquqlarini tiklash, ularga manzilli ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 12, 04:49
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

«G‘amxo‘rlik» markazida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan izoh
Nogironligi bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘i, hayoti va xavfsizligi bilan bog‘liq har qanday masala chuqur e’tibor va mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilishi kerak.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «G‘amxo‘rlik» markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar, jumladan, 2-son «G‘amxo‘rlik» markazida ikki nafar bolaning vafoti haqida murojaat e’lon qilindi.
Avvalo, vafot etgan bolalarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Murojaatda ko‘tarilgan masala Agentlik tomonidan e’tiborsiz qoldirilmadi va mavjud ma’lumotlar o‘rganildi.
Murojaatda ikki nafar bolaning vafoti ularning sog‘lig‘i yetarli darajada nazorat qilinmagani bilan bog‘liqligi haqida fikr bildirilgan. O‘rganilgan tibbiy hujjatlarga ko‘ra, mazkur ikki holat bo‘yicha quyidagilar qayd etilgan:
2007-yilda tug‘ilgan bola 2026-yil 11-iyun kuni o‘tkir jarrohlik kasalligi belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan, 9 kun davomida davolangan va 20-iyun kuni vafot etgan.
2016-yilda tug‘ilgan ikkinchi bola uzoq vaqt davomida surunkali o‘pka kasalligi bo‘yicha davolangan. 25-iyul kuni kasallikning zo‘rayishi sababli shifoxonaga yuborilgan va shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holatlar qayd etilgan davrda 2-sonli «G‘amxo‘rlik» markazida 14 nafar shifokor va 28 nafar hamshira faoliyat yuritgan. Shifokorlar shtatini optimallashtirish jarayoni 2026-yil 25-avgust kuni yakunlangan. Bugungi kunda markazda shifokorlar uchun 2 ta shtat birligi va hamshiralar uchun jami 30,5 shtat birligi mavjud.
Tibbiyot xodimlari, shu jumladan, shifokorlar va hamshiralar bolalarning sog‘lig‘i holatini kuzatish, zarur hollarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ularni tibbiyot muassasasiga o‘z vaqtida yo‘naltirish uchun mas’ul.
Shu bilan birga, barcha markaz xodimlari tomonidan doimiy parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlashda ularning holatidagi har qanday o‘zgarishni o‘z vaqtida aniqlash va zarur yordamni ko‘rsatish nihoyatda muhim.
Agentlik uchun har bir bolaning hayoti va sog‘lig‘i eng katta qadriyat. «G‘amxo‘rlik» markazlarida parvarish va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalasi doimiy e’tiborda bo‘ladi.
Bunday nozik masalalarda xulosa chiqarishda rasmiy va tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanish muhim. Har bir murojaat esa e’tibor bilan o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
📝
telegram

September 11, 18:23
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar
“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha
Bugun mamlakat aholisining 28 foizi – 10,9 million nafarni bolalar tashkil etadi. Shu bois bolalar huquqlarining ishonchli kafolatlarini ta’minlash, ularni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur Qonun bilan bolaning huquq va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga o‘z vaqtida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan:
😲
Bolalarga oid jinoyat ishlarini
sayyor sudlarda ko‘rish taqiqlanmoqda
.
😲
Ta’lim tashkilotida tarbiya va ta’lim berish jarayonida bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etish, uni kamsitish yoki xo‘rlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash uchun
440 ming
so‘mdan
2,06 mln
gacha
ma’muriy jarima jazosi
belgilanmoqda.
😲
Notariuslarga bolani
farzandlikka berish
(
olish
), bolani
vasiylik
(
homiylik
)ka
berishga
oid arizada
imzoning haqiqiyligini shahodatlash
bo‘yicha murojaat qilinganda, ma’lumotlarni
“Inson” markazlariga taqdim etish majburiyati yuklatilmoqda
.
😲
Aliment to‘layotgan ota-onadan uning moddiy ahvolini inobatga olgan holda,
aliment to‘lashdan ozod qilish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida
bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga aliment to‘lashi shart bo‘lgan otani yoki onani
aliment to‘lashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi
.
Shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan
undirilishi belgilangan
aliment miqdorini kamaytirish bo‘yicha ishlarda
“Inson” markazlari jalb etiladi.
😲
Bolalarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxsning
1-yil davomida
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional
ta’lim tashkilotlari hamda
bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlanmoqda.
😲
Vasiy yoki homiyning
bola nomidan meros va hadyani qabul qilishdan voz kechish huquqi
bekor
qilinmoqda.
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalasida davlat boji to‘lanishidan ozod etilmoqda:
a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari – ota-ona yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bolaning sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiya qilish uchun qilingan qo‘shimcha xarajatlarni bola foydasiga undirish haqida kiritilgan arizalar bo‘yicha;
b) yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi yashaydigan joyga doimiy ro‘yxatga qo‘yganda.
😲
vasiy (homiy) yashash joyini o‘zgartirmoqchi, jumladan, boshqa mamlakatga ko‘chib ketmoqchi bo‘lsa hamda uning vasiyligi (homiyligi)dagi bola
10 yoshga to‘lgan
bo‘lsa,
ushbu bolaning roziligi
talab etilishi belgilanmoqda
.
Umuman, mazkur Qonun bola manfaatini ustuvor qo‘yish, uni zo‘ravonlikdan himoya qilish va huquqiy kafolatlarni kuchaytirishga qaratilgan. Eng muhimi, bolalar uchun yanada xavfsiz va himoyalangan muhit yaratiladi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 11, 15:17
Media unavailable
2
Show in Telegram

#ISO
#SifatMenejmenti
#Shaffoflik
Ijtimoiy inspeksiya faoliyati xalqaro standartlar asosida takomillashtirilmoqda
Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaga
ISO 9001:2015 — “Sifat menejmenti tizimi” va ISO 37001:2025 — “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi”
standartlari bo‘yicha xalqaro hamda milliy sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur sertifikatlar Inspeksiya faoliyatida sifatli boshqaruv, shaffoflik, aniq mas’uliyat va korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy etilganini tasdiqlaydi.
Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati, sertifikatlashtiruvchi tashkilot vakillari, Ijtimoiy inspeksiya mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
🎬
Tadbir tafsilotlari — videolavhada.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 11, 12:29
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Korrupsiya profilaktikasida maqsadlarni to‘g‘ri belgilash
🖋
Korrupsiyaning oldini olishda umumiy vazifalarni
aniq maqsadlar, o‘lchanadigan natijalar va belgilangan muddatlarga ega profilaktik chora-tadbirlarga
aylantirish muhim.
❗️
Bunday yondashuv korrupsiya xavflarini oldindan aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, ichki nazoratni kuchaytirish va ko‘rilayotgan choralar samaradorligini baholash imkonini beradi.

Maqsadlarni belgilashda, avvalo,
aniqlik, o‘lchanadigan natija, amalga oshiriluvchanlik, dolzarblik va aniq muddat
ga e’tibor qaratish lozim. Ya’ni, “korrupsiyaning oldini olish” kabi umumiy vazifa o‘rniga, muayyan xavfni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan aniq vazifa belgilanadi.
😮
Masalan, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavflarini aniqlash, ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni joriy etish.
Bunga amaliy misol:
“Tashkilotda korrupsiya xavflarini kamaytirish” degan umumiy maqsad o‘rniga,
“Keyingi 3 oy davomida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlarning 100 foizini qayta baholash, har bir yuqori xavf bo‘yicha kamida bitta profilaktik chora belgilash va ularning ijrosini har oy monitoring qilish”
kabi aniq maqsad qo‘yiladi.
↗️
Shu bois korrupsiya xavflarini muntazam qayta baholash, ko‘rilgan profilaktik choralar natijadorligini tekshirish va zarur hollarda ularni takomillashtirib borish
bir martalik emas, balki doimiy jarayon
bo‘lishi kerak.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 10, 12:41
Media unavailable
3
Show in Telegram

“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
I. Davlatov
boshchiligida yosh xodimlar bilan
“Rahbar va yoshlar”
uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yosh xodimlarning mehnat faoliyati, kasbiy rivojlanishi, mavjud muammo va takliflari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Shuningdek, yosh xodimlarga xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, aholiga sifatli va manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, tashabbuskorlik va fidoyilik bilan faoliyat yuritish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kasbiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

September 10, 11:07
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
Parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxslar faoliyati qonuniy rasmiylashtirilishi lozim
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga parvarish xizmatlarini ko‘rsatish mas’uliyat va professional yondashuvni talab qiladi. Shu sababli bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi shaxslar bilan mehnat munosabatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish muhim.
🖋
Mehnat kodeksiga ko‘ra:

Mehnat shartnomasi yozma shaklda, kamida ikki nusxada tuziladi va taraflar tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi xodimga beriladi (
106-modda
).

Tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan
uch ish kunidan kechiktirmay Yagona milliy mehnat tizimida (YMMT) ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart
(
109-modda
).

Mehnat shartnomasi asosida ishlovchi xodimga mehnatiga haq to‘lash, dam olish, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy sug‘urta va qonunchilikda belgilangan boshqa kafolatlar ta’minlanadi.
🖋
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qaroriga muvofiq, dastur doirasida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi shaxslar uchun
36 soatdan kam bo‘lmagan qisqa muddatli o‘quv kurslari
tashkil etiladi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga
3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat
beriladi.
2026-yil 1-iyundan boshlab
dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlar ushbu sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar xizmatdan foydalanuvchilarning
shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlashi
shart.
❗️
MUHIM!
Parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxsni mehnat munosabatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan ishga jalb qilish xodimning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanmasligiga hamda qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan parvarish xizmatlarini tashkil etuvchi
jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni
amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqiramiz.
🤝
Qonuniy rasmiylashtirilgan mehnat — xodimning huquqiy himoyasi va munosib mehnat sharoitlarining muhim kafolatidir.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 09, 15:51
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Bolani cheklash emas, qo‘llab-quvvatlash kerak!
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Komplayens xizmati tomonidan Agentlik tizimidagi ayrim ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1-sinfda tahsil olayotgan ayrim bolalarni yangi ta’lim muhitiga moslashtirish hamda dars jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida bugungi zamonaviy pedagogik yondashuvlarga mos kelmaydigan usullardan,
jumladan, bolaning sinfda harakatini cheklashdan
foydalanilgan holatlar aniqlandi.
Bunday cheklovchi usullar ayrim davlatlarda maxsus ta’lim va parvarish amaliyotlarida tarixan uchragan bo`lsa-da, bugungi kunda bunday usullar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, bolaning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda insonparvarlik tamoyillariga mos kelmaydi.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tizimdagi barcha ta’lim tashkilotlariga
eskirgan, zamonaviy pedagogik talablarga mos kelmaydigan va bolaga nisbatan asossiz jismoniy yoki boshqa cheklovlarni nazarda tutuvchi usullardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
, har bir bolaga uning individual ehtiyojlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda mehr, hurmat va professional yondashuv asosida munosabatda bo‘lish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, 1–2-sinf o‘quvchilarining yangi ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda dars jarayonida ularga individual yordam ko‘rsatish maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab
maxsus assistent-pedagog lavozimi joriy etilmoqda
.
Hurmatli ota-onalar!
Agar farzandingiz ta’lim jarayonida yuqoridagi kabi nomaqbul holatlarga duch kelsa:
— birinchi navbatda maktab ma’muriyatiga bu haqda xabar berishingiz;
— pedagog yoki maxsus assistent-pedagog bilan holatni muhokama qilishingiz;
— muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, Ijtimoiy himoya milliy agentligining
1246 ishonch telefoniga
murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Har bir bolaning sha’ni, qadr-qimmati va xavfsizligini ta’minlash — ta’lim jarayonining ajralmas tamoyilidir.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

September 09, 12:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

#MatbuotRaqamlarda
Ochiqlik, ishonch va samarali muloqot — Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishi
🧠
2023-yil 1-iyun kuni tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatining dastlabki kunlaridanoq aholini tezkor, xolis va ishonchli axborot bilan ta’minlash hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratmoqda.
2026-yilning dastlabki olti oyi davomida Agentlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan
7 764 ta
axborot materiali tayyorlandi va ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Ularning umumiy auditoriya qamrovi
34 million nafardan ziyod
ni tashkil etdi.
Agentlik tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "
Insondan insongacha
", "
Inson mehri
", "
Ayol matonati
", "
NASP Talks
", "
Ijtimoiy xodimning bir kuni
" kabi tele va medialoyihalar ijtimoiy himoyaning inson taqdiridagi ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazib kelmoqda.
Agentlik faoliyati
BBC, Euronews, UNICEF, Asia Times, Caspian Post
va boshqa nufuzli xalqaro axborot platformalarida muntazam yoritilmoqda. "
Haqqim bor
" va "
Qizimga
" medialoyihalari esa qator xalqaro festivallarda yuqori baholanib, xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lida izchil faoliyatini davom ettiradi.
🎬
Batafsil videoda…
Telegram