
IHMA Xorazm viloyati
XAYRLI KUN !
22.10.2026
✅
📲
DASTURNING HD versiyasi
👇
🎥
YouTube
📺
OnlineTV
📻
Online Radio
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
Facebook
Bizning barcha manzillarimiz
https://lnk.bio/Xorazmtelekanal
Davlat ko‘magi kimlarga va qanday beriladi?
2026/2027-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
2026-yil noyabr oyida 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilishi
nazarda tutilgan.
Asosiy tamoyil —
haqiqatan yordamga muhtoj oilalarni aniqlash va davlat ko‘magini ularga manzilli yetkazish
.
1️⃣
1-qadam. Dastlabki ro‘yxat shakllantiriladi
Avvalo:
— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar;
— o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar;
— yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar
bo‘yicha dastlabki ro‘yxat shakllantiriladi.
2️⃣
2-qadam. Reyestrda bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar ham aniqlanadi
Mahalla yettiligi amalda yordamga muhtoj bo‘lgan qo‘shimcha oilalarni aniqlaydi.
Bunda, jumladan:
— boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
— I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar;
— nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
— uzoq muddatli davolanishga muhtoj a’zosi bor oilalar;
— yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar;
— bir xonadonda uch va undan ortiq oila yashayotgan oilalar;
— gaz ta’minoti va markazlashtirilgan isitish tizimi mavjud bo‘lmagan sharoitda yashayotgan oilalar
inobatga olinadi.
Bunda oilaning o‘rtacha bir oylik jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi belgilangan mezon — 2 MIHdan oshmasligi lozim.
3️⃣
3-qadam. Mahalla tavsiyasi qayta tekshiriladi
Mahalla tomonidan tavsiya etilgan oilaga yordam avtomatik ravishda tayinlanmaydi.
Har bir tavsiya belgilangan mezonlar asosida qayta tekshiriladi.
4️⃣
4-qadam. Daromad va ijtimoiy holat elektron baholanadi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi oilalar haqidagi ma’lumotlarni
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali
tekshiradi.
Oilaning daromadi va boshqa mezonlari vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Ya’ni yordam
subyektiv qaror bilan emas, aniq mezonlar va mavjud ma’lumotlar asosida
belgilanadi.
5️⃣
5-qadam. Yakuniy ro‘yxat shakllantiriladi
Tekshiruvlardan so‘ng barcha talablarga mos oilalar yakuniy ro‘yxatga kiritiladi va
1 million so‘mlik bir martalik moddiy yordam fuqarolarning ijtimoiy karta va bank kartalariga o‘tkaziladi
.
↗️
Natijada
1 mln 17 mingdan ortiq ehtiyojmand oilani
qamrab olish va ularga
1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish
ko‘zda tutilgan.
Davlat ko‘magi oilaning real ehtiyoji, daromadi va ijtimoiy holatidan kelib chiqib belgilanadi.
Bu mexanizm yordamni
manzilli, adolatli va shaffof
yetkazish hamda davlat mablag‘larini aynan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
❗️
Davomi keyingi postda:
markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar uchun 1 million so‘mlik yordam qanday tartibda belgilanadi?
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
1-oktyabrdan ayrim toifadagi fuqarolar uchun transport imtiyozlari joriy etildi
2026-yil 1-oktyabrdan ayrim toifadagi fuqarolarga
havo, temir yo‘l va shaharlararo avtobus transportidan bepul yoki 50 foiz chegirma asosida
foydalanish imkoniyati berildi.
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining
2026-yil 13-avgustdagi
440-son
qarori
asosida joriy etildi.
Imtiyozdan:
✅
1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari;
✅
ularga tenglashtirilgan shaxslar;
✅
Chernobil halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslar foydalanishi mumkin.
Imtiyoz
kalendar yilida bir marta borish va qaytish
uchun taqdim etiladi.
Imtiyozli chipta olish uchun
shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan tegishli transport tashkilotlariga murojaat qilish mumkin.
Fuqaroning imtiyozga egaligi
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Transport imtiyozlari” moduli
orqali aniqlanadi.
✅
Havo transportida —
“ekonom”
tarifi;
✅
temir yo‘l transportida —
“ekonom”, platskart yoki kupe
o‘rinlari bo‘yicha chipta taqdim etiladi.
🌐
Imtiyozlar haqida
batafsil:
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
Bola kunduzi parvarishda — ota-ona esa xotirjam
3–18 yoshli nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yo‘lga qo‘yilgan
“Kunduzgi parvarish” xizmati
bolalarni xavfsiz muhitda parvarishlash, ularning rivojlanishi va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, xizmat og‘ir harakat cheklovlari, aqliy rivojlanishida turli darajadagi buzilishlar hamda ko‘r-kar-soqovlik tashxisi qo‘yilgan bolalarni qamrab oladi.
Xizmat davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan bo‘lib,
2025-yil 1-oktabrdan barcha hududlarda
yo‘lga qo‘yilgan.
↗️
Bugungi kunga qadar:
1️⃣
9 815 nafar
bolaga ijobiy xulosa berildi;
2️⃣
6 749 nafar
bola kunduzgi parvarish xizmati bilan qamrab olindi;
3️⃣
441 nafar tadbirkor
ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritmoqda;
4️⃣
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
115,3 mlrd so‘m
to‘landi.
❗️
Kunduzgi parvarish xizmati doirasida
bolalar haftasiga
5 kun, kuniga 8 soat
parvarish bilan qamrab olinadi,
kuniga 2 mahal ovqat
bilan ta’minlanadi hamda rivojlantiruvchi, ijodiy va ta’limiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
💼
Tadbirkorlar uchun ham qo‘llab-quvvatlash choralari belgilangan.
Har bir bola uchun subsidiya ajratiladi. Mebel va jihozlar xarid qilish uchun
14 foizli imtiyozli kredit
beriladi. Shuningdek, tadbirkorlar
2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliqdan tashqari barcha soliqlardan ozod etiladi
.
Xizmat bolalarning kunduzgi parvarishi va rivojlanishini ta’minlash bilan birga, ota-onalarga
mehnat qilish, o‘qish va kundalik faoliyatini davom ettirish
imkonini ham yaratadi.
Eng muhimi — bola parvarishda, oila esa qo‘llab-quvvatlanadi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
PSIXOLOGLAR UCHUN AMALIY TRENING: PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA VA USLUBIY VOSITALAR
📍
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlari uchun
“Psixologik diagnostika asoslari va psixologning uslubiy vositalari”
mavzusida o‘quv-amaliy trening tashkil etildi.
🎯
Treningning asosiy maqsadi
— psixologlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, mijozlarning psixologik holatini to‘g‘ri baholash hamda samarali diagnostika usullaridan foydalanish malakasini oshirishdan iborat.
🤝
Trening jarayonida amaliy mashqlar va kasbiy muhokamalarga alohida e’tibor qaratilib, psixologlar faoliyatida
yagona, tizimli va samarali yondashuvni shakllantirish
hamda o‘zaro tajriba almashish imkoniyati yaratilmoqda.
Inson qadri — e’tiborimiz markazida!
@ihma_xorazmviloyati
O‘zbekiston tajribasi xalqaro forumda taqdim etildi
🧠
Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakili Mirzobek Niyazov nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan tovar va xizmatlarni davlat xaridlari orqali qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forumda onlayn ishtirok etdi. Tadbir Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbiy reabilitatsiya qilish muassasalari Koreya assotsiatsiyasi (KAVRD) tomonidan tashkil etildi.
🦿
Forumda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimidagi islohotlar, jumladan, elektron xizmatlar va marketpleys orqali zarur vositalarni tanlash imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
👨🦽
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini moslashtirish va ish beruvchilar uchun joriy etilgan rag‘batlantirish choralari taqdim etildi.
✅
O‘zbekistonning xalqaro forumdagi ishtiroki mamlakatda ijtimoiy himoya va inklyuziya sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga xalqaro qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
🟢
Urganch shahrida Bolani kompleks baholash guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ–292-son qarori
hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining
411-son buyrug‘i
asosida Urganch shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi huzurida yangi guruh faoliyati boshlandi.
👥
Maxsus pedagog, psixolog va ijtimoiy xodimlar baholash metodikalari hamda
edu.ihma.uz
platformasida ishlash bo‘yicha amaliy tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.
📋
Ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, bolalarni kompleks baholash va tegishli ta’lim shakliga yo‘naltirish tartibi tushuntirildi.
✅
Kelgusi haftadan Urganch shahrida 3–18 yoshdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni yangi tizim asosida kompleks baholash boshlanadi.
🎯
Maqsad — har bir bolaga uning individual ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib, sifatli ta’lim olishi uchun mos sharoit yaratish.
Ijtimoiy sug‘urta: 9 oyda 235 201 nafar fuqaroga 1,43 trillion so‘m nafaqa to‘landi
2026-yilda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida nafaqalarni tayinlash va to‘lashni fuqarolar uchun yanada qulay, shaffof va kafolatli qilishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etildi.
Endilikda homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali
proaktiv, ya’ni fuqaroning alohida murojaatisiz
tayinlanmoqda.
❗️
2026-yilning to‘qqiz oyida davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi orqali
235 201 nafar fuqaroga jami 1,43 trillion so‘m
nafaqa to‘lab berildi.
Shundan:
✅
111 689 nafar ayolga
homiladorlik va tug‘ish nafaqasi sifatida
1 trillion 269,5 milliard so‘m
to‘landi;
✅
123 512 nafar fuqaroga
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi sifatida
159,2 milliard so‘m
to‘landi.
Yangi tizimning asosiy maqsadi — ish beruvchilarni ortiqcha moliyaviy yukdan ozod qilish hamda ishlayotgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini davlat tomonidan kafolatlash.
Shu bilan birga, ijtimoiy nafaqalarni to‘lashni ish beruvchining xohishi yoki moliyaviy imkoniyatiga bog‘liq holatdan chiqarish, jarayonlarni raqamlashtirish va fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Raqamlar ortida bitta maqsad bor — insonning ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlash va zarur paytda davlat ko‘magini o‘z vaqtida yetkazish.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz
#Zoravonlikka_qarshi
Xorazmda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha kaskad trening boshlandi
2026-yil 5–6-oktabr kunlari Xorazm viloyatida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, unga samarali munosabat bildirish hamda mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan kaskad trening o‘tkazilmoqda.
Mazkur trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan Jahon bankining moliyaviy ko‘magida, “INSON” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Trening davomida ishtirokchilarga zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, xavflarni baholash, xavfsizlikni rejalashtirish, jabrlangan xotin-qizlar bilan xavfsiz muloqot qilish, zarur xizmatlarga yo‘naltirish hamda idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
Mashg‘ulotlarda real vaziyatlar asosida amaliy topshiriqlar bajarilib, mutaxassislarning kasblararo hamkorlikda yagona va samarali yondashuv asosida ishlash ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha takliflar
taqdimoti
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
предложений по социальной защите населения, прежде всего нуждающихся семей, в осенне-зимний период.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#ijtimoiyhimoya
#energetika
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X