
Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
#ILM_NUR
⁉️
Ilm-fan uchun ham shunday navbatlar bo‘lsa edi...
Alixonto‘ra Sog‘uniyga nisbat beriladigan bir gap bor:
«O‘zbeklar oshga yig‘ilgandek boshqa ishlarda ham birlashganida, bu xalqdan kuchli millat bo‘lmas edi»
, degan mazmunda.
@ILM_NUR_2020
Bugun Hasan moshkichirning taomini yeyish uchun odamlar navbat kutmoqda. Yigitning omadini bersin, mehnati bilan xalqning e’tiborini qozonibdi.
Lekin bir savol xayolimdan o‘tdi:
qachon bizda olimlarning ma’ruzasini tinglash, ilmiy kashfiyotlar bilan tanishish yoki kitob taqdimotlarida qatnashish uchun ham shunday navbatlar paydo bo‘ladi?
Gap oshda emas, jamiyat nimani qadrlashida.
Oshpazlarimizning mehnati qadrlanayotganidek, olimlarimizning mehnati ham qadrlanadigan kunlar ko‘paysin!
✅
Yanada batafsil:
@ILM_NUR_2020
🔗
🔭
Jeyms Uebb teleskopi olis koinotda yulduz portlashiga nomzod hodisani kuzatdi
Astronomlar Jeyms Uebb kosmik teleskopi yordamida
AT 2026abck
deb nomlangan yorqin hodisani aniqladi. Kuzatuvlar uning katta yulduz portlashi —
supernova
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Olimlarning hisobiga ko‘ra, teleskop uni portlashdan atigi
4–10 kun o‘tgan holatida
qayd etgan. Bu vaqt hodisa yuz bergan joydagi hisob bo‘yicha berilgan. Uning harorati va yorqinligi odatiy ayrim supernovalarning dastlabki bosqichidagidan yuqori bo‘lgan.
Nima uchun muhim?
Bunday kuzatuvlar koinotning ilk davrlarida yulduzlar qanday portlaganini o‘rganish va nazariy modellarni tekshirishga yordam beradi.
Hozir hodisaning aynan qaysi turdagi portlash ekani hali aniq emas. Natijalar 2026-yil 29-sentabrda dastlabki ilmiy qo‘lyozma —
preprint
sifatida e’lon qilingan; yakuniy xulosa uchun qo‘shimcha kuzatuvlar zarur.
arxiv.org
©️
Birlamchi manba: NEXUS tadqiqoti — arXiv
✅
Yanada batafsil:
@ILM_NUR_2020
🔗
ILMIY UNVON VA DARAJA SARI ENG ISHONCHLI YO‘L!
Ilmiy faoliyatingizda sifat, tezkorlik va professional yondashuvni qadrlaysizmi?
"RESPUBLIKA JURNALI"
jamoasi barcha ilmiy xizmatlarni bitta platformada taqdim etadi!
Xizmatlarimiz:
✅
JURNALLAR (Nashr xizmati):
•
OAK
ro‘yxatidagi xalqaro va mahalliy jurnallar;
• Yuqori impakt-faktorli ilmiy nashrlar.
✅
PROFESSIONAL TARJIMA (YANGI!):
• Maqolalarni
Ingliz
,
Rus
va boshqa tillarga akademik tahrir bilan tarjima qilish;
• Mavjud tarjimalarni xalqaro standartlarga moslash (
Proofreading
);
• Taqrizdan qaytgan matnlarni til jihatdan to‘g‘rilash.
✅
INTELLEKTUAL MULK (Patentlar):
•
IAP, FAP
(Ixtiro va foydali modellar);
•
DGU
(EHM dasturlari uchun guvohnoma);
•
BGU
(Sanoat namunalari).
✅
KONFERENSIYALAR:
• Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar.
✅
STATUS VA NUFUZ:
• Xalqaro jurnallar tahrir hay’ati a’zoligiga qabul qilish.
NEGA AYNAN BIZNI TANLASHADI?
🔂
Kafolat:
Barcha xizmatlar qonuniy va OAK talablariga to‘liq mos keladi;
🔂
Tezkorlik:
Hujjatlar va nashr jarayoni eng qisqa muddatlarda;
🔂
Mutaxassis maslahati:
Maqola va patentlar bo‘yicha
bepul
konsultatsiya!
✅
Ushbu xabarni ilm-fanga qiziquvchi yaqinlaringiz va ilmiy doiralarda kengroq tarqatishingizni so‘raymiz. Sizning ulashgan ma'lumotingiz kimningdir ilmiy ishida yechim bo‘lishi mumkin!
📌
Hoziroq obuna bo‘ling va imkoniyatlardan foydalaning:
✅
@RESPUBLIKA_JURNALI_TFJ
Guruhimiz:
@konferensiyagaa
✅
Murojaat uchun:
@Jaloliddin_1514
📞
Ishonch telefoni:+998 88 966 77 66
🎓
Til sertifikati sabab himoyasi qolgan magistrantlar uchun muhim xabar
Taqdim etilgan bayonning 4-bandiga ko‘ra,
2023-yil 14-fevraldagi 13-son bayon asosida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan talabalar
PF–81-son Farmonda belgilangan darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lsa, magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishiga ruxsat beriladi.
Talab etiladigan darajalar:
🔹
C1
— filologiya yo‘nalishlari;
🔹
B2
— gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
🔹
B1
— boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari.
Sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lishi va u rasman tan olingan sertifikatlar ro‘yxatiga kirishi shart.
Demak, yuqoridagi tartibda qabul qilingan, mutaxassisligi uchun
B1 darajasi belgilangan magistrantlar B1 sertifikati bilan ham himoyaga qo‘yilishi mumkin.
Sertifikat talabi bekor qilinmagan.
Tegishli sertifikatni taqdim etgan magistrantlarning himoyasini belgilangan tartibda tashkil etish OTM rahbarlariga topshirilgan.
🎓
@Magistr_Hub
Yillar davomida o‘rgangan ishingizni AI bir zumda bajarsa…
Birinchi safar quvonarsiz. Vaqtingiz tejaladi, ishingiz yengillashadi. Keyin esa noqulay bir savol paydo bo‘lishi mumkin:
«Unda mening qadrim nimada?»
Otabek Akromov o‘z sahifasida Kornell universiteti matematigi Steven Strogatzning AI haqidagi kechinmalari haqida yozmoqda. Olim
The New York Times
podkastida sun’iy intellektning imkoniyatlaridan hayratlanish bilan birga, umrini bag‘ishlagan faoliyatining kelajagi haqida iztirob ham bildirgan. (
podcasts.apple.com
)
Bu tuyg‘uni tushunish mumkin. Olim uchun masala yechish — ish kunini tugatish uchun bajariladigan topshiriq emas. Ba’zan uning ortida uyqusiz tunlar, yillab izlanish va «nihoyat tushundim!» degan quvonch turadi. Endi shu yo‘lni mashina juda tez bosib o‘tsa, odam o‘z mehnatiga boshqacha qaray boshlaydi.
Lekin men bundan insonning izlanishi qadrsizlandi, degan xulosaga kelmagan bo‘lardim.
Tayyor javobga ega bo‘lish — uni tushunib yetganingni anglatmaydi.
Bu farqni universitetda ham ko‘rishimiz mumkin. Talaba AI yordamida chiroyli matn tayyorladi. Ammo «Nega shunday xulosaga keldingiz?» degan savolga javob bera olmasa, biz nimani baholayapmiz: uning bilimini yoki dastur tayyorlagan matnni?
Menimcha, AI bizni baholash mezonlarimizni qayta ko‘rishga majbur qilyapti. Tadqiqotchining savolni qanday qo‘ygani, dalilni qanday tekshirgani, xatosini qanday aniqlagani va xulosasini qanday himoya qilgani ko‘proq ahamiyat kasb etishi kerak.
Texnologiyadan foydalanaylik. Ammo o‘rganishning barcha qiyinchiligini ham unga topshirib qo‘ymaylik. Chunki ba’zan bizni o‘stiradigan narsa aynan o‘sha qiynalib tushungan joyimiz bo‘ladi.
Ertaga qo‘limizda mukammal matn bo‘lishi mumkin. Lekin, uning ortida mustaqil fikrlay oladigan olim ham bo‘ladimi?
Kanalga ulanish:
@ILM_NUR_2020
🔗
⏳
HAYOT YO‘LI: HAR KIMNING O‘Z VAQTI BOR
Ba’zilar 22 yoshida universitetni tamomlaydi, ammo munosib ish topish uchun yana 5 yil kutadi.
Ba’zilar 25 yoshida kompaniya rahbariga aylanadi, biroq 50 yoshida hayotdan ko‘z yumadi.
Boshqalar esa 50 yoshida rahbarlikka erishib, 90 yoshgacha umr ko‘radi.
Barak Obama 55 yoshida prezidentlik faoliyatini yakunlagan bo‘lsa, bir vaqtlar uning vitse-prezidenti bo‘lgan Jo Bayden 78 yoshida AQSh prezidenti bo‘ldi.
Kimdir 25 yoshida oila quradi, kimdir esa 40 yoshida o‘ziga munosib insonni uchratadi.
Ilm-fanda ham xuddi shunday.
Kimdir 28 yoshida PhD darajasini oladi, boshqasi 45 yoshida dissertatsiyasini himoya qiladi.
Kimdir yoshligida professor bo‘ladi, yana kimdir umrining katta qismini izlanishga bag‘ishlab, eng muhim ilmiy natijasiga ancha keyin erishadi.
Atrofingizdagi insonlar sizdan ancha ilgarilab ketayotgandek tuyulishi mumkin. Boshqalar esa sizdan ortda qolayotgandek ko‘rinadi.
Ammo hayot poyga emas. Har bir insonning imkoniyati, sharoiti, mas’uliyati va bosib o‘tadigan yo‘li turlicha.
Birovning muvaffaqiyatiga hasad qilmang. Undan ilhom oling, tajribasini o‘rganing, lekin o‘z hayotingizni uning natijalari bilan o‘lchamang.
Siz kech qolmadingiz.
Siz boshqalardan o‘zib ketishingiz ham shart emas.
Muhimi, kechagidan ko‘ra bugun bir qadam oldinga siljishingiz.
Ilmda ham, hayotda ham har kimning o‘z yo‘li, o‘z sur’ati va o‘z vaqti bor.
Boshqalarning soatiga qarab, o‘z hayotingizni baholamang.
Kanalga ulanish:
@ILM_NUR_2020
🔗
‼️
Диссертациялар илмий натижаларининг амалиётга жорий қилинишини баҳолаш бўйича услубий кўрсатмалар
ОАК Раёсатининг 2015 йил 20 мартдаги 214/9-сон қарори билан тасдиқланган.
ОАК Раёсатининг 2017 йил 31 майдаги 239/9-сон қарори билан ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритилган.
- Талабгор бевосита ўзи ёки иш бажарилган ташкилотнинг кузатув хати асосида илмий натижаларни амалиётга жорий этиш учун тақдим қилишга ҳақли;
- Иш бажарилган ташкилот илмий натижаларни амалиётга жорий этиш бўйича ишларни ташкиллаштиришда талабгорга ҳар томонлама ёрдам кўрсатиши зарур;
-Барча турдаги ташкилотлар, шу жумладан давлат органлари, хўжалик бошқаруви органлари, корхоналар, муассасалар, жамоат бирлашмалари диссертациянинг илмий натижасини амалиётга жорий этиш объекти бўлиши
мумкин
.
©
Батафсил:
lex.uz/acts/2622958
Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
🔗
🧬
80 yoshli inson hujayralarining molekulyar yoshi 20 yoshdan past holatga qaytarildi
Bonn universiteti va universitet klinikasi olimlari laboratoriyada qizil qon hujayralarining yetilmagan shakllarini nerv hujayralarini hosil qila oladigan o‘zak hujayralarga qayta dasturlashtirdi.
Natijada 80 yoshli donordan olingan hujayralarning yoshini ko‘rsatuvchi molekulyar belgilar 20 yoshdan kichik hujayralarga xos holatga o‘zgardi.
Tadqiqot
Aging Cell
jurnalida chop etildi.
Bu natija inson tanasi 60 yilga yoshartirilganini yoki umr uzaytirilganini anglatmaydi.
Tajriba laboratoriyadagi hujayralarda o‘tkazilgan.
Ushbu usul hujayralarning qarish va yoshargandek holatga qaytish mexanizmlarini, shuningdek, Altsgeymer kabi yoshga bog‘liq kasalliklarni o‘rganishga yordam berishi mumkin.
🔗
Manba: Bonn universiteti
📚
@ILM_NUR_2020
Bill Mascull -- Business Vocabulary in Use.pdf
Agar dunyoning Top-1000 ta ro'yxatiga kiruvchi universitetda PhD dissertatsiyasi yoqlasam, bizda (DSc) ilmiy darajasi deb tan olinadimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-son Farmoniga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning bir pogʻonali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlarning roʻyxati har yili Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta oʻrindan birini egallagan oliy taʼlim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi (ekvivalentligi qayd etiladi).
👉
Batafsil o'qish
👈
♻️
Navigator-1
♻️
Navigator-2
Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020