Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Iman invest

imaninvest
📱 Shaxsiy moliya boshqaruvi uchun yagona ilova 💸 Texnologiya va qadriyatlar uyg‘unligi Investorlar bilan suhbat: @imancommunity_bot Sayt: https://imanum.app Murojaat uchun: +998 78 122 00 30 va @imaninvest_bot Ilova: https://imanum.go.link/2HoV2
Subscribers
1 663
24 hours
45
30 days
299
Post views
958
ER
57,61%
Posts (30d)
9
Characters in post
1 194
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 28, 06:28

Rasmiy munosabat
So‘ngi kunlarda IMAN kompaniyasi atrofida aylanayotgan xabarlarga IMAN kompaniyasining rasmiy munosabati
https://www.imanum.app/rasmiy_bayonot

October 26, 22:42

IMAN kompaniyasi oʻz faoliyatini davom ettiradi. Biz oʻz zimmamizdagi masʼuliyatni toʻliq his qilgan holda, bor bilimimiz, tajribamiz va imkoniyatlarimizni kompaniyamizni yanada ishonchli, shaffof va barqaror tashkilotga aylantirishga safarbar etamiz.
Bizga ishonch bildirgan har bir investorning ishonchi biz uchun katta omonatdir. Bu omonatga munosib boʻlish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishda davom etamiz.
Fursatdan foydalanib, Mahmud Usmon va IFCB jamoasiga yana bir bor samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Ularning kompaniyamiz rivojiga qoʻshgan hissalarini yuksak qadrlaymiz. Biz ulardan rozimiz va ularga nisbatan hech qanday daʼvoimiz yoʻq. Alloh ularning ilmlariga, mehnatlariga va kelgusidagi faoliyatlariga baraka bersin.
Alloh ulardan ham, bizdan ham rozi boʻlsin.
Investorlarimizdan esa vaziyatga xolis baho berishlarini, shoshilinch xulosalar chiqarmasliklarini soʻraymiz.
Barcha muhim yangiliklar, audit natijalari va keyingi qadamlarimiz haqida rasmiy kanallarimiz orqali muntazam maʼlumot berib boramiz.
Bizning maqsadimiz oʻzgarmagan. Niyatimiz ham oʻzgarmagan. Halollik, adolat va shaffoflik yoʻlidagi harakatimiz ham toʻxtamaydi.
Hurmat bilan,
IMAN jamoasi va rahbariyati

October 26, 22:42

Hurmatli investorlar!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Avvalo, IMAN jamoasi nomidan Mahmud Usmon boshchiligidagi IFCB konsalting kompaniyasiga oʻtgan ikki yarim yil davomida biz bilan hamkorlik qilgani, bergan qimmatli maslahatlari va amaliy yordamlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Biz IMAN kompaniyasiga asos solgan ilk kunlarimizdanoq oldimizga aniq bir maqsadni qoʻyganmiz: islom moliyasi tamoyillariga, shariat ahkomlari va talablariga rioya qilgan holda, halol, adolatli va shaffof faoliyat yuritadigan, investorlar ishonchiga munosib kompaniyani barpo etish.
Aynan shu maqsad yoʻlida biz IFCB kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan edik.
Oʻtgan ikki yarim yil davomida Mahmud Usmon va uning jamoasidan koʻplab foydali maslahatlar oldik. Kompaniyamiz faoliyatidagi qator masalalarni birgalikda muhokama qildik, mavjud kamchiliklarni aniqladik va ularning aksariyatini bartaraf etishga erishdik. Bu hamkorlik IMAN faoliyatini shariat talablariga yanada muvofiqlashtirish va shaffofligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Biz bu mehnatlarni qadrlaymiz va ularni hech qachon inkor etmaymiz.
Shu bilan birga, kompaniyamiz faoliyati kengayib, rivojlanib borayotgani sari sharʼiy nazorat tizimini ham yangi bosqichga olib chiqish zaruratini his qildik.
Shu sababli IMAN rahbariyati kompaniyaning kelgusidagi faoliyatini alohida konsalting tashkiloti maslahatlari asosida emas, balki islom moliyasi sohasida tan olingan bir nechta nufuzli ulamolardan iborat mustaqil Sharʼiy kengash nazorati ostida olib borishni maqsadga muvofiq deb topdi.
Biz ishonamizki, bir necha yetuk ulamoning bilim va tajribasiga tayanadigan bunday kengash kompaniyamiz faoliyatining sharʼiy jihatdan yanada puxta, xolis va ishonchli boʻlishini taʼminlaydi.
Aynan shu strategik qarorimiz munosabati bilan IFCB kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini yangi muddatga uzaytirmaslikka qaror qildik.
Bu qaror oʻtgan hamkorligimizga berilgan salbiy baho emas, balki kompaniyamizda sharʼiy boshqaruv va nazorat tizimini yanada takomillashtirish yoʻlidagi navbatdagi qadamdir.
Shu oʻrinda IFCB maslahat kengashi tomonidan eʼlon qilingan bayonotga ham toʻxtalib oʻtmoqchimiz.
Biz ushbu bayonotda koʻtarilgan masalalarga jiddiy va masʼuliyat bilan qaraymiz. Bildirilgan har bir eʼtiroz va tavsiyani xolis oʻrganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni toʻliq bartaraf etishni oʻz burchimiz deb bilamiz.
Shu maqsadda Shayx Muhammad Taqiy Usmoniyning oʻgʻillari Muftiy Hasan Usmoniyga tegishli Usmani’s auditorlik kompaniyasi bilan mustaqil sharʼiy audit oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdik va ayni paytda audit jarayoni boshlangan.
Audit natijalari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, ularni investorlarimizga ochiq eʼlon qilamiz.
Shuningdek, yangi mustaqil Sharʼiy kengashni shakllantirish ishlarini boshladik. Uning tarkibi haqida yaqin kunlarda alohida maʼlumot beramiz.
Yangi kengash oʻz faoliyatini boshlaguniga qadar yangi mahsulotlarni ishga tushirish hamda mavjud mahsulotlarga oʻzgartirishlar kiritish vaqtincha toʻxtatildi. Keyingi bunday qarorlar Sharʼiy kengash maʼqullaganidan soʻng qabul qilinadi.
Hurmatli investorlar!
Biz IMAN kompaniyasini faqatgina tijoriy maqsadlar uchun tashkil etmaganmiz. Bizning eng katta niyatimiz — jamiyatimizda islom moliyasi tamoyillariga asoslangan, halollik, adolat va oʻzaro ishonch ustuvor boʻlgan moliyaviy tizimni rivojlantirishga oʻz hissamizni qoʻshishdir.
Biz hech qachon oʻzimizni xatolardan xoli deb hisoblamaganmiz va hisoblamaymiz ham.
Oʻtgan davr mobaynida aniqlangan koʻplab kamchiliklar bartaraf etildi. Hali yechimini kutayotgan masalalar ham borligini inkor etmaymiz.
Biz uchun eng muhimi — kamchiliklarni yashirish emas, ularni tan olish, toʻgʻrilash va takrorlanmasligi uchun zarur choralarni koʻrishdir.
Shuning uchun ham barcha aniqlangan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilmaguncha, kompaniyamiz faoliyati shariat talablariga yanada toʻliq muvofiqlashtirilmaguncha, bu yoʻldagi saʼy-harakatlarimizni toʻxtatmaymiz.

October 26, 04:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

IMAN Holding rahbariyatining murojaati
IFCB kompaniyasi asoschisi Mahmud Usmon tomonidan bildirilgan da’volar yuzasidan pozitsiyamiz va kompaniyada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar haqida.
Bilamizki, bu kunlar ko’pchiligimiz uchun oson emas. Sizdan sabr qilishingizni, vahimaga berilmasligingizni va qarorlaringizni mish-mishlarga emas, tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslanib qabul qilishingizni so’raymiz.
Har bir bosqich haqida rasmiy kanallarimiz orqali xabar berib boramiz.
Savollaringiz bo’lsa, rasmiy kanallarimiz orqali bog’lanishingiz yoki ofisimizga tashrif buyurishingiz mumkin.
+998 78 122 00 30
@imaninvest_bot
Ilovadagi chat bo‘limi

October 26, 04:38

Assalomu alaykum, hurmatli investorlar!
IFCB maslahat kengashining bayonotidan xabardormiz va unda ko’tarilgan masalalarga jiddiy qaraymiz.
Bu xabar ko’pchiligingizda savol va xavotir uyg‘otishini tushunamiz va sizni noaniqlikda qoldirmaslik uchun qanday qadamlar qo‘yilayotgani haqida aytib o‘tmoqchimiz.
Biz uchun eng muhimi — bizga investorlar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash. Shu sababli videomurojaatda bildirilgan har bir fikrni xolis baholash uchun Shayx Muhammad Taqiy Usmoniyning o‘g‘illari Muftiy Hasan Usmoniyga tegishli Usmani’s auditorlik kompaniyasi bilan mustaqil shar’iy auditini o’tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdik, hozirda audit ishlari boshlandi.
Audit natijalarini, qanday bo’lishidan qat’i nazar, ochiq e’lon qilamiz.
Undan tashqari bir nechta tan olingan olimlardan iborat yangi ichki Islom moliyasi kengashini shakllantirish ustida ish boshladik: nazoratni bitta maslahatchi emas, olimlar jamoasi amalga oshirishi qarorlarning muvozanatli va ishonchli bo’lishini ta’minlashiga ishonamiz.
Kengash tarkibini tez orada alohida e’lon qilamiz.
Yangi kengash ish boshlaguniga qadar yangi mahsulotlarni ishga tushirish va mavjud mahsulotlarga o’zgartirishlar kiritish to’xtatildi.
Har bir keyingi qadamni faqat yangi kengash ma’qullaganidan keyin qo’yamiz.
IFCB jamoasiga hurmat bilan qaraymiz va ochiq muloqotga tayyormiz.
Har bir bosqich haqida sizni rasmiy kanallarimiz orqali xabardor qilib boramiz. Vaziyatga oydinlik kiritilguniga qadar shoshilinch qarorlar qilmaslikka chaqiramiz.
Qo‘shimcha savollarga mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limidan javob olishingiz mumkin.
Hurmat bilan, IMAN jamoasi

October 11, 21:11
Media unavailable
4
Show in Telegram

IMAN rivojida sizning fikringiz muhim
IMAN Community’da ilovani takomillashtirish bo‘yicha g‘oya va takliflaringizni bildiring, boshqa foydalanuvchilar bilan fikr almashing va takliflarning amalga oshirilish jarayonini
«Yo‘l xaritasi»
orqali kuzatib boring
Community’ga qo‘shiling va IMANUM rivojida ishtirok eting
🔗
Community’ga o‘tish uchun shu yerni bosing
——
Ваше мнение важно для развития IMAN
В IMAN Community вы можете предлагать идеи по улучшению приложения, обсуждать предложения других пользователей и отслеживать ход их реализации в разделе
«Дорожная карта»
Присоединяйтесь к Community и участвуйте в развитии IMANUM
🔗
Чтобы перейти в Community, нажмите здесь

October 05, 15:22
Media unavailable
2
Show in Telegram

🧐
IMAN jamoasiga xush kelibsiz, Thomas Funnell!
Qariyb 20 yillik xalqaro tajribaga ega Thomas Funnell IMAN’da Chief Wealth Officer & Head of Private Banking sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Uning asosiy vazifasi — Private Banking yo‘nalishini rivojlantirish, mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash va xizmat ko‘rsatish tajribasini xalqaro standartlar asosida yangi bosqichga olib chiqish.
Thomas, IMAN jamoasida yangi bosqichingiz muborak bo‘lsin. Birgalikda yangi marralar sari!
——
🧐
Добро пожаловать в команду IMAN, Thomas Funnell!
Обладая почти 20-летним международным опытом,
Thomas Funnell
продолжит свой путь в IMAN в роли Chief Wealth Officer & Head of Private Banking.
В центре его работы — развитие Private Banking, укрепление долгосрочных отношений с клиентами и повышение стандартов клиентского сервиса на основе международной практики
Тhomas, рады приветствовать вас в новой роли. Впереди — новый этап и большие цели!

October 02, 08:48
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

📚
Eng qadrli sarmoya — bu insonga berilgan bilim
Har bir katta natija ortida bir vaqtlar yo‘l ko‘rsatgan, bilim bergan va o‘ziga ishonishga undagan ustoz turadi.
Ustozlar bizga nafaqat bilim beradi. Ular fikrlashni, tanlov qilishni, mas’uliyatni his etishni va kelajakni qurishni o‘rgatadi.
Bugun ana shu bebaho mehnat egalariga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz.
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
😎
Hurmat bilan,
IMAN
——
📚
Самая ценная инвестиция — знания, переданные человеку
За каждым большим результатом стоит тот, кто когда-то показал путь, поделился знаниями и помог поверить в собственные силы.
Учителя и наставники дают нам гораздо больше, чем знания. Они учат мыслить, делать выбор, брать ответственность и строить своё будущее.
Сегодня мы выражаем глубокую благодарность всем, кто посвятил себя этому важному труду.
С Днём учителей и наставников!
😎
С уважением,
IMAN

September 30, 09:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
12 oylik investitsiyalar: natijalar raqamlarda
Bugun IMAN investorlarining avgust oyidagi natijalari bilan bo'lishdik. Oylik yakunlar bilan birga, investitsiyalarning uzoqroq davrdagi dinamikasiga —
so'nggi 12 oylik natijalarga
ham nazar tashlaymiz
2025-yil sentabrdan 2026-yil avgustgacha investorlarning qayta investitsiyani hisobga olgan holdagi daromadliligi:
99/01 — 21,4%
90/10 — 19,3%
80/20 — 17,0%
Ushbu ko'rsatkichlar investitsiya natijalarini alohida bir oy kesimida emas, balki uzoqroq davr doirasida baholash imkonini beradi
Natijalar va ko'rsatkichlar haqida batafsil —
havolada
—
📣
12 месяцев инвестиций: результат в цифрах
Сегодня мы поделились результатами инвесторов IMAN за
август.
Вместе с итогами месяца предлагаем посмотреть на более широкую динамику —
результаты за последние 12 месяцев
С сентября 2025 по август 2026 года доходность инвесторов с учётом реинвестирования составила:
99/01 — 21,4%
90/10 — 19,3%
80/20 — 17,0%
Эти показатели позволяют оценить результат не отдельного месяца, а инвестиций на более длительном горизонте
Подробнее о результатах и показателях —
по ссылке

September 24, 03:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

🧸
Farzand kelajagi bugungi qarorlardan boshlanadi
IMANUM’da farzandingizning ta’limi va katta maqsadlari uchun investitsiya qilib, kerakli kapitalni bosqichma-bosqich shakllantirishingiz mumkin.
Shunda muhim vaqt kelganda, butun mablag‘ni birdan izlashga to‘g‘ri kelmaydi.
📱
IMANUM’ni
yuklab oling va farzandingiz kelajagi uchun bugundan investitsiya qilishni boshlang
—
🧸
Будущее ребёнка начинается с решений, принятых сегодня
В IMANUM вы можете инвестировать в образование и большие цели ребёнка, постепенно формируя необходимый капитал.
Чтобы, когда наступит важный момент, не пришлось искать всю сумму сразу.
📱
Скачайте
IMANUM
и начните инвестировать в будущее вашего ребёнка уже сегодня