
Intellektual yoshlar | Ibroximjon Maxmudjonov
🫡
Bugun Içki işlar vazirligi taşkil etilganiga 35 yil töldi
Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev soha vakillariga tabrik yölladi.
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari! Qadrli general va ofitserlar, serjant va safdorlar! Muhtaram faxriylar!
Sizlarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi bilan çin qalbimdan tabriklayman.
Uşbu qutluğ kunda xalqimiz osoyiştaligini ta’minlaş, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yölidagi sadoqatli xizmatingiz uçun barçangizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Albatta, yurtimizda öz farzandini maktabga kuzatayotgan ota-onaning xotirjamligi, mahallalarimizdagi osoyişta hayotni mustahkamlaşda sizlarning kundalik fidokorona mehnatingiz va hissangiz borligini barçamiz yaxşi bilamiz.
Oddiy insonlarning sizga işonç bilan murojaat qilişi va bundan köngli taskin topişi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir.
Sizlardan jinoyatlarning oldini olişda taşabbuskorlik, xizmatda qat’iy intizom va halollik kutib qolaman.
Har bir xonadonning osoyiştaligini öz oilangiz tinçligidek asraş – “Özimning Özbekistonim” degan iftixor hissining amaliy ifodasiga aylanişi lozim.
Xizmatning taşviş va mas’uliyatini sizlar bilan birga baham körayotgan ota-onalaringiz, turmuş örtoqlaringiz va farzandlaringizga ham çin dildan rahmat aytaman. Ularning mehri, sabru qanoati va qöllab-quvvatlaşi sizlarga albatta kuç-ğayrat bağişlaydi.
El-yurt osoyiştaligi yölidagi xizmatingizning qadri doimo baland bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
👉
@xushnudbek
👈
PhD dissertatsiyasini himoya qiliş uçun neçta ilmiy iş talab etiladi?
Köpçilik izlanuvçilar PhD himoyasi uçun 3 ta maqola va 2 ta tezis yetarli deb öylaydi. Aslida esa talab başgaça.
PhD dissertatsiyasi böyiça jami kamida 7 ta ilmiy iş e’lon qilingan bölişi kerak.
Şundan:
✅
Kamida 3 ta ilmiy maqola
— ilmiy naşrlarda çop etilgan bölişi, jumladan, 1 tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnalda e’lon qilinişi lozim.
✅
Kamida 2 ta ilmiy material
— xalqaro konferensiya materiallari töplamida e’lon qilingan bölişi şart. Bular maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi bölişi mumkin.
3 ta maqola va 2 ta konferensiya materiali jami 5 tani taşkil etadi. Talab esa kamida 7 ta ilmiy iş. Demak, yana kamida 2 ta ilmiy iş ham e’lon qilingan bölişi kerak.
Şuningdek, dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika ilmiy hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda keng muhokama qilingan bölişi lozim.
PhD himoyasiga tayyorlanayotganda faqat maqolalar sonini emas, ilmiy işlarning umumiy soni, naşr turi va xalqaro konferensiya talablarini ham tekşiring.
🥇
Yana 4 ta oltin: Özbekistonning oltinlari 37 taga yetdi
Erkaklar örtasidagi S13 klassining 50 metrga erkin usulda suziş bahsida
Yegor Bolotov
24,39 soniya natija bilan marraga birinçi bölib yetib keldi va oltin medalga sazovor böldi. Bu uning mazkur turnirdagi 3-oltin medali böldi.
***
Mubinabonu Xalilova
S13 klassining 50 metrga erkin usulda suziş bahslarida 28.01 natija bilan ğolib bölib, oltin medalni qölga kiritdi. Bu uning uçun uşbu turnirdagi 2-oltin medal böldi.
***
Navröza Axmatova
F41 toifasining disk uloqtiriş bahslarida oltin medalni qölga kiritdi va 30,11 metr natija bilan Osiyo rekordini örnatdi. Bu u uçun uşbu turnirdagi 2-oltin medal böldi.
***
Madina Muxtorova
F40 toifasining disk uloqtiriş bahslarida 25,59 metr natija bilan oltin medalni qölga kiritdi va Para Osiyo öyinlari rekordini örnatdi. Bu u uçun uşbu turnirdagi 2-oltin medal böldi.
📊
Medallar reytingi: ayni paytda hisobimizda
🥇
37
ta oltin,
🥈
39
ta kumuş va
🥉
40
ta bronza — jami
116
ta medal bor. Umumjamoa hisobida
3-
örindamiz.
👉
@xushnudbek
👈
Tezis yozish bo‘yicha - tezis
Ilmiy tezis yozish qoidalari haqida qisqacha
✅
Ilmiy tezis yozish – bu aniq va qat'iy qoidalarga asoslanadigan murakkab jarayon. Ilmiy tezisning asosiy maqsadi ilmiy jamoatchilikka yangi bilim yoki g'oyani taqdim etishdir. Quyidagi qoidalar va tuzilishlar ilmiy tezis yozishda yordam berishi mumkin:
1. Tanlangan mavzu va maqsad
Mavzu tanlash: Mavzu ilmiy ahamiyatga ega bo'lishi va tadqiqotchining qiziqish doirasiga tushishi kerak.
Maqsad va vazifalar: Mavzuni aniq belgilab, tadqiqotning asosiy maqsadi va uni amalga oshirish uchun qo'yilgan vazifalarni yoritish lozim.
2. Kirish qismi
Mavzuning dolzarbligi: Mavzu nega muhimligini va uning ilmiy yoki amaliy ahamiyatini bayon qilish.
Adabiyotlar tahlili: Mavzu bo'yicha avvalgi tadqiqotlar va adabiyotlarni tahlil qilish, shuningdek mavzuning o'rganilishi bo'yicha bo'shliqlarni ko'rsatish. Kanalimiz
:
@intellektualyoshlar
#orcid
🌎
ORCID nima?
🌎
↗️
ORCID
- tadqiqotchilarning ochiq ID si bo'lib, har bir tadqiqotchi va olimga bepul taqdim etiladi?
📊
Afzalliklari:
📈
Tadqiqotchi yoki olimning yagona shaxsiy ID raqami hisoblanadi.
📊
Tadqiqot ishlariga xususan maqolalarga muallif ism-sharifi yoniga ORCID ni ham ko'rsatish orqali ularni bir joyga jamlash va internet bazalarida tez topish imkoniga ega bo'lasiz.
📚
Qanday ega bo'lish mumkin?
📝
orcid.org
saytiga kiring va menyudan get membership bo'limini tanlang
📚
O'z ma'lumotlaringizni kiriting va ORCID ga ega bo'ling!
✅
Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying.
📞
@intellektualyoshlar
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni
imzoladi
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:
🔵
O‘ o‘ → Ö ö
🔵
G‘ g‘ → Ğ ğ
🔵
Sh sh → Ş ş
🔵
Ch ch → Ç ç
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.
“Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi”, — dedi u.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
KITOBXON.xlsx
21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami muborak boʻlsin!
Qadrli yurtdoshlar, aziz ustozlar va yoshlar!
Ona tilimiz — oʻzligimizni anglatadigan, avlodlarni bir-biriga bogʻlaydigan bebaho meros. Uning har bir soʻzida xalqimizning tarixi, tafakkuri va orzu-intilishlari mujassam.
Tilimizga ehtirom uni kundalik hayotda, taʼlim va ilm-fanda ravon, savodxonlik va faxr bilan qoʻllashdan boshlanadi. Bu yoʻlda ustozlarimizning fidoyiligi, yoshlarimizning izlanishlari alohida ahamiyatga ega.
Barchangizni ushbu qutlugʻ sana bilan samimiy tabriklayman. Oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini kashf etish va kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlidagi ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman!
Xalqimizning gʻurur va iftixor kuni muborak boʻlsin!
Erkinjon Turdimov,
taʼlim va ilm-fan vaziri
Muammoni anglash va yechishning oson usullaridan biri!
Ikkilamchi manfaatni aniqlash.
Deylik sizni biron muammo qiynayapti hozirda hayotingizdagi qaysidir vaziyatdan norozisiz,ammo bu vaziyat qayta qayta davom etmoqda.
Siz daftar ruchka olingda yozing bu men hohlamayotgan lekin roʻy berayotgan vaziyatdan menga qanday naf bor?
Yoki aksincha istayotgan narsagiz boʻlmayapti, siz qattiq hohlayapsiz lekin u boʻlmayapti.
Agar shu men istayotgan narsa amalga oshsa menga nima zarari bor (nima salbiy narsa amalga oshadi)?
Bu terapiya orqali siz ruhiyatinggizdagi ambivalent yani ichki ziddiyatni anglab olasiz.
Intellektual yoshlardan yangilik, ilmiy salohiyatingizni biz bilan rivojlantiring.
👇
👇
👇
@OAK_SCOPUS_WEBOFSCIENCE