
Xalqaro press klub
💉
Bolangizni emlashdan oldin buni albatta ko'ring!
💉
Vaksina bolaning immunitetini ko'taradimi yoki aksincha?
💉
Emlash ketma-ketligi qanday va qaysi kasalliklar uchun qilinadi?
💉
Uning tarkibida simob va boshqa zaharli moddalar borligi rostmi?
Batafsil tomosha qiling!
⛔️
YouTube
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
⚡️
Diqqat e’lon!
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish, aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, internet firibgarligining oldini olish, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida jamoatchilik nazorati, tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish ayniqsa bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, hududlarda ekologik muammolarni hal etish, yashil iqtisodiyot tamoyillarini ommalashtirish, “Mening Konstitutsiyam — mening huquqim” aholining konstitutsiyaviy savodxonligini oshirish, gender stereotiplari va jins bo‘yicha kamsitishning oldini olish kabi yo‘nalishlarda davlat granti tanlovini e’lon qiladi.
👉
Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlari:
Respublikа
👉
Jamoat fondining hududiy bo‘linmalari tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlari:
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Andijon viloyati
Jizzax viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
🗓
Ariza topshirish muddati 2026-yil 22-noyabr soat 23:59 gacha
❗️
Eslatma, tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishi mumkin!
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
🇸🇪
Shvetsiyaliklar nima sababdan O'zbekistonga qiziqmoqda?
Stokgolm shahrida yosh jihatidan katta va faol sayyohlarga moʻljallangan Shvetsiyaning eng yirik xalqaro tadbirlaridan biri — "Senior Travel Show" koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston oʻz milliy stendi bilan munosib qatnashib, mamlakatimizning boy turizm salohiyati va madaniyatini navbatdagi bor namoyish etdi.
⚡️
Batafsil lavhamizda!
🎬
YouTube
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
#SuvKodeksi
🌊
SUV KODEKSIGA SHARH
|
QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN FOYDALANISH QANDAY REJALASHTIRILADI?
📖
Suv kodeksining
31-moddasiga
ko‘ra, dehqonchilik va agrar sohada suv ishlatish o‘zboshimchalik bilan emas, balki aniq tartib asosida amalga oshiriladi.
🔹
Suv limiti doirasida:
Suv olish kvotasi va kutilayotgan suv prognoziga qarab ajratilgan limitdan ortiq suv ishlatish mumkin emas.
🔹
Kollektor-drenaj suvlari:
Bu suvlardan foydalanishda yerlarning holati va suvning sifati albatta hisobga olinadi.
🔹
Maxsus jadval asosida:
Har bir suv iste’molchisi o‘z limiti doirasida suvdan foydalanish jadvalini tuzadi va uni suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan kelishib oladi.
▶️
Batafsil – videoda.
🔔
(Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi va Xalqaro press klub hamkorligida)
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
#SuvKodeksi
🌊
SUV KODEKSIGA SHARH
|
SUV SOHASIDA VAZIRLAR MAHKAMASINING VAKOLATLARI
📖
Suv kodeksining
19-moddasiga
ko'ra, Vazirlar Mahkamasi suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish bo‘yicha muhim vakolatlarga ega.
Jumladan, u:
- suv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
- suvdan foydalanish normalari, suv olish kvotalari va limitlarini tasdiqlash tartibini belgilaydi;
- suv resurslarining davlat hisobi va monitoringini ta’minlaydi;
- suvlarning zararli ta’sirining oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish choralarini belgilaydi.
▶️
Batafsil – videoda.
🔔
(Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi va Xalqaro press klub hamkorligida)
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
Prezidentimiz Abdulla Oripovning ona tilimiz rivojiga qoʻshgan hissasini alohida eʼtirof etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
– Soʻzimning boshida Oʻzbek tili bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklab, Qashqadaryo farzandi, Oʻzbekiston Qahramoni, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning ona tilimiz rivojiga qoʻshgan hissasini alohida eʼtirof etishni joiz deb bilaman, – dedi davlatimiz rahbari.
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan
Alisher Ismatovich Kuchiyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—
Распоряжением Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан
Кучиев Алишер Исматович
назначен на должность заместителя советника Президента Республики Узбекистан по экономической политике.
📱
Kanalga ulaniş:
https://t.me/IPCUzbekistan
#SuvKodeksi
🌊
SUV KODEKSIGA SHARH
|
SUV XAVFSIZLIGI
📖
Suv kodeksining 28-moddasiga ko'ra, O‘zbekistonda suv resurslarini samarali boshqarish va iqlim o‘zgarishi sharoitida suv xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqiladi.
Bu dasturlar 10-yilgacha bo‘lgan o‘rta va 50-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli maqsadlarni qamrab oladi.
▶️
Batafsil – videoda.
🔔
(Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi va Xalqaro press klub hamkorligida)
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi
Alifbodagi 4 ta harfning yozilishi takomillashtirildi:
O‘ → Ö
G‘ → Ğ
Sh → Ş
Ch → Ç
Qayd etilishicha, amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi. Ular yaroqlilik muddati tugagach, o‘z kuchini yo‘qotgach yoki navbatdagi yangilanish jarayonida yangi alifboga moslashtirib boriladi.
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohalarida hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.
Shuningdek, loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlash tadbirida ishtirok etish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Кашкадарьинскую область. Глава нашего государства ознакомится с работой, проводимой в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования и махаллях.
В программе поездки также участие в церемонии запуска проектов и начала строительства новых объектов, а также совещание по вопросам комплексного развития области.
📱
Kanalga ulanish:
https://t.me/IPCUzbekistan