Ish Kadr | Hazorasp ish eʼlonlari | Хазорасп иш элонлари
🎓
#VAKANSIYA
:
UY REPETITORI (GOVERNESS) KERAK!
4–6 yoshdagi bolajonlarning ta’lim-tarbiyasi bilan individual shug‘ullanish uchun bilimli, quvnoq va mas’uliyatli ayol-qizlarni ishga taklif qilamiz.
📋
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Til bilimi: Darslarni va muloqotni mukammal Rus tilida olib borish;
• Bilim darajasi: Matematika va Ingliz tili asoslarini o‘rgata olish;
• Tarbiyaviy yondashuv: Odobnoma va ijtimoiy madaniyat qoidalaridan saboq berish;
• Xarakter: Bolajonlarni yaxshi ko‘radigan, quvnoq va mahoratli pedagog.
💰
Sharoitlar va maosh:
• Ish haqi: 2 000 000 so‘m;
• Ish vaqti: 09:00 dan 14:00 gacha (kuniga 4 soat);
• Ish grafigi: Haftada 5 kun;
Manzil
: Hazorasp tumani, Vokzal atrofi;
Uyda ishlash uchun barcha qulay sharoitlar yaratib beriladi.
⚠️
Eslatma
: Nomzodning insoniy fazilatlari va bilimi atroflicha o‘rganilgan holda ishga qabul qilinadi.
🌐
@ceo_itcompany
✅
@Ish_Kadr
| Biz bilan ish va kadr topish oson!
🎓
#VAKANSIYA
:
BRITANICA LEARNING CENTER ISHGA TAKLIF QILADI!
Hazorasp tumanidagi "
Britanica
" o'quv markazi o'z jamoasini kengaytirmoqda va quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kuchli mutaxassislarni izlamoqda:
1️⃣
Ingliz tili ustozi
• Talablar: IELTS 7.0+ yoki CEFR C1 darajasi;
• Tajriba: Kamida 1 yillik ish tajribasi;
• Yoshi: 22 yoshdan yuqori;
• Rus tilini bilish qo'shimcha ustunlik beradi.
2️⃣
Support Teacher (Yordamchi ustoz)
• Talablar: IELTS 6.0+ darajasi;
• Yoshi: 19 yoshdan yuqori;
• Tajriba va rus tili bilimi ustunlik beradi.
3️⃣
Sotuv menejeri
• Talablar: Sotuv bo'limi yoki Call-markazda tajriba;
• Til bilimi: Ingliz tilini bilishi shart;
• Status: Talaba bo'lmagan nomzodlar uchun.
4️⃣
Administrator
• Talablar: Ish tajribasiga ega bo'lishi;
• Til bilimi: Ingliz tilini bilishi lozim.
🎁
Biz nimalarni taklif qilamiz?
+ Qulay va zamonaviy ofis sharoiti;
+ Ahil va motivatsiyaga boy jamoa;
+ Bepul tushlik;
+ Sohada doimiy rivojlanish va tajriba orttirish imkoniyati.
💰
Maosh va ish vaqti: Suhbat asosida kelishiladi.
📍
Manzil: Hazorasp tumani.
📞
Murojaat uchun:
+998-91-988-10-15 |
@mrshikhnazar
✅
@Ish_Kadr
| Biz bilan ish va kadr topish oson!
🚀
"Benra" Supermarketi: Sizni Muvaffaqiyatli Jamoamizga Taklif Etamiz!
Siz shunchaki ish emas, balki qadrlanadigan va rivojlanadigan joy qidiryapsizmi? "Benra" — bu nafaqat do'kon, balki katta imkoniyatlar maydoni!
🌟
✅
Bizda nimalar kutmoqda?
*
💰
Daromad: O'rtacha 2 000 000 so'm (va bu hali hammasi emas!).
*
📈
O'sish: Harakat qilgan xodimning oyligi muntazam oshib boradi.
*
🎓
Karyera: Oddiy kassirdan administratorgacha ko'tarilish imkoniyati.
*
🍱
Mazali ovqat: Kunlik issiq ovqat kompaniya hisobidan — siz qorin g'amini qilmaysiz!
* Rasmiy ish joyiga ega bo'lish imkoniyati
Kunduzgi smena (08:00 – 16:00)
- Faqat ayol-qizlar uchun.
- Oilasiga va uy ishlariga ham vaqt ajratishni xohlovchilar uchun ideal tanlov!
📋
Nomzodga talablar:
-
18 - 28 yosh oralig'ida
- Xushmuomalalik va mijozlarga tabassum bilan xizmat ko'rsatish.
- Mas'uliyat va halollik (Biz jamoamizga ishonishni xohlaymiz).
- Yangi narsalarni tez o'rganishga ishtiyoq.
- Hisob - kitobda puxta bo'lishlik
- Pul shattillatib sanab tashlashlik
😅
-
Oilaviy va shaxsiy hayotingiz ishga ta'sir qilmasligi kerak, agar ta'sir qilish ehtimoli bo'lsa murojaat qilmang!
Murojaat uchun:
👉
@ceo_itcompany
📍
Manzil:
Hazorasp tumani, "Benra" supermarketi. oldingi Ped kollej yonida
"Benra" — sifat va tartib tarafdorlari uchun!
🔥
#VAKANSIYA
: MALAKALI SHASHLIKCHI KERAK!
Shashlik tayyorlash sirlarini mukammal biladigan, o'z ishining ustasi bo'lgan yigitlarni jamoamizga taklif qilamiz!
💰
Maosh
: 4 500 000 dan 6 000 000 so‘mgacha.
📍
Manzil
: Muxomon tazori.
📋
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Yoshi 18 dan yuqori bo‘lishi;
• Professional tajriba: Avval shashlik sohasida ishlagan va malakaga ega bo‘lishi shart;
• Ishga mas’uliyatli va chaqqon yondashish.
Vazifasi:
Go‘shtni sifatli tayyorlash (zagatovka) va mahorat bilan pishirish;
📞
Murojaat uchun:
+998-93-226-05-71
(Iltimos, bekorga bezovta qilmang, faqat tajribali mutaxassislar aloqaga chiqsin!)
✅
@Ish_kadr
| Biz bilan ish va kadr topish oson!
Assalomu alaykum ʼʼIsKadrʼʼ kanalini hurmatli kuzatuvchilari.
ʼʼ Benra ʼʼ supermarketi jamoasiga qoʻshilish uchun eʼlon berilganida juda koʻplab nomzodlar murojaat qilmoqda.
Har bir murojaatdan biz juda hursandmiz. Lekin, afsuski hozirda rahbarlarimiz shaxsan oʻzi har bir nomzod bilan gaplashayotgani uchun juda koʻp vaqt ketib qolyapti.
Juda koʻpchilik nomzodlar kutib qolmoqda. Buning uchun ʼʼ Benra ʼʼ jamoasi chin dildan afsusda ekanligini bildiradi.
ʼʼ Benra ʼʼ jamoasi oʻz jamoasini bir oiladek boʻlishini juda xohlaydi, shuning uchun ham uzoq vaqt sarflab jamoa yigʻmoqdamiz.
Albatta, sizni ham habaringizga javob beramiz.
Hurmat bilan " Benra " jamoasi
😀
🍔
#VAKANSIYA
:
FAST-FOOD KAFESIGA OSHPAZ KERAK!
Kafemizga chaqqon va mas'uliyatli xodimlarni oshpazlik yo'nalishi bo'yicha ishga taklif qilamiz!
💰
Maosh va bonuslar:
Oylik: 4 000 000 dan 8 000 000 so‘mgacha;
Qo‘shimcha bonuslar mavjud.
⏰
Ish sharoitlari:
Ish grafigi: 6/1;
Ish vaqti: 10:00 dan 23:00 gacha;
Tajribasi bo‘lmaganlarga ish o‘rgatiladi;
Sinov muddati asosida ishga qabul qilinadi va staj yuritiladi.
✅
Talablar
:
Ishga mas’uliyat bilan yondashish;
Chaqqonlik va tartiblilik.
📞
Bog‘lanish uchun: +998-93-160-96-27
✅
@Ish_Kadr
| Biz bilan ish va kadr topish oson!
Xazorasp tumanida Lion Caffe
Chaqqon afisant ayol qizlarni ishga taklif qiladi
-Ish vaqti: 10:00 dan 23:00 gacha
-Yoshi: 20-25 yoshgacha
-Maosh: kelishilinadi
🤝
✅
Talablar
:
Ishga mas'uliyat bilan yondashish;
Chaqqonlik va xushmuomalalik
Bog'lanish uchun:
+998-88-469-59-09
✅
@Ish_Kadr
| Biz bilan ish va kadr topish oson
Siz o'zingizning rahbarligingiz ostida ishlagan bo'larmidingiz?
Kecha bir tadbirkor yozdi:
"Loyihani boshlashga tayyorman. Faqat ishonchli jamoa yo'q."
Unga bitta savol berdim:
"Ishonchli jamoa deganda nimani tasvirlaysiz?"
Jimlik.
So'ng:
"Bilmayapman... shunchaki hamma narsaga o'zim qarashga majbur bo'lib qolayapman."
Tanish his, to'g'rimi?
Biz ko'pincha muammoni tashqaridan qidiramiz — "Yaxshi odam yo'q, topib bo'lmaydi" deymiz. Aslida esa savol boshqa joyda turibdi:
"Men o'zim ishonchli rahbarmanmi?"
Bu savolga halol javob berish qiyin. Chunki javob ko'pincha qulay emas.
Lekin aynan shu noqulaylik — o'sishning boshlanishi.
O'zingizni o'z rahbarligingiz ostida ko'ring. Ishlagan bo'larmidingiz? Ergashgan bo'larmidingiz?
Agar javob "ha" bo'lsa — odamlar o'zlari keladi.
Agar javob "bilmadim" bo'lsa — mana shu yerdan boshlang.
Ishonchli jamoa topilmaydi. U quriladi. Va qurilish o'zingizdan boshlanadi.
✅
Javlonbek - IshKadr asoschisi
😀
BENRA supermarketiga
do'kon javonlari va mahsulotlari bilan ishlaydigan hodim kerak:
🔊
Nimalar taklif qilamiz:
- Kasbiy oʻsish imkoniyati
- Kasbiy va shaxsiy oʻsish boʻyicha bepul treninglar
- Oʻrtacha oylik 3 000 000 soʻm
- Tushlik BENRA supermarketi hisobida
📝
Vazifalari:
- Mahsulotlar buyurtma berish
- Mahsulotlarni qabul qilib olish
- Mahsulotlarni polkalarga toza va chiroyli qilib joylash
- Mahsulotlarni sifati va yaroqlilik muddatini nazorat qilib borish
- Mijozlarga xushmuomila boʻlishi
- Mijozlarga oʻlchanadigan mahsulotlarimizni oʻlchab berish
- Mijozlar soʻragan mahsulotlarini tez topib berib tanishtirib borish
- Doʻkon polkalaridagi muddati oʻtgan mahsulotlarni tezda olib tashlash
🧠
Talablar:
- 18 - 28 yosh atrofida
- Imkon qadar oldin ishlab koʻrgan boʻlishi
- Oʻzida pokizalikka, tartib intizomga eʼtiborli
- Xushmuomalalik va chiroyli muloqat
- Imkon qadar BENRA supermarketiga yaqin yashasa yanada yaxshi
- Yaxshi tashqi koʻrinish
- Chaqqon shijoatli, tashabbuskor
- Oʻz ustida ishlashi, va bilim oʻrganishga tayyorligi
🕔
Diqqat yozganlaringizga 72 soatda javob beramiz!
✉️
Murojaat uchun:
@ceo_itcompany
☺️
@Ish_Kadr
| Biz bilan ish va kadr topish oson
👩🍳
#VAKANSIYA
:
OSHPAZ AYOL KERAK! (ZUDLIK BILAN)
Hazorasp tumanidagi "Bolnitsa" yaqinida joylashgan oshxonamizga tajribali va o‘z ishining ustasi bo‘lgan oshpaz ayol kishini ishga taklif qilamiz.
📍
Manzil
: Hazorasp tumani, "Bonisa" yonidagi oshxona.
⏰
Ish vaqti
: Kelishilgan holda (suhbat davomida aniqlashtiriladi).
📋
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
+ Malakali oshpaz (faqat ayol kishi);
+ Taom tayyorlash va oshxona tozaligi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
+ Ishiga mas’uliyatli, chaqqon va tartibli bo‘lish.
🚀
Ish holati: Aktiv (bo‘sh ish o‘rni mavjud).
📞
Bog‘lanish uchun:
+998938164800
(Iltimos, bexuda bezovta qilmang!)
✅
@Ish_Kadr
| Biz bilan ish va kadr topish oson!