
JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI
🟦
🟦
🟦
Prezident qaroriga köra, mobil malaka oşiriş kurslari taşkil etildi
⚡️
➡️
🔘
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅
Telegram
I
📹
Youtube
I
✅
Facebook
I
🌐
Instagram
I
🌐
Web-site
Мобил курслар жамоат хавфсизлигини таъминлашга хизмат қилади (+видео)
Ички ишлар органлари ва Миллий гвардия ходимларининг касбий маҳоратини ошириш, уларнинг замонавий таҳдид ва хавф-хатарларга қарши самарали фаолият юритиш кўникмаларини ривожлантиришга қаратилган мобил касбий малака ошириш курси Андижон вилоятида ўз ишини бошлади.
Батафсил:
https://uza.uz/uz/posts/927468
➡️
🔘
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅
Telegram
I
📹
Youtube
I
✅
Facebook
I
🌐
Instagram
I
🌐
Web-site
Mahorat darslari tashkil etildi (+video)
Paritet prinsipi asosida mahorat darslarini o‘tkazishning namunaviy reja-jadvaliga muvofiq, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari uchun amaliy ahamiyatga ega mahorat darslari tashkil etildi.
🎥
https://youtu.be/Eid6WGVs6kE
➡️
🔘
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅
Telegram
I
📹
Youtube
I
✅
Facebook
I
🌐
Instagram
I
🌐
Web-site
🇺🇿
35 YILLIK SHARAFLI XIZMAT MUBORAK BO‘LSIN!
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati va shaxsiy tarkibi ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini kasb bayrami hamda tizim tashkil etilganining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida olib borayotgan sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz yuksak ehtiromga loyiq.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayzu baraka, sharafli xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz.
El-yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lidagi sharafli xizmatingiz bardavom bo‘lsin!
🎉
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
#JamoatXavfsizligiUniversiteti
#IchkiIshlarOrganlari
#KasbBayrami
#35Yillik
Мобил курслар жамоат хавфсизлигини таъминлашга хизмат қилади (+видео)
Ички ишлар органлари ва Миллий гвардия ходимларининг касбий маҳоратини ошириш, уларнинг замонавий таҳдид ва хавф-хатарларга қарши самарали фаолият юритиш кўникмаларини ривожлантиришга қаратилган мобил касбий малака ошириш курси Андижон вилоятида ўз ишини бошлади.
Батафсил:
https://uza.uz/uz/posts/927468
➡️
🔘
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅
Telegram
I
📹
Youtube
I
✅
Facebook
I
🌐
Instagram
I
🌐
Web-site
🇺🇿
🇰🇷
XALQARO HAMKORLIK – YANGI IMKONIYATLAR SARI!
🎓
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi
PQ–302-son qarori
ijrosi doirasida Jamoat xavfsizligi universitetida
“1+1” dasturi
asosida xorijiy tillarni o‘rganish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📚
Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda kursantlar
nafaqat ingliz, balki koreys tilini ham
o‘rganmoqda.
🇰🇷
Shu munosabat bilan joriy yilning
23-oktabr kuni universitet kursantlari Koreya ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etib
, Koreyaning yetakchi universitetlari, zamonaviy ta’lim dasturlari va xalqaro imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
🚀
Yangi til – yangi bilim, yangi imkoniyat va yangi marralar demakdir!
#JamoatXavfsizligiUniversiteti
#XalqaroHamkorlik
#KoreysTili
#KoreyaTaʼlim
➡️
🔘
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅
Telegram
I
📹
Youtube
I
✅
Facebook
I
🌐
Instagram
I
🌐
Web-site
📚
“MA’NAVIYAT QALQONI” RESPUBLIKA KITOBXONLIK TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ–128-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2026-yil 11-iyuldagi 71-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida o‘tkazilayotgan
“Ma’naviyat qalqoni” Respublika kitobxonlik tanlovining Milliy gvardiya bo‘linmalari miqyosidagi II-bosqichi — Universitet birinchiligi
bo‘lib o‘tdi.
📖
Tanlovda kursantlar batalonlaridan jami 12 nafar kursant, Qo‘riqlash va o‘quv jarayonini ta’minlash batalonidan 3 nafar muddatli harbiy xizmatchi hamda 3 nafar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
🤝
Tanlovda hamkor tashkilotlar vakillari — O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazidan t.f.d., dotsent F.E. Ochilov hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligidan Sh.Y. Jumabayev hakamlar hay’ati a’zolari sifatida ishtirok etdilar.
📝
Bellashuvlar
“Tezkor savol-javob”
va
“Badiiy asarlar bilimdoni”
shartlari asosida qizg‘in va murosasiz tarzda kechdi. Ishtirokchilar kitobxonlik madaniyati, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi hamda bilimlarini namoyish etdilar.
🏆
Tanlov g‘oliblari:
🥇
Kursantlar o‘rtasida — 3-bosqich kursanti Nuriddinov Otabek Mamasali o‘g‘li;
🥇
Muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida — oddiy askar Adhamov Mamasiddiq Akmaljon o‘g‘li g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🎖
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, hamkor tashkilotlar vakillari Universitet boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
📚
Kitob — ma’naviyat manbai, bilim va tafakkur kamolotining mustahkam poydevoridir!
#Ma
’naviyatQalqoni
#KitobxonlikTanlovi
#MilliyGvardiya
#Yoshlar
#Ma
’naviyat
Jamoat xavfsizligi universiteti va Belarus davlat aloqa akademiyasi hamkorligida monografiya taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Belarus davlat aloqa akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan
“Optik tolaning egilishi asosida ishlovchi amplitudaviy tolali-optik datchiklar”
nomli monografiya taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy nashr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi
PQ–302-son qarori 2-ilovasi 23-bandida
belgilangan xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy adabiyotlar tayyorlash vazifasi doirasida amalga oshirilgan ilmiy hamkorlik natijasidir.
Monografiyada tolali-optik datchiklarning ishlash prinsiplari, ularni monitoring tizimlarida qo‘llash hamda xavfli vaziyatlarni barvaqt aniqlash imkoniyatlari yoritilgan.
Taqdimot ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va jamoat xavfsizligi sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
ЙЎЛ ҲАРАКАТИ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ БЎЙИЧА МАҲОРАТ ДАРСИ ЎТКАЗИЛДИ
Жорий йилнинг 24 октябрь куни
Ўзбекистон Республикаси Жамоат хавфсизлиги университетида Жамоат хавфсизлигини таъминлаш кафедраси профессор-ўқитувчилари томонидан
264-ўқув гуруҳи курсантлари
иштирокида Тошкент шаҳар ИИББ ЙҲХБ ЙПХБ 3-батальон катта инспектори майор М.Туляганов билан ҳамкорликда аҳорат дарси ўтказилди. Машғулотдан кўзланган асосий мақсад курсантларнинг
назарий билимларини амалиёт билан уйғунлаштириш, касбий компетенция ва амалий кўникмаларини мустаҳкамлаш
дан иборат бўлди.
Бу ёндашув Жамоат хавфсизлиги университетида профессионал кадрлар тайёрлашни такомиллаштиришга қаратилган Ўзбекистон Республикаси Президентининг
2026 йил 26 августдаги PQ–302-сон қарори
да белгиланган вазифалар билан ҳамоҳангдир. Қарорда, хусусан, йўл ҳаракати хавфсизлиги соҳасида профессионал кадрлар тайёрлаш йўналишига алоҳида эътибор қаратилган.
Маҳорат дарси давомида
йўл ҳаракати хавфсизлигини таъминлаш, ҳаракат иштирокчиларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари, тирбандликлар вақтида ҳаракатни тартибга солиш, махсус йўналишдаги транспорт воситалари ҳаракатида ЙПХ ходимининг тартибга солиш ишораларидан фойдаланиш, махсус кузатувларни ташкил этиш
ҳамда
зиддиятли вазиятларда ЙПХ ходимининг ўзини тутиш, фуқаролар билан мулоқот компетенциясини шакллантириш масалалари амалий мисоллар асосида кўриб чиқилди.
Шунингдек, Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси фаолияти кафедраси бошлиғи полковник С.М.Селиманова бошчилигида Университет худудида бунёд этилиши режалаштирилаётган “Хавфсиз маҳалла” ўқув – амалий шаҳарчасини “Йўл ҳаракати хавфсизлиги фаолияти” таъминлаш йўналишига мос жихозлаш борасидаги ишлар билан танишилди.
Машғулот якунида курсантлар билан
савол-жавоб ва фикр алмашиш
ташкил этилиб, хизмат фаолиятида учраши мумкин бўлган вазиятлар юзасидан амалий тавсиялар берилди.
Шу тариқа, машғулот курсантларнинг олган назарий билимларини реал хизмат вазиятлари билан боғлаш,
мустақил қарор қабул қилиш, йўл ҳаракатини тартибга солиш ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш бўйича касбий компетенцияларини шакллантиришга
хизмат қилади.
➡️
🔘
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
✅
Telegram
I
📹
Youtube
I
✅
Facebook
I
🌐
Instagram
I
🌐
Web-site