
IIV JIED | Rasmiy kanal
⚖️
Jazoni ijro etish asosi
📌
Jinoyat-ijroiya qonunchiligiga ko‘ra, jazoni ijro etish uchun quyidagilar huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi:
🔹
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi;
🔹
Sudning ajrimi yoki qarori;
🔹
Shuningdek, amnistiya yoki afv akti.
IIVJIED
IIVning 2025-yil 10-oktabr kunidagi 600-son hamda Departament boshlig‘ining 2026-yil 3-sentabr kunidagi 66-son buyruqlariga asosan, joriy yilning 7-sentabr kuni Oltinchi mintaqaviy hududda joylashgan 2-son tergov hibsxonasi hamda 27-son manzil-koloniyasida xizmat qilayotgan xodimlar bilan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
IIVJIED
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X
Hibsxonada yoshlar
bilan ochiq muloqot o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablarning o‘quvchi-yoshlari Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘quvchilarga tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar tomonidan sodir etilgan giyohvandlik vositalari va narkojinoyatlar bilan bog‘liq jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning inson hayoti va salomatligiga, shuningdek, jamiyatga salbiy ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi.
IIVJIED
🏢
🏢
🏢
🏢
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani
imzoladilar
. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
Kanalga ulanish:
🏫
@uzauz
Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasi xodimining bir ish kuni
IIVJIED
San’at va mehr uyg‘unlashgan unutilmas kun
IIVJIED
“Ikkinchi imkon” — yangi hayot sari muhim qadam
Jazoni ijro etish departamenti hamda
“Millat Umidi” universiteti
o‘rtasida mahkumlarni ta’limga jalb etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamiyatga qayta moslashuviga ko‘maklashishga qaratilgan
“Ikkinchi imkon” loyihasi
doirasida memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida mahkumlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatish, shuningdek, ozodlikka chiqqach, jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashish nazarda tutilgan.
“Ikkinchi imkon” — insonning xatosidan keyingi hayotini qayta qurishiga berilgan imkoniyat, ta’lim esa ushbu yo‘ldagi eng muhim qadamlardan biridir.
IIVJIED
Mahkumlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
Ikkinchi mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida milliy taomimiz — palov tayyorlash bo‘yicha qiziqarli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, yuqori natija qayd etgan jamoalar va faol ishtirokchilar koloniya rahbariyati tomonidan
tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandilar.
Ta’kidlanganidek, bunday ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar mahkumlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ruhiy va ma’naviy tiklanishiga ko‘maklashish, o‘zaro do‘stona muhitni shakllantirish hamda kelgusida jamiyatga munosib va foydali inson sifatida qaytishlariga xizmat qiladi.
IIVJIED
Oltinchi mintaqaviy hududda "Eng yaxshi ma'naviy-ma'rifiy ishlar targ'ibotchisi" tanlovi o'tkazildi.
IIVJIED