Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

JizPI online | rasmiy kanal

jizpi_online
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
Subscribers
8 490
24 hours
20
30 days
-100
Post views
781
ER
9,32%
Posts (30d)
280
Characters in post
877
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 12, 12:18
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🎌
"Balcom nihongo" bilan Jizzax politexnika institutida uchrashuv boʻlib oʻtadi
📍
Uchrashuv joyi:
Jizzax politexnika instituti;
⏱️
Boshlanish vaqti:
17-mart kuni soat 11:00 da.
📝
Yaponiyada ta’lim, ish, VIZA va real imkoniyatlar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot oling!
🛍
Konkurs va sovg‘alar ham bo‘ladi!
🇯🇵
Yaponiya sizni kutmoqda!
😉
Bunday taklifni qoʻldan boy bermang!
✍️
Batafsil ma’lumot olish
uchun
@JAPANVIZA77
hamda
@javoxir_kun
ga murojaat qilishingiz mumkin.
☎️
Murojaat uchun:
950260626
,
770152110
🔵
Telegram kanal
📱
@jizpi_online

March 12, 11:19
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar tashkil etildi
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakultetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda kiberjinoyatlardan ehtiyot bo‘ling!” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Markaziy bank Kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i M. Xoliqov, Markaziy bank Jamoatchilik bilan ishlash va strategik kommunikatsiyalar departamenti yetakchi iqtisodchisi B. Abduvaliev, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J. Anarbayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida raqamli moliyaviy savodxonlikni oshirish, naqdsiz hisob-kitoblar jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kiberjinoyat xavflari haqida tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish va xavfsiz to‘lov amaliyotlaridan samarali foydalanishga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur seminar talaba-yoshlarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga, ularning zamonaviy raqamli muhitda xavfsiz va samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
#Yoshlar_kuni
📱
@jizpi_online

March 12, 10:57
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
Jizzax politexnika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda ularni zamonaviy kasbiy ko‘nikmalar bilan qurollantirish maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuvda “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov, “O‘zmilliybank” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Bahodir Jalilov, bankning Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari Nurulla Islamov hamda rahbarning birinchi o‘rinbosari Azamat Qurbonov, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Maqsudjon Ochilov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, mas’ullar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Kelajakka qadam” loyihasining taqdimoti o‘tkazilib, talabalarga korxona va tashkilotlarda ishga joylashish tartibi, mavjud imkoniyatlar, mehnat bozorida talab etilayotgan kasbiy ko‘nikmalar hamda amaliy tavsiyalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar hamda soha vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv yakunida mutasaddilar bitiruvchilarni mavjud imtiyoz va davlat dasturlaridan samarali foydalanishga, o‘z biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga da’vat etdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
📱
@jizpi_online

March 12, 08:43
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#BeshTashabbusOlimpiadasi
#Kibersport
#Yoshlar_kuni
⚡️
Jizzax shahridagi
Kiber arenada yilning eng yirik yoshlar loyihasi
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida
“Kibersport” musobaqalariga
respublika miqyosida start berildi!
Musobaqalarning tantanali ochilish marosimida
Respublika komissiyasi a’zolari
ishtirok etib, yoshlarga oldindagi qizg‘in bellashuvlarda ulkan omad va zafarlar tilashdi.
Mazkur tadbirda
Jizzax politexnika instituti
xodimlari hamda talaba-yoshlari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.
Kibersport
yoshlarning nafaqat bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, balki ularning raqamli ko‘nikmalari,
jamoaviy ishlash
va
strategik fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qizg‘in bahslar quyidagi ommabop yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✔️
Jamoaviy yo‘nalishlar:
“CS:GO” hamda “DOTA 2”
✔️
Yakkalik yo‘nalish:
“eFootball”
✔️
Ishtirokchilarning yosh toifasi:
16 yoshdan 30 yoshgacha
Siz ham virtual maydonda o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq
quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan
o‘ting!
🖐
Ishtirok etish uchun
👉
@beshtashabbus_bot
📱
@jizpi_online

March 12, 08:43
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#BeshTashabbusOlimpiadasi
#Kibersport
#Yoshlar_kuni
📱
@jizpi_online

March 11, 16:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

🙋
Moda ixlosmandlari va yosh dizaynerlar diqqatiga!
🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan an’anaviy tarzda
tashkil etib kelinayotgan
“Milliy Fashion Show”
loyihasining yangi mavsumiga
start berildi
.
🔎
Loyiha milliy liboslarni keng targ‘ib qilish hamda yosh dizaynerlarning ijodiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hududiy bosqichlar
mart–aprel oylarida
respublikaning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. Eng yaxshi kolleksiyalar mualliflari
may oyida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida
ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. G‘olib va ishtirokchilar qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
👋
Milliy liboslar dizayni orqali o‘z iste’dodingizni namoyon etmoqchimisiz? Unda
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlariga murojaat qiling va loyihada faol ishtirok eting!
#YoshlarIttifoqi
#MilliyFashionShow
📱
@jizpi_online

March 11, 16:18
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Startaplar, texnologiya va ta’lim: yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
(2-qism)
Jizzax politexnika institutida “Ibrat farzandlari”, “UZChess”, “Mutolaa” hamda “Ustoz AI” loyihalari rahbarlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifati, kitobxonlik madaniyatini oshirish, shaxmat sportini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar hamda sun’iy intellekt sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Loyiha rahbarlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni doimiy ravishda bilim olishga, innovatsion g‘oyalarni ilgari surishga va o‘z ustida izchil ishlashga undadi.
Shuningdek, tadbir doirasida startap tashabbuskorlari hamda venchur fondlari vakillari ishtirokida alohida uchrashuv o‘tkazildi. Unda istiqbolli innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📱
@jizpi_online

March 11, 16:11
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Startaplar, texnologiya va ta’lim: yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
(1-qism)
📱
@jizpi_online

March 11, 16:11
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

“Kelajak soati” loyihasi doirasidagi ma’rifat darslari davom etmoqda
Jizzax politexnika institutida “Kelajak soati” loyihasi doirasida
“Mehnatning tagi – rohat”
mavzusida ma’rifat darslari o‘tkazilmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi talaba-yoshlar ongida mehnatsevarlik, mas’uliyat va fidoyilik kabi muhim fazilatlarni shakllantirish, ularni halol mehnat orqali yuksak natijalarga erishishga undashdan iborat.
Ma’rifat darslari davomida talabalarga mehnatning inson hayotidagi o‘rni, muvaffaqiyatga erishishda qat’iyat va izchil harakatning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘z kelajagini mustahkam poydevor asosida qurishda bilim va mehnatning naqadar muhim ekani haqida fikr almashdilar.
Shuningdek, talaba-yoshlar “Milliy
tarbiya.uz
” platformasidagi
interaktiv materiallar
bilan tanishtirildi. Mavzu doirasida hikmatli so‘zlar, tarbiyaviy ahamiyatga ega videoroliklar hamda hayotiy misollar asosida tushuntirish ishlari olib borildi.
📱
@jizpi_online

March 11, 13:24
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

“Talabalar ligasi” doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlar taqdirlandi
(3-qism)
Respublika DXX ishchi guruhi Jizzax politexnika instituti faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida institutda sport sohasi hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, talabalarni ommaviy sportga jalb etish, sport to‘garaklari faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, ishchi guruh institut hududidagi sport inshootlari bilan tanishib, “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining “Rektor kubogi” ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Tadbirda soha mutasaddilari ham qatnashib, sport musobaqalarining yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
Tadbir yakunida “Talabalar ligasi” doirasida futzal, voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.
📱
@jizpi_online