Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jizzax shahar hokimligi

jizzaxshaharhokimligi
Jizzax shahar hokimlik rasmiy rasmiy sayti: https://gov.uz/uz/jizzaxcity "Ishonch telefoni": 72-222-40-10 @Jizzax_Murojaat_bot Facebookdagi murojaat uchun havola: https://www.facebook.com/groups/421407141878846
Subscribers
8 380
24 hours
30 days
-1 090
Unusual 24 hours drop
Post views
142
ER
1,69%
Posts (30d)
402
Characters in post
1 169
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
June 12, 07:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
Videoreportaj: Jizzaxda kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
Mamlakatimizda kartoshka yetishtirish hajmini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida yuqori hosildor navlarni joriy etish, urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyatida 2026-yil hosili uchun jami 8 ming gektar maydonda kartoshka yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 6180 gektari fermer xo‘jaliklari va 1820 gektari dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
📹
Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 12, 06:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

JIZZAXDA TEZ TIBBIY YORDAM SIFATI YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA
Mamlakatimizda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.
Bu borada Zafarobod tumanida Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax viloyati filialining yangi stansiyasi, Zomin tumanidagi Suffa hududida esa tez tibbiy yordam shoxobchasining yangi binosi o‘z faoliyatini boshlagani yaqqol misol bo‘la oladi.
Zafarobod tumanida ochilgan yangi stansiya 55 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda 5 ta brigada — 4 ta umumshifokorlik va 1 ta feldsherlik jamoasi faoliyat yuritmoqda.
Stansiyada jami 137 nafar xodim mehnat qiladi. Ulardan 19 nafari shifokor, 79 nafari o‘rta tibbiyot xodimi, 11 nafari kichik tibbiy xodim, 28 nafari haydovchi va boshqa mutaxassislardir.
Mazkur obyekt “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ hisobiga barpo etildi. Bir necha yil davomida foydalanilmay kelgan laboratoriya binosi qayta ta’mirlanib, aholi salomatligi yo‘lida xizmat qiladigan zamonaviy maskanga aylantirildi.
Zomin tumanidagi Suffa tez tibbiy yordam shoxobchasi qurilishi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Qarorda turistlar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilangan. Suffada barpo etilgan yangi shoxobcha ana shu vazifalarni o‘z ichiga oldi.
4,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan shoxobcha maxsus jihozlangan “Volkswagen Caddy” avtomobili bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda 1 ta feldsherlik brigadasi xizmat ko‘rsatmoqda. Brigada kuniga o‘rtacha 15–20 ta chaqiruvga chiqib, mahalliy aholi va mehmonlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
Zafarobod va Suffada foydalanishga topshirilgan yangi binolar tez tibbiy yordam xizmatlari sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim maskan vazifasini o‘tamoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 12, 05:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

AQSHning “Yale” universiteti talabasi, Baxmal tumanidan Murod Abduxoliqov
Viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Murod Abduxoliqov hozirda AQSHda dron texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi.
Suhbat davomida Baxmal tumanida ham mazkur yo‘nalishni rivojlantirish, jumladan, qishloq xo’jaligida dronlardan foydalanish amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek birinchi marotaba tashkil etilgan xorijdagi Jizzax yoshlari bilan uchrashuv va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirildi.
Murodbekning taklifi viloyat hokimi Ulug’bek Mustafoyev tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 12, 05:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Italiyada avtomobilsozlik sohasida faoliyat olib borayotgan, Forish tumani yoshi Tolibjon Olimjonov bilan suhbat
Tolibjon Olimjonov avtomobilsozlik sohasidagi mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi platforma yaratish, shuningdek, avtomobil sanoatida mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini bildirdi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 12, 05:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
DIQQAT, TADBIRKORLAR!
2026-yil 12-iyun kuni
soat
15:00 da
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali majlislar zalida tadbirkorlik subyektlari uchun navbatdagi
“Ochiq muloqot – 2026”
tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati, Biznes-Ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda Viloyat hokimligi vakillari ishtirok etadi.
Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, biznesni rivojlantirishga oid takliflar hamda yer ajratish, kredit olish, soliq, infratuzilma va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqilib, mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinadi.
📌
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat
14:30
dan boshlanadi.
📱
Murojaatlar uchun: +998 99 703 06 77, +998 94 199 66 80
Faol ishtirokingiz orqali biznes faoliyatingizdagi muammolarni bevosita mutasaddilar bilan muhokama qilish imkoniyatidan foydalaning.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 12, 04:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu alaykum, hurmatli Jizzaxliklar!
📆
Bugungi sana: 12-Iyun. Juma.
📅
Yilning: 163-kuni

Yil yakuniga 202 kun qoldi
📜
Tarixda bugun:
📌
1898-yil — Filippin mustaqilligi e’lon qilindi;
🎬
1963-yil — Nyu-Yorkda bosh rolda Elizabet Teylor bilan “Kleopatra” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi;
📺
2009-yil — AQSHning barcha telekanallari analogdan raqamli eshittirishga o‘tishdi;
⚽️
2014-yil — San-Pauluda futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
🎉
Bugun tavallud topganlar:
🧑‍💼
Siyosatchi Jorj Bush-katta (1924–2018)
📖
Anna Frank (1929–1945) — “Anna Frankning kundaligi” muallifi
⚽️
Braziliyalik futbolchi Filippe Koutinyo — 1992-yilda tug‘ilgan.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 12, 04:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev xorijdagi jizzaxlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
Yoshlar oyligi doirasida xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan jizzaxlik yoshlarning takliflarini tinglash maqsadida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan 500 nafarga yaqin yosh orasidan eng dolzarb g‘oya va tashabbuslarga ega 100 ga yaqin ishtirokchi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar ta’lim, IT, sun’iy intellekt, tadbirkorlik, turizm, investitsiyalar va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida qator takliflarni ilgari surdilar.
Jumladan, dron texnologiyalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt sohasida hokim stipendiyasini joriy etish, biznes-turlar tashkil etish, avtomobilsozlik bo‘yicha platforma yaratish hamda xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari bildirildi.
Uchrashuv yakunida barcha takliflar alohida nazoratga olinishi, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli farmoyish va aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi belgilandi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 11, 15:41
Media unavailable
10
Show in Telegram

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning xorijdagi jizzaxlik yoshlar bilan onlayn uchrashuvi tashkil etildi
Yoshlar oyligi doirasida yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 500 nafarga yaqin xorijdagi yoshlar orasidan eng muhim taklif va tashabbuslarga ega 100 nafarga yaqin yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ushbu muloqot davomida yoshlar tomonidan Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ta’lim, IT, tadbirkorlik, turizm va investitsiya kabi yo‘nalishlarda yangi g‘oya va takliflar bildirildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan muloqotda bildirilgan takliflar alohida nazoratga olinishi hamda Jizzax viloyati hokimining tegishli farmoyishi va dasturi qabul qilinishi belgilandi.
#Payshanba
#Yoshlar_kuni
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

June 11, 14:47
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 10-iyun kuni soat 22:12 da Jizzax shahri “Jizzaxlik” mahallasida joylashgan “O‘rda bolalar istirohat bog‘i” hududidagi “Bashnya padeniya” attraksionida texnik nosozlik oqibatida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.
Mazkur hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarning holati Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi tomonidan alohida nazoratga olindi.
Bugun Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari tomonidan hodisa joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida turli darajadagi tan jarohatlari, jumladan, suyak sinishi holatlari qayd etilgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q. Barcha jabrlanganlarga zudlik bilan zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi hamda ularning holati malakali shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Hozirgi vaqtda attraksion faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, uning texnik holati hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligi mutasaddi tashkilotlar tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda.
O‘rganish va tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.
Axborot xizmati
🇺🇿
Hokimlik rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling
👇🏻
|
gov.uz/uz/jizzaxcity
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

June 11, 14:36
Media unavailable
3
Show in Telegram

JIZZAX TIBBIYOT KLASTERIDA TARIXIY VOQEA ILK BOR BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI AMALGA OSHIRILDI
Jizzax tibbiyot klasterida ilk bor buyrak transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
Mazkur murakkab jarrohlik amaliyoti Milliy tibbiyot markazining transplantologiya bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Jasur Sobirov boshchiligidagi jamoa hamda Jizzax tibbiyot klasteri shifokorlari hamkorligida o‘tkazildi.
Ushbu hayotiy ahamiyatga ega jarrohlik amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-maydagi «Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida, «Vaqf» xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
Bu esa davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, og‘ir xastaliklardan aziyat chekayotgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu tashabbuslarning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
1985-yilda tug‘ilgan bemor A.S. 9 yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kurashib kelayotgan edi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasida unga donor sifatida 1978-yilda tug‘ilgan amakivachchasi Ya.A. mos kelishi aniqlandi va u yaqin qarindoshining hayotini saqlab qolish maqsadida donorlik qilishga rozilik berdi.
Mutaxassislar tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.
Hozirda donor va retsipientning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lib, ular shifokorlar nazorati ostida reabilitatsiya jarayonini davom ettirmoqda.
Ushbu operatsiya hududda transplantologiya xizmatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, aholi uchun yuqori texnologik tibbiy yordam imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbarining ijtimoiy himoya va mehr-saxovatni kuchaytirishga qaratilgan qarorlari amalda o‘z samarasini berib, ko‘plab bemorlarga sog‘lom hayotga qaytish imkonini yaratayotganini yana bir bor namoyon etmoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|