
Jizzax viloyati Sport boshqarmasi
“Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam”
Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Besh ming qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.
Marafon davomida talabalar belgilangan masofa bo‘ylab yurib, badantarbiya va sog‘lomlashtiruvchi mashqalarni birgalikda bajardilar.
Marafon yakunida sport musobaqalariga ulanib, talabalar futbol, voleybol, workout, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🔺
Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha Respublika bosqichi yakunlandi
📍
Andijon shahridagi Universal sport majmuasida 17–30 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan saralash bosqichlarida munosib natijalarni qayd etib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalar ishtirok etdi.
🖐
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida quyidagi jamoalar g'olib va sovrindorlikni qo'lga kiritdi:
🥇
1-o‘rin — Andijon viloyati jamoasi
🥈
2-o‘rin — Samarqand viloyati jamoasi
🥉
3-o‘rin — Navoiy viloyati jamoasi
🏆
Shu tariqa,
Andijon viloyati jamoasi
gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi”ning Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
💼
Taqdirlash marosimida Sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarga tegishli diplom, medal hamda kuboklar topshirdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
ZARBDOR TUMANIDA XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA VELOMARAFON O‘TKAZILDI
Zarbdor tumanida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, ularni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon
o‘tkazildi.
Sport tadbirida xotin-qizlar quyidagi yosh toifalari bo‘yicha ishtirok etdilar:
18–30 yosh
30–45 yosh
45 yoshdan yuqori
Velomarafon ishtirokchilari belgilangan yo‘nalish bo‘ylab velosipedlarda harakatlanib, o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Tadbir yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, barcha yosh toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi. Ularga egallagan o‘rinlariga muvofiq
esdalik sovg‘alari
topshirildi.
Mazkur velomarafon xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqishni kuchaytirish hamda faol hayot tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
Sog‘lom hayot uchun bir qadam
:
Jizzaxda navbatdagi jismoniy faollik targ‘ib qilindi
📍
Bugun Jizzax shahrining "Yangi mustaqillik bog‘i"da aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning yuksak namunasi sifatida “Sog‘lom hayot uchun bir qadam” shiori ostida jismoniy faollik targ‘ib qilindi.
➡️
Jizzax shahrida joylashgan tashkilotlar xodimlari, sog'liqni saqlash tizimi xodimlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan marafon davomida ishtirokchilar belgilangan masofani birgalikda bosib o‘tib, nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki sog‘lom hayotga bo‘lgan mas’uliyatni his etish borasida o‘ziga xos namuna ko‘rsatdilar.
✔️
Tadbir davomida ishtirokchilar badantarbiya mashqlari, jismoniy faollikni oshiruvchi mashqlar hamda nafas olishni yaxshilashga qaratilgan shifo mashqlarni bajardilar.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🇺🇿
BUGUN
11
-SENTABR
O‘zbekiston sporti tarixida bu sana qanday iz qoldirganini bilasizmi?
🥋
1986-yil 11-sentyabr
— O‘zbekiston dzyudo maktabining eng yorqin vakillaridan biri, uch karra Olimpiada sovrindori
Rishod Sobirov
tavallud topgan. U 2008-yil Pekin, 2012-yil London va 2016-yil Rio Olimpiya o‘yinlarida bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2010 va 2011-yillarda jahon chempioni bo‘lgan.
⚽️
2011-yil 11-sentyabr
— O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Toshkentda Ummon U-23 terma jamoasini
1:0
hisobida mag‘lub etgan. Yagona golni 14-daqiqada Temirxo‘ja Abduholiqov kiritgan.
♟
2024-yil 11-sentyabr
— Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start olgan. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi amaldagi chempion sifatida musobaqada qatnashgan.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning
15-sentyabr
kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
Yoshlar bilan ochiq muloqot: sport sohasidagi muammo va takliflar muhokama qilindi
Payshanba —
“Yoshlar kuni”
munosabati bilan Jizzax viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Akram Bo‘ronov
Jizzax shahar sport maktabining trenerlari hamda tarbiyalanuvchi yosh sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda trenerlarning faoliyati, sport mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Shuningdek,
sport maktabining iqtidorli va istiqbolli tarbiyalanuvchilari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, yoshlarning sportdagi maqsadlari, kelgusidagi rejalari va takliflari muhokama qilindi.
Sayyor qabul davomida bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🥋
JUDO SPORT CLUB STARS — XALQARO TURNIR
O‘zbekistonda dzyudo ixlosmandlarini yana bir katta sport voqeasi kutmoqda!
🔥
14–17-oktyabr kunlari
Toshkent shahrida
JUDO SPORT CLUB STARS xalqaro turniri
bo‘lib o‘tadi.
Bu shunchaki musobaqa emas —
yosh iste’dodlar, kuchli klublar va katta maqsadlar jam bo‘ladigan xalqaro maydon!
🌍
🥋
📍
Manzil:
Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Olimpiya shaharchasi.
📅
Sana:
14–17 oktyabr, 2026-yil
Musobaqaning
to‘liq dasturi, ishtirokchilar, yosh va vazn toifalari, musobaqa tartibi hamda nizom
bo‘yicha barcha qo‘shimcha ma’lumotlarni bizning
rasmiy Telegram kanalimizda
kuzatib boring.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🌐
Web-sayt
|
📝
T
elegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|