
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
🎥
Videoreportaj: Yer ijarasida yangi tizim o‘z samarasini bermoqda
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishning yangicha tizimi sohada shaffoflikni ta’minlash, yerdan foydalanish samaradorligini oshirish hamda barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Do‘stlik tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarining uzoq muddatli ijaraga berilayotganidan xabar topgan Javohir Ravshanov mazkur imkoniyatdan birinchi bo‘lib foydalangan fuqarolardan biri bo‘ldi. Yangi tartib esa ijaraga oluvchilarga ekinlarni joylashtirishda yanada keng mustaqillik bermoqda.
📹
Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Senatorlar Jizzaxda migratsiya va bandlik sohasidagi ishlar bilan tanishdi
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi, senator Alisher Agzamxodjayev hamda qo‘mita a’zosi, senator Jamila Bobanazarova boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad mehnat migratsiyasini tartibga solish, aholi, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Ishchi guruh dastlab Jizzax shahridagi Migratsiya agentligi huzuridagi qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda maxsus texnika boshqaruvi, elektr payvandchilik, elektr montaji va ombor-logistikasi yo‘nalishlari bo‘yicha 139 nafar tinglovchi nazariy va amaliy bilim olmoqda.
Markaz tashkil etilganidan buyon 1400 nafardan ortiq fuqaro kasbga o‘qitilgan bo‘lib, ularning 602 nafari xorijda doimiy ish bilan ta’minlangan.
Shundan so‘ng mehmonlar Jizzax politexnika instituti qoshidagi Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi. “BYD Uzbekistan Factory” va “ADM Jizzakh” korxonalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim tizimi orqali talabalar nazariy bilim bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonida amaliy tajriba ham orttirmoqda.
Mini-konveyerda payvandlash, bo‘yash, yig‘uv va sifat nazorati bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Institutda senatorlar va talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifati, kasbiy rivojlanish va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham bo‘linib, “Globo Guide” xalqaro dasturi asosida Germaniya va Saudiya Arabistoni mehnat bozori uchun tayyorlanayotgan hamshira-talabalarning o‘quv jarayoni bilan tanishildi. Ayni paytda 80 nafar talaba nemis va ingliz tillari hamda tibbiy yo‘nalishda chuqur bilim olmoqda.
Kunning ikkinchi qismida viloyat hokimligida Oliy Majlis Senati qo‘mitasi va xalq deputatlari viloyat Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda mehnat migratsiyasini tartibga solish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholini kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda viloyatdan xorijda ishlash istagida bo‘lgan 521 nafar fuqaro kasb-hunar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb etilgan.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga mehnat migratsiyasini samarali tashkil etish, talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘lamini kengaytirish hamda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
🔴
JONLI EFIR | LIVE
🎤
MEDIA HAFTALIK: OXIRGI KUN!
🤔
Ishtirokchilar Media haftalik haqida qanday fikrda?
🎬
Ular uchun eng esda qolarli lahzalar qaysilar bo‘ldi?
💡
Tadbir nimalarni berdi?
📺
Bularning barchasini Jizzax telekanalining “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvida tomosha qiling!
🔥
Qiziqarli fikrlar
🎙
Samimiy intervyular
📹
Eksklyuziv lavhalar
🎥
Videoreportaj: Jizzaxda kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
Mamlakatimizda kartoshka yetishtirish hajmini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida yuqori hosildor navlarni joriy etish, urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Jizzax viloyatida 2026-yil hosili uchun jami 8 ming gektar maydonda kartoshka yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 6180 gektari fermer xo‘jaliklari va 1820 gektari dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
📹
Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
JIZZAXDA TEZ TIBBIY YORDAM SIFATI YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA
Mamlakatimizda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.
Bu borada Zafarobod tumanida Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax viloyati filialining yangi stansiyasi, Zomin tumanidagi Suffa hududida esa tez tibbiy yordam shoxobchasining yangi binosi o‘z faoliyatini boshlagani yaqqol misol bo‘la oladi.
Zafarobod tumanida ochilgan yangi stansiya 55 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda 5 ta brigada — 4 ta umumshifokorlik va 1 ta feldsherlik jamoasi faoliyat yuritmoqda.
Stansiyada jami 137 nafar xodim mehnat qiladi. Ulardan 19 nafari shifokor, 79 nafari o‘rta tibbiyot xodimi, 11 nafari kichik tibbiy xodim, 28 nafari haydovchi va boshqa mutaxassislardir.
Mazkur obyekt “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ hisobiga barpo etildi. Bir necha yil davomida foydalanilmay kelgan laboratoriya binosi qayta ta’mirlanib, aholi salomatligi yo‘lida xizmat qiladigan zamonaviy maskanga aylantirildi.
Zomin tumanidagi Suffa tez tibbiy yordam shoxobchasi qurilishi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Qarorda turistlar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilangan. Suffada barpo etilgan yangi shoxobcha ana shu vazifalarni o‘z ichiga oldi.
4,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan shoxobcha maxsus jihozlangan “Volkswagen Caddy” avtomobili bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda 1 ta feldsherlik brigadasi xizmat ko‘rsatmoqda. Brigada kuniga o‘rtacha 15–20 ta chaqiruvga chiqib, mahalliy aholi va mehmonlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
Zafarobod va Suffada foydalanishga topshirilgan yangi binolar tez tibbiy yordam xizmatlari sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim maskan vazifasini o‘tamoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
AQSHning “Yale” universiteti talabasi, Baxmal tumanidan Murod Abduxoliqov
Viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Murod Abduxoliqov hozirda AQSHda dron texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi.
Suhbat davomida Baxmal tumanida ham mazkur yo‘nalishni rivojlantirish, jumladan, qishloq xo’jaligida dronlardan foydalanish amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek birinchi marotaba tashkil etilgan xorijdagi Jizzax yoshlari bilan uchrashuv va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirildi.
Murodbekning taklifi viloyat hokimi Ulug’bek Mustafoyev tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Italiyada avtomobilsozlik sohasida faoliyat olib borayotgan, Forish tumani yoshi Tolibjon Olimjonov bilan suhbat
Tolibjon Olimjonov avtomobilsozlik sohasidagi mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi platforma yaratish, shuningdek, avtomobil sanoatida mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha o‘z tashabbuslarini bildirdi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
📢
DIQQAT, TADBIRKORLAR!
2026-yil 12-iyun kuni
soat
15:00 da
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali majlislar zalida tadbirkorlik subyektlari uchun navbatdagi
“Ochiq muloqot – 2026”
tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati, Biznes-Ombudsman, Savdo-sanoat palatasi hamda Viloyat hokimligi vakillari ishtirok etadi.
Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, biznesni rivojlantirishga oid takliflar hamda yer ajratish, kredit olish, soliq, infratuzilma va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqilib, mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinadi.
📌
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat
14:30
dan boshlanadi.
📱
Murojaatlar uchun: +998 99 703 06 77, +998 94 199 66 80
Faol ishtirokingiz orqali biznes faoliyatingizdagi muammolarni bevosita mutasaddilar bilan muhokama qilish imkoniyatidan foydalaning.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Assalomu alaykum, hurmatli Jizzaxliklar!
📆
Bugungi sana: 12-Iyun. Juma.
📅
Yilning: 163-kuni
⏳
Yil yakuniga 202 kun qoldi
📜
Tarixda bugun:
📌
1898-yil — Filippin mustaqilligi e’lon qilindi;
🎬
1963-yil — Nyu-Yorkda bosh rolda Elizabet Teylor bilan “Kleopatra” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi;
📺
2009-yil — AQSHning barcha telekanallari analogdan raqamli eshittirishga o‘tishdi;
⚽️
2014-yil — San-Pauluda futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
🎉
Bugun tavallud topganlar:
🧑💼
Siyosatchi Jorj Bush-katta (1924–2018)
📖
Anna Frank (1929–1945) — “Anna Frankning kundaligi” muallifi
⚽️
Braziliyalik futbolchi Filippe Koutinyo — 1992-yilda tug‘ilgan.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev xorijdagi jizzaxlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
Yoshlar oyligi doirasida xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan jizzaxlik yoshlarning takliflarini tinglash maqsadida Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan 500 nafarga yaqin yosh orasidan eng dolzarb g‘oya va tashabbuslarga ega 100 ga yaqin ishtirokchi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar ta’lim, IT, sun’iy intellekt, tadbirkorlik, turizm, investitsiyalar va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida qator takliflarni ilgari surdilar.
Jumladan, dron texnologiyalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt sohasida hokim stipendiyasini joriy etish, biznes-turlar tashkil etish, avtomobilsozlik bo‘yicha platforma yaratish hamda xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari bildirildi.
Uchrashuv yakunida barcha takliflar alohida nazoratga olinishi, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli farmoyish va aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi belgilandi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|