
Jaloliddin Manguberdi harbiy-akademik litseyi rasmiy kanali
🎭
TEATR - MA’NAVIYAT VA TARBIYA MASKANI
Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey o‘quvchilari “Jumagul” spektaklini tomosha qildilar.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini kengaytirish hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tashrif o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Spektakl orqali o‘quvchilar insoniy qadriyatlar, hayotiy kechinmalar va turli taqdirlar aks etgan sahna asari bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday madaniy tadbirlar yoshlarning estetik didi, ma’naviy dunyoqarashi va madaniy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
✅
Bizni kuzatib boring!
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
Источник: Ta’lim xabarlari.
https://share.google/zcrMhu5UrROCcuQTN
🇩🇪
TILNI O‘RGANISHDAN - TILDA FIKRLASHGACHA
📚
Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyda o‘quvchilarning xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida
nemis tili fanidan ochiq dars
tashkil etildi.
✅
Mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik yondashuv va interfaol metodlardan foydalanilib, o‘quvchilarning
tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq
ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Juftlik va guruhlarda ishlash jarayonida o‘quvchilar nemis tilida muloqot qilib, o‘z fikrlarini mustaqil ifodaladilar.
💡
Ochiq dars o‘quvchilarning faol ishtiroki va mustaqil fikrlashi bilan mazmunli kechib, ularning nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlash hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
✅
Bizni kuzatib boring!
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
⚡️
TA’LIM-TARBIYA SAMARADORLIGI YO‘LIDA HAMKORLIK
Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, harbiy-kasbiy tayyorgarligi hamda intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan
ota-onalar yig‘ilishi
o‘tkazildi.
✅
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, dars mashg‘ulotlaridagi faolligi, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, harbiy tayyorgarlik jarayonidagi ishtiroki va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayonida ota-onalar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Muloqot jarayonida ota-onalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi, ularda
vatanparvarlik, mas’uliyat, intizom va jamoaviylik fazilatlarini shakllantirish
borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.
✅
Bizni kuzatib boring!
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
🪖
HARBIY TAYYORGARLIK - AMALIY KO‘NIKMA VA INTIZOM UYG‘UNLIGIDA
Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyda
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT)
fanidan navbatdagi
ochiq dars
tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilarning harbiy tayyorgarlik bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda topshiriqlarni belgilangan tartib va intizom asosida bajarishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlar orqali namoyon etdilar.
✅
Bizni kuzatib boring!
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
#Муборак_кун
Бугун муаллимлар байрами! Бу дегани эзгулик байрами деганидир. Бу оламда ўқитувчилар борки, ривожланиш бор, илм бор, маърифат бор, умид бор, келажак бор. Заҳматкаш, фидойи муаллимларимизни байрам билан чин юракдан табриклайман. Ҳаётингиз, қалбингиз ҳамиша файзу зиёга тўлиқ бўлсин! Сизга катта ҳурмат ва меҳр билан,
Эшқобил ШУКУР
МУАЛЛИМЛАР
Одамтоғлар бордир, одамдарёлар –
Дунёни етаклаб юрган дунёлар.
Илк ҳаёт китобин ёзган улардир,
Махлуқдан Инсонни тузган улардир.
Улардир минг йиллик зулмат йўлидан
Ўтган авлодларнинг тутиб қўлидан.
Кўз нурини бериб, ҳам бериб жонин
Кўзларини очган сўқир дунёнинг.
Илк ҳарфда коинот калитин топган,
Илк сўз-ла жаҳолат йўлини ёпган.
Ёнидан киборлар ўтса валақлаб,
Улар сукут қилган китоб варақлаб.
Тупроқдай хокисор, сувдай ҳаётбахш,
Йўлсизларга йўлбахш, элга муродбахш.
Олам ўз нурини йўқотса агар,
Муаллим юзидан топар муқаррар.
✍️
Эшқобил ШУКУР
🏆
BAYRAM SHODIYONASIDA SPORT G‘OLIBLARI E’TIROF ETILDI
1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni
munosabati bilan Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey ishchi-xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sport bellashuvlari g‘oliblari taqdirlandi.
Bayram shodiyonasiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan taqdirlash marosimida sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlarga
esdalik sovg‘alari
topshirildi.
Sportdagi faollik va erishilgan natijalar bilan bir qatorda,
ustoz va murabbiylarning sharafli mehnati, jamoa hayotidagi munosib o‘rni
ham e’tirof etildi.
Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni
1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni
bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va shogirdlar kamolini ko‘rish baxtini tilaydi!
🎉
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
✅
Bizni kuzatib boring!
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga
tabrik
—
Поздравление
учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
“Eng hurmatli inson muallimdir” — Ta’lim tizimida amalga oshirilgan tarixiy islohotlar
✅
Bizni kuzatib boring!
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
🔉
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Asrlar o‘tadi, turlanar dunyo,
Ilm-u-urfon ila boqiydir inson.
Ustoz, Siz baxsh etgan borki nur-ziyo,
Sizga ta’zim etar bor jumla-jahon.
🔗
Siz, aziz ustozlarga umumxalq bayrami kunida yuragimiz tubidagi eng yorug‘ va ezgu niyatlarimizni bildirmoqqa burchlimiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram
❌
X.com