
JR TwitGram 🥂
Ko’cha sovuq, shamol, yoqimsiz.
Polvonni kuchi ichiga sig’may ketyapti lekin o’yingohlarga chiqa olmaymiz.
Uyda nimadirlar o’ylab topish kerak.
Korona vaqtida ota onalarga oson bo’lmagan bo’lsa kerak.
Diqqat savol.
Qaysi kanal birinchi bo'lib 10.000 subscriberga yetib boradi?
@jakhonrakhmonov
yoki
@JR_TwitGram
5 oylik qizimni kuldiraman deb bir balolar qilaman. Har xil ovozlar, har xil yuzlar va hokazo. Ba'zida rosa kuladi. Maza qilaman. Ba'zida esa...bu tentak nimalar qilyapti degandek jiddiy yuz bilan qaraaab turadi. Mayli, hech qisi yo'q. Ora-orada o'xshab…
5 oylik qizimni kuldiraman deb bir balolar qilaman. Har xil ovozlar, har xil yuzlar va hokazo.
Ba'zida rosa kuladi. Maza qilaman.
Ba'zida esa...bu tentak nimalar qilyapti degandek jiddiy yuz bilan qaraaab turadi.
Mayli, hech qisi yo'q. Ora-orada o'xshab tursa ham ming marta arziydi.
Ishda qanday qilib o'sish mumkin degan savollar ham ko'p kelib turadi.
Men odatda ownership ni oshirish kerak deb javob beraman.
Screenshotda bitta misol.
Odamning yoshi oshgan sari shu narsani tushunib borar ekan:
PHP o’lmaydi.
PHP o’ldiradi.
Berlindan bir hafta tashqarida bo'lib qaytib kelganimdan so'ng men ham shunaqa hursand bo'lib salomlashaman shu shaxar bilan
Ohirgi paytlar “yoshim 18-20 da nima qilay?” degan savollar ko’proq kelyapti.
Hamma bilgan gapni aytaman.
Vaqtni bekorga o’tkazmang. U shunaqangi tez o’tadiki, bir ko’zingizni ochib yumsangiz 28ga, ikki marta ochib yumsangiz 38ga kirib qolgan bo’lasiz.
Work hard, play hard, love hard va hokazo. Vaqtingiz ma’noga ega bo’lsin.
Bekorchi ishlarni yig’ishtiringlar.