
Marjonakhon Jurakulova 🇺🇿🎓
🔥
“Tashabbuslar marafoni” haqida gaplashsak? Ishtirok etayotganlar bormi? Qanday loyihangiz bilan ishtirok etdingiz?
🔥
“Tashabbuslar marafoni”
haqida gaplashsak?
Ishtirok etayotganlar bormi? Qanday loyihangiz bilan ishtirok etdingiz?
Xabaringiz bormi yoki yo’qmi, aytib qo’yay dedim-da
🫠
2-iyundan beri
🇺🇿
bo’ylab xizmat safari bilan “Tashabbuslar Marafoni”ni tashkil etish maqsadida jamoamiz bilan hududlarda yuribmiz. Hozircha Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro va Samarqandda bu missiyani muvaffaqiyatli yakunladik.
Rostini aytaman, hududlarda ayol-qizlar bilan uchrashib, ulardan rostan ko’p energiya olyapman
😍
Yo’ldagi charchoqlarni aytmasa, qolgan hammasi ideal
🔥
Bugun Surxondaryoda, ertadan keyin Qashqadaryoda bo’ladi jamoamiz.
Agar biz Siz bilan uchrashgan bo’lsak fiklaringizni, agar uchrashmagan bo’lsak qaysi hududda bizni kutayotganingizni yozib qoldiring
🫠
⚡️
Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni
yoshlar.gov.uz
orqali butun O‘zbekistonga taniting!
Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi
o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita
yoshlar.gov.uz
platformasi orqali taqdim etishlari mumkin.
Yangi imkoniyatning
asosiy afzalliklari
:
🟢
Tashabbuslar barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilinadi;
🟢
Foydalanuvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi;
🟢
Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus “TOP” ro‘yxatdan joy oladi.
“Yoshlar tashabbuslari marafoni”da faol ishtirok eting va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qiling!
👉
yoshlar.gov.uz
🤩
Kurslarda o‘qib, sovg‘alar yutib oling!
❤️
Ham bilim olib, ham sovg‘alar yutib olish mazza-a, qizlar? Sizlarga bunday imkoniyatni
“Qizlar akademiyasi”
taqdim qiladi. Atiga
3 ta kurs
ni o‘qib, qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!
💖
O‘qishingiz kerak bo‘lgan kurslar:
❤️
Illustratorda grafik dizayn;
❤️
Fotografiya;
❤️
Onlayn do‘kon yuritish.
❤️
Siz ushbu kurslarni o‘qib tugatib, sertifikatlarga ega bo‘lasiz va ularni ijtimoiy tarmoqlarda kreativ tarzda ulashasiz, agar
Instagram
ijtimoiy tarmog‘ida reels joylasangiz yutish ehtimolingiz oshadi. So‘ngra isbot sifatida
ushbu post izohida skrinshotlar
yuborasiz.
🛌
G‘oliblarni random tarzida aniqlaymiz va
10 ta qiz
ning har biriga
“Choyshab”
brendidan 1 donadan
Hotel Premium Pillow
—
mehmonxona darajasidagi yostiq
lar sovg‘a qilamiz. Yostiqlar 4–5 yulduzli mehmonxonalarda ishlatiladi va yuqori sifatga ega.
🗓️
Bizda vaqt chegaralangan, tanlov
9-iyun 23:59
ga qadar davom etadi. Barchaga omad, kuchli qizlar!
✅
Postlarimni copy qilmang, manba bilan ulashing:
t.me/jurakulova_blog
Hammani ertalab 9:00 da mana shu manzilda kutamiz
🙏🏻
Bizda amaliy workshop uchun ajratilgan
joy 30 dona, kechikmang
🙏🏻
Aks holda, joyda muammo bo’lishi mumkin.
O’zingiz bilan eski futbolka yoki shimingizni olib keling, biz eski kiyimlarga birgalikda yangi hayot beramiz
☺️
Buxorolik do’xtarchalar ertaga hammani kutamiz
💃🏻
🤩
Spikerlar bilan tanishaylik, hay!
🩷
Spikerlarimiz:
❤️
Zayniddinova Dilfuza:
“Dizaynerlar klubi” tashabbuskori;
❤️
Marjona Jurakulova:
“Qizlar akademiyasi” loyihasi rahbari;
❤️
Ayupova Musharrafbonu:
“Dizaynerlar klubi” tashabbuskori.
⭐️
Ertaga 9:00
da
“Eski kiyimlarga yangi hayot”
mavzusida devona dars kutopti sizlarni. Tashrif buyuruvchi qizlar, o’zingiz bilan bir
eski kiyim
olib keling, unga dizaynerlar yordamida yangi hayot beramiz :)
🎀
Hammani
“Somoniylar” istirohat bog‘i
da kutamiz. Hamma kelsin, kelishdik-mi hay, Buxorolik qizlar?
Loyihaning sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
🤩
Qizlar uchun maxsus taklif!
✨
Ilovamizni
targ‘ib qilib, pul mukofoti
yutib oling. Bu imkoniyatdan barcha qizlar birdek foydalanishi mumkin!
☑
“Qizlar akademiyasi”
ilovasiga kirib,
“+” belgisini
bosasiz va
maxsus referal havola
ngizni olasiz. Havolani maksimal darajada ko‘proq dugonalaringizga tarqatishingiz kerak. Ular sizning referalingiz orqali
kurslarni o‘qib, sertifikatlarga ega bo‘lishsa
sizga ballar taqdim etiladi.
🦋
Eng ko‘p ball yig‘gan
10 ta qizlarni 1 million so‘mdan pul mukofoti,
undan tashqari
maxsus sovg‘alar
bilan mukofotlaymiz.
🎁
Ham qizlarning rivojlanishiga sababchi bo‘ling, ham pul mukofotlari va sovg‘alarga ega bo‘ling. Ushbu taklifimiz
20-iyunga qadar
davom etadi!
✅
Postlarimni copy qilmang, manba bilan ulashing:
t.me/jurakulova_blog