
Just Chemistry | Kimyo Online
Noyabr oyida bo’lib o’tadigan sertifikat imtihonlari uchun ro’yxatga olish bugundan boshlandi.
☕️
#Qiziqarli_kimyo
32-soni
📖
😴
Qanday qilib olimning tushi bir moddaning tuzilishini ochilishiga
sabab bo’ldi?
◦ Benzolning kashf etilishi organik kimyoning rivojlanishidagi asosiy voqealardan biridir. Kimyoviy formulasi C6H6 bo'lgan benzol halqali tuzilishga ega va eng oddiy aromatik uglevodorodlardan biridir. 1825-yilda Maykl Faradey tomonidan olib borilgan tadqiqot natijasida, benzolning kashf etilishi tarixidagi muhim lahza bo'ldi. Faradey kimyoviy birikmalar ustida tadqiqot olib borayotganida, ko'mir smolasidan benzolni ajratib olishga muvaffaq bo'ladi.
◦ 19-asrda benzol oltita uglerod atomi va oltita vodorod atomidan iborat ekanligi allaqachon ma'lum edi, ammo uning molekulasining tuzilishi aniq emas edi. Nemis kimyogari Fridrix Avgust Kekulening ishi tufayli hamma narsa o'zgardi. Benzolning tuzilishini o'rganib, olim benzol molekulasida atomlarning qanday joylashishini tushuna olmadi. Kunlarning birida, Kekule uxlab qolib, tush ko’radi. Tushida u oltita maymun halqa tuzilishini hosil qilganini ko’radi. Bu aynan u izlayotgan formulaligini taxmin qilib, Faradey o'limidan ikki yil oldin benzol molekulasining halqa tuzilishini kashf etadi. Kekule tabiatda nafaqat zanjir, balki halqali tuzilmalar ham mavjud bo'lishi mumkinligini isbotladi.
◦ Benzolning tuzilishining ochilishi boshqa organik birikmalarni tushunishga yordam berdi. Hozirda benzol plastmassa, dori-darmonlar, bo'yoqlar
va boshqa ko'plab mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llanilmoqda.
Maqolla muallifi:
©
Islomova Sitora
⤵️
Maqola sizga qiziq bo'ldimi?
📱
Kanalimizga a'zo bo'ling:
@Just_Chemistry
╰➤
Telegram
|
Instagram
☕️
#Qiziqarli_kimyo 32-soni
📖
😴
Qanday qilib olimning tushi bir moddaning tuzilishini ochilishiga sabab bo’ldi? ◦ Benzolning kashf etilishi organik kimyoning rivojlanishidagi asosiy voqealardan biridir. Kimyoviy formulasi C6H6 bo'lgan benzol halqali tuzilishga…