
Haqiqat | حقيقة
Allohim, bizlarga jannatda yashashni nasib qil!
Haqiqat | حقيقة
Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod boʼlursizlar. Ularga tilladan boʼlgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda nafslar ishtaha qiladigan va koʼzlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda mangu qoluvchisiz.
(Zuxruf surasi, 70-71 oyatlar)
Haqiqat | حقيقة
Ha, o’sha tog’dek bo’lgan Umarni qaddini bukib qo’ygan kun Rasulimizni rixlat qilgan kunlari.
Rasululloh ﷺ ning vafotlarini oldida bizi boshimizga kelgan musibatga g’am qilish shubhasiz biz Ul zotni yaqindan tanimaganligimizdan. Chunki inson faqat tanigan Insongagina muhabbat qo’ya oladi. Agar chin oshiq bo’lganimizda edi Habibimizning vafotlari hali ham qalbimizni yaralab turgan bo’lardi...
Eng katta armonimiz bo’lmish, ul zotni ko’rishlik baxti biz nasib etmagan bo’lsada, Rasulimiz bilan Qiyomatda turishlikni umid qilamiz. Chunki Habibimiz bizga ishontirib aytganlarki,
“Kishi qiyomatda o’zi yaxshi ko’rganlari bilan birga bo’ladi”.
Rasulimizga va uning Sahobai Kiromlariga bo’lgan muhabbatimiz hurmatidan ular bilan birga Firdavsul A’loda birga qilishligini Allohdan so’rab qolamiz!
Haqiqat | حقيقة
Sen yo‘qotgan narsang uchun yig‘lama. Ehtimol, Alloh seni undan asramoqchi bo‘lgan yoki
yaxshirog‘ini bergandir.
Imom Shofe’iy
Haqiqat | حقيقة
Payg‘ambarimiz Rasululloh
ﷺ aytadilar:
Dunyo mahkumi bo‘lgan kishining g‘ami faqat dunyo bo‘ladi. Alloh uning ishlari orasiga parokandalik soladi va faqirlikni ko‘z oldiga keltiradi. Ammo kimki oxiratni niyat qilsa, Alloh uning g‘amini kamaytiradi, ishlari oson bo‘ladi va dunyo unga bo‘ysunib keladi, hatto u xohlamasa ham.
(Ibn Moja rivoyati)
Haqiqat | حقيقة