
KAMONDAN (PARAKAMONDAN) OTIŞ UZ
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
TERMIZDA KAMONDAN OTISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI BO‘LIB O‘TDI
Termiz shahrida kichik o‘smirlar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Uch kun davom etgan musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan o‘smir o‘g‘il-qizlar g‘oliblik uchun o‘z mahorat va merganliklarini namoyish etdilar.
Natijalarga kora umumjamoa hisobida:
🥇
1-o‘rin — Farg‘ona viloyati jamoasi
🥈
2-o‘rin — Surxondaryo va Samarqand viloyatlari jamoalari
🥉
3-o‘rin — Sirdaryo viloyati jamoasi qo’lga kiritdi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga kubok, medallar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati !
https://t.me/surxonsportmatbuot
#
Namangan
#Vatanparvarlik_va_sport
#Kamondan_otish
Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasida yoshlar uchun
"Vatanparvarlik va sport"
tadbirlari tashkillandi. Shuningdek, sportning
"Kamondan otish"
turi boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi.
Mazkur tadbir davomida ishtirokchilarga kamondan otish sportining o‘ziga xos jihatlari, kamondan foydalanish qoidalari, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda nishonga aniq mo‘ljal olish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mahorat darsi davomida tajribali mutaxassislar tomonidan kamonni to‘g‘ri ushlash, o‘qni joylashtirish, nishonni aniq mo‘ljalga olish va o‘q uzish texnikalari amaliy tarzda namoyish etildi. Ishtirokchilar ham o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, ushbu sport turi bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatishda davom eting.
👇
👇
👇
https://t.me/namangan_milliygvardiya
Kamondan o‘q otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
Namangan viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi, Namangan viloyat sport boshqarmasi hamda Namangan davlat texnika universiteti hamkorligida kamondan o‘q otish to‘garagi a’zolari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga kamondan o‘q otish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilib, nishonga aniq yo‘naltirish, to‘g‘ri turish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha mashqlar o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot yoshlarning sport mahoratini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda kamondan o‘q otish sport turiga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#
Namangan
#Yoshlar_kuni
#Kamondan_otish
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz
“Payshanba — yoshlar kuni”
munosabati bilan
"Biz giyohvandlikka qarshimiz"
shiori ostida mahorat darsi tashkil etildi.
“Payshanba — yoshlar kuni”
munosabati bilan Chortoq tumani Sport maktabida yoshlar ishtirokida
"Biz giyohvandlikka qarshimiz"
shiori ostida kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
🏹
Yoshlar-
bu kelajagimiz poydevorlari, jamiyatimizning eng katta boyligi va umidlaridir!
Payshanba — “Yoshlar kuni”
munosabati bilan Milliy gvardiya Farg’ona viloyati bo’yicha boshqarmasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yoshlar ishtirokida
“Ochiq eshiklar kuni”
tadbiri
tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarimiz uchun qurol-aslahalar ko’rgazmasi, harbiy xizmatchilar ishtirokidagi qurol bilan sahna ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yoshlar bu orqali harbiy sohada erishilayotgan yutuqlar, qudratli harbiy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mutaxasislar tomonidan sportning “
Kamondan otish"
turi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Bu yerda mutaxasislar tomonidan yoshlarga kamonning umumiy tuzilishi, kelib chiqish tarixi hamda nishonga olish uchun yoyni yo‘naltirish usullari haqida ma’lumotlar berildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#Milliy_gvardiya
#Xorazm
.
#Ochiq_eshiklar_kuni_tadbiri_otkazildi
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasida payshanba-yoshlar kuni munosabati bilan Urganch shahri va Yangiariq tumanida yoshlari, jumladan "Jasorat" sinfi o‘quvchilari va "Vatan tayanchi" otryati a’zolari ishtirokida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir avvalida“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi, boshqarma boshlig‘i polkovnik M.S.Shermatov ishtirok etib yoshlar bilan bevosita muloqot qildi, qiziqtirgan savollariga javob berdi hamda yoshlarning takliflarini tingladi, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Shundan so'ng yoshlar uchun qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyishi o‘tkazildi, kamondan otish sporti bo'yicha mahorat darsi, arqon tortish hamda boshqa sport turlari bo‘yicha yoshlar o'rtasida musobaqa o‘tkazildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#
Namangan
#Yoshlar_kuni
#Kamondan_otish
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz
“Payshanba — yoshlar kuni”
munosabati bilan
"Biz giyohvandlikka qarshimiz"
shiori ostida mahorat darsi tashkil etildi.
“Payshanba — yoshlar kuni”
munosabati bilan Davlatobod tumanida joylashgan Kamondan otish markazida yoshlar ishtirokida
"Biz giyohvandlikka qarshimiz"
shiori ostida kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
Xo'jayli tumanidagi "Motamsaro Ona haykali"da "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryad aʼzolarining tantanali vaʼda berish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu marosimda Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, vatan tayanchi koʻkrak nishoni hamda guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. Shundan soʻng Milliy gvardiyachilar tomonidan qoʻl jangi chiqishlari, anjom aslahalar ko‘rgazmasi hamda kamondan o‘q otish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube
#Xorazm
🏹
🏹
🏹
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi hamda Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida taxsil olayotgan sportchilar bilan musobaqa tashkil qilinib mazkur sport turini yanada ommalashtirish bo'yicha ishlar olib borildi. Musobaqa g'oliblari taqdirlanib kelgusida bo'ladigan musobaqada faol ishtirok etishlari uchun zaruriy ishlar amalga oshirildi.
Website
I
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube