Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

KARMANA.UZ l KARMANA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

karmana_tumani_axborot_xizmati
Rasmiy kanal @karmana_tumani_axborot_xizmati Facebook: https://www.facebook.com/share/1FSTJ5j7rU/?mibextid=wwXIfr Instagram: https://www.instagram.com/yangi_karmana?igsh=MXB4enlna
Subscribers
6 370
24 hours
-9
30 days
20
Post views
601
ER
9,43%
Posts (30d)
408
Characters in post
998
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 08, 13:42
Media unavailable
7
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi
ordeni
bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной
наградой
Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#mukofot
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 08, 13:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzbekiston va Serbiya Prezidentlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida deklaratsiyani imzoladilar.

Президенты Узбекистана и Сербии подписали Декларацию об установлении отношений стратегического партнерства.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 08, 13:41
Media unavailable
7
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi
ordeni
bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной
наградой
Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#mukofot
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 08, 12:01
Media unavailable
7
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi
muzokaralari
boʻlib oʻtdi.

Cостоялись
переговоры
Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича в формате «тет-а-тет» и с участием официальных делегаций.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#muzokaralar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 08, 10:59
Media unavailable
7
1
Show in Telegram

Karmana tumani (innovatsion hudud). Loyihalar faoliyati o‘rganildi.
📍
Karmana tumanini innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiya asosida qurilish va qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot, ta’lim, baliqchilik, parrandachilik, issiqxonalar hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
➡️
2021–2023 yillarda
umumiy qiymati
19,2 mlrd so‘mlik 12 ta loyiha moliyalashtirilib
, bugungi kunga qadar 11 tasi ishga tushirildi. Mazkur loyihalar doirasida 115 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Qolgan loyihani ham 2026-yil noyabr oyiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
➡️
Innovatsion loyihalarning faoliyati muntazam ravishda joyiga chiqib o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Natijada
so‘nggi uch yarim yil davomida 11 ta korxona tomonidan 136 mlrd
so‘mdan ortiq innovatsion mahsulot ishlab chiqarildi.
2025-yil yakuniga ko‘ra, tumanda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 42 ta
ga yetib, ular tomonidan 310,3 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xizmatlar ko‘rsatildi.
➡️
Shuningdek,
Jahon bankining MUNIS loyihasi doirasida
Karmana innovatsion hududidan umumiy qiymati 695 ming AQSh dollariga teng 5 ta loyiha grant mablag‘lariga ega bo‘ldi. Mazkur loyihalarning barchasi to‘liq amalga oshirilib,
21 ta yangi ish o‘rni
yaratildi.
➡️
Tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Tillayev
tomonidan hududdagi tijoratlashtirish loyihalari faoliyati ham muntazam o‘rganilmoqda. Jumladan
, “Innovation water filters” MChJ tomonidan
amalga oshirilayotgan quyosh energiyasi asosida suvni molekulyar darajada tozalovchi innovatsion filtrlar ishlab chiqarish loyihasi 2022-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda 11 nafar fuqaro mehnat qilmoqda.
Korxona 2023–2026 yillarda 73,9 mlrd so‘mlik mahsulot sotgan.
➡️
“A­WAL TECH” MChJ
ning kumush nanozarrachalari bilan modifikatsiyalashtirilgan teskari osmotik membranalar ishlab chiqarish loyihasi esa 2023-yilda ishga tushirilib, 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona tomonidan shu davrda 18,8 mlrd so‘mlik mahsulot sotilgan.
➡️
Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida mazkur ikki korxona tomonidan 17,6 mlrd
so‘mlik mahsulot realizatsiya qilindi.
➡️
Bugungi kunda
Karmana innovatsion hududida yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish va tadbirkorlik subyektlari safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yil davomida umumiy qiymati 45,7 mlrd so‘mlik 19 ta
istiqbolli loyiha shakllantirilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Karmananing innovatsion hudud sifatidagi bugungi natijalari — zamonaviy texnologiya, tadbirkorlik va amaliy tashabbuslar uyg‘unligining yorqin ifodasidir.
Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari
👇
🌐
Veb sayt
|

Telegram
|
📹
Youtube
|

Facebook
|
🌐
Instagram

September 08, 10:42
Media unavailable
10
Show in Telegram

Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish
marosimi
bo‘lib o‘tdi.

Во Дворце Сербии в Белграде прошла
церемония
торжественной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#marosim
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 08, 10:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
🖊
Ҳурматли Навоий вилояти аҳолиси ва фуқаролар!
Фуқароларнинг мурожаатлари, таклиф ва муаммоларини тинглаш ҳамда уларга ижобий ечим топиш мақсадида Навоий вилояти таркибидаги шаҳар ва туманлар ҳокимларининг жисмоний ва юридик шахсларни қабул қилиш кунлари, вақти ҳамда манзиллари тўғрисидаги маълумотларни эътиборингизга ҳавола этамиз:
🟣
Навоий шаҳри ҳокими Эргашев Дилмурод Бекмуродович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг пайшанба куни соат 15:00 дан 16:00 гача
🟣
Зарафшон шаҳри ҳокими Рахмонов Назирбек Исраилович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг пайшанба куни соат 15:00 дан 17:00 гача
🟣
Ғозғон шаҳри ҳокими Жўраев Нурали Шуҳратович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг жума куни соат 08:00 дан 09:00 гача
🟣
Кармана тумани ҳокими Болтаев Шоҳрух Шавкатович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг жума куни соат 08:00 дан 10:00 гача
🟣
Конимех тумани ҳокими Рўзиев Руслан Насирович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг жума куни соат 08:00 дан 11:00 гача
🟣
Хатирчи тумани ҳокими Адизов Умиджон Хасанович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг сешанба куни соат 08:00 дан 11:00 гача
🟣
Навбаҳор тумани ҳокими Рашидов Алишер Абдуразоқович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг жума куни соат 08:00 дан 11:00 гача
🟣
Қизилтепа тумани ҳокими Бобомуродов Бекзод Нуриддинович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг шанба куни соат 09:00 дан 11:00 гача
🟣
Нурота тумани ҳокими Файзиев Азамат Исматович
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг шанба куни соат 08:00 дан 11:00 гача
🟣
Томди тумани ҳокими Умаров Орзумурод Файзуллаевич
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг шанба куни соат 10:00 дан 12:00 гача
🟣
Учқудуқ тумани ҳокими Елмуротов Учқун Файзуллаевич
Қабул вақти: ҳар ҳафтанинг шанба куни соат 10:00 дан 11:00 гача
📍
Қабул жойи:
Ҳудудлардаги Халқ қабулхоналари
👌
Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram
|
▶️
Youtube

September 08, 08:42
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

Karmana tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Zayniyev hamda Respublika Sanoat qurilish banki raisining o‘rinbosari A.Xakimov boshchiligida mas’ul tashkilotlar vakillari, bank mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Ochiq va amaliy ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda, avvalo, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, mavjud imtiyoz va moliyaviy ko‘mak mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqotda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilinayotgan yangi qarorlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda joylarda ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar tomonidan tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari
👇
🌐
Veb sayt
|

Telegram
|
📹
Youtube
|

Facebook
|
🌐
Instagram

September 08, 07:15
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Karmana tumanida joriy yilgi paxta hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hosildorlikni saqlab qolish hamda terim jarayonlarini samarali tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda Karmana tumani hokimi
Shohruh Boltayev
rahbarligida tuman hokimligi mas’ul xodimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari hamda o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishidagi mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda paxta maydonlarini defoliatsiya qilish ishlarini belgilangan agrotexnik muddatlarda va sifatli amalga oshirish, mavjud texnika va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, jarayonlarni muvofiqlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida hududlardagi paxta maydonlarining holati, defoliatsiya ishlarining borishi hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, har bir hududda ishlarni kunlik nazorat asosida tashkil etish, defoliatsiya tadbirlarining agrotexnik talablar asosida olib borilishini ta’minlash, texnikalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda belgilangan ish hajmlarini qisqa muddatlarda yakunlash zarurligi qayd etildi.
Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari
👇
🌐
Veb sayt
|

Telegram
|
📹
Youtube
|

Facebook
|
🌐
Instagram

September 08, 05:51
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Zayniyev tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida
7 nafar
fuqarolar bandlik, imtiyozli kredit, uy-joy va ijara, shuningdek, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va amaliy ko‘maklar ko‘rsatildi.
3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari
👇
🌐
Veb sayt
|

Telegram
|
📹
Youtube
|

Facebook
|
🌐
Instagram