Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal

kasabafar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: www.fb.com/kasabafar www.youtube.com/kasabafar Rasmiy sayt: https://fargona.kasaba.uz/ Боғланиш учун: @masofauz_bot
Subscribers
22 817
24 hours
-24
30 days
-767
Post views
599
ER
2,63%
Posts (30d)
102
Characters in post
826
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 11:18
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

📣
Сўхда "Ёшлар куни" муносабати билан очиқ учрашув бўлиб ўтди
Фарғона вилоят Кенгаши раиси Эркинжон Нуралиев Сўх тумани Офтобру МФЙда ёшлар ва ёш ишчи-ходимлар билан суҳбатлашди.

Барча мурожаатлар тингланиб, муаммоларни ҳал этиш йўллари муҳокама қилинди.
Батафсил
📱
web-site
|
📱
facebook
|
📱
telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

September 11, 08:23

Yangi korxonada a’zolik afzalliklari tushuntirildi
Quvasoy shahrida faoliyatini boshlagan “HANSAE Mobility Turan” MCHJ XKda avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda korxonada 75 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.
Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ta’lat Usmonov va mutaxassislar korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida ishchi-xodimlarning mehnat huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarga kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lishning afzalliklari, uning mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni, maqsad va vazifalari haqida tushuntirishlar berildi.
Muloqot davomida korxonaning bugungi faoliyati bilan bir qatorda, uning kelgusidagi istiqbolli rejalari, ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ustuvor rejalar borasida ham fikr almashildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Facebook
|
Telegram
|
Sayt

September 11, 08:23
Media unavailable
7
Show in Telegram

September 11, 05:35

Navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv So‘x tumanida bo‘ldi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev  “Yoshlar kuni” munosabati bilan navbatdagi uchrashuvini So‘x tumani, Oftobru MFYda o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar va yosh ishchi-xodimlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, yoshlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Bugungi kunda, Prezidentimiz tomonidan So‘x tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi farovonligini ta’minlash va hudud salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani yurtimizda har bir hudud, jumladan, olis va chegaraoldi So‘x tumaniga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.
Uchrashuv davomida So‘x tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy salohiyatini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish hamda yosh ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir jarayonida yoshlar va yosh ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan rahbarlarga murojaat qilib, o‘zlarining taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, yosh ishchi-xodimlarning mehnat jamoalaridagi faolligini oshirish, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish hamda kasaba uyushmalari faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan rahbarlar o‘rtasida ochiq muloqot va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Facebook
|
Telegram
|
Sayt

September 11, 05:35
Media unavailable
7
Show in Telegram

September 11, 03:24

Бошланғич касаба уюшмаси ташкилотлари раислари учун зарурий ҳужжатлар лойиҳалари ва тест саволлари гуруҳи. Аъзо бўлинг ва билимингизни оширинг!
https://t.me/kasabamalaka

September 08, 03:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

BUGUN TUG‘ILGAN KUN
🗓
2026-yil 8-sentyabr...
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz:
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi yetakchi mutaxassisi
Marhabo Nabiyeva
ning tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kuningiz bilan tabriklaymiz!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi.

September 07, 03:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Bilasizmi
❗️
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:
🔹
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori –
1 360 000 so‘m;
🔹
bazaviy hisoblash miqdori –
440 000 so‘m;
🔹
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori –
504 000 so‘m;
🔹
yoshga doir eng kam pensiya –
983 000 so‘m;
🔹
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori –
1 083 000 so‘m;
🔹
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa –
1 083 000 so‘m;
🔹
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (983 000 so‘mdan) 1 083 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari
– 1 083 000 so‘m;
🔹
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa –
878 000 so‘m;
🔹
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda –
878 000 so‘m.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi

September 07, 02:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

BUGUN TUG‘ILGAN KUN
🗓
2026-yil 7-sentyabr...
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz:
Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshloq tuman bo‘linmasi Kengashi raisi
Saidjon Mo‘minov
ning tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kuningiz bilan tabriklaymiz!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi.

September 06, 04:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

BUGUN TUG‘ILGAN KUN
🗓
2026-yil 6-sentyabr...
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilayotgan jamoadoshimiz:
O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Fargʻona viloyati kengashining mehnat texnik inspektori
Ravshanbek Fozilov
ning tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning amalga oshirayotgan ishlaringizga omad tilab, bugungi shukrona kuningiz bilan tabriklaymiz!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi.