Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI | Rasmiy kanal

katsh_xtb
Kattaqo‘rg‘on shahar MMMTB rasmiy telegram kanali. 📢 Ta'lim sohasidagi yangiliklar, e'lonlar va tadbirlar. 🌐 Sayt: http://kattakurgon-shmmtb.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/katta.sh.mmtb 📸 Instagram: https://instagram.com/katta.sh.mmtb
Subscribers
1 546
24 hours
-1
30 days
-34
Post views
217
ER
14,04%
Posts (30d)
71
Characters in post
784
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
July 29, 05:22
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

💎
Yosh maslahatchilarga tavsiyanomalar  topshirildi

📍
Shahrimizdagi Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etib, yangi tayinlangan
“Kelajak”
markazi direktori Doston Ochilovga hamda masʼuliyatli vazifani bajarishga kirishgan maktab maslahatchilariga tavsiyanomalarni  topshirdi
va ularning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

Shuningdek, tadbir davomida marosimda qatnashgan taʼlim muassasalari rahbarlariga maktab maslahatchilarining samarali faoliyat yuritishi uchun yaqindan amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berib o‘tildi.

Yangi tashabbus va yosh kadrlar faoliyati shahrimiz taʼlim tizimi rivojiga yana-da katta hissa qo‘shishi shubhasiz.
✔️
Rasmiy sahifalarimiz:
📱
|
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
|
🌐
Web-sayt

July 29, 04:14
Media unavailable
1
Show in Telegram


KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR TA'LIM TIZIMI RAQAMLARDA
Bugungi kunda:
🏫
17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi,
🏡
25 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti,
👶
34 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti,
3 ta Xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti
4 ta DXSh asosidagi bog‘cha
27 ta oilaviy bog‘cha faoliyati yuritadi.
◀️
Mustaqillik yillarida (35 yil davomida)
🏗
1 ta yangi maktab qurildi.
🏗
6 ta maktab rekonstruksiya qilindi.
🏗
4 ta maktab mukammal ta'mirlandi.
🏗
1 ta yangi davlat bog‘chasi qurildi.
🔖
Shundan,
2016-yildan buyon
;

3 ta yangi davlat bog‘chasi qurildi;

9 ta maktab, 9 ta DMTT rekonstruksiya qilingan.

6  ta maktab mukammal ta'mirlandi.

3 Xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti

4 ta DXSh bog‘chasi tashkil etildi.

27 ta oilaviy bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
✏️
Kattaqo'rg'on shahar MMTB axborot
xizmati!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
💼
Telegram
🧳
Facebook
🧳
Instagram
💭
Max
🌐
Veb sayt
🤖
Admin

July 28, 15:06
Media unavailable
3
Show in Telegram

"
Гўзалкент" маҳалласининг обод хонадонлари тажрибаси
Каттақўрғон шаҳрида кенг кўламли ободонлаштириш ҳамда кўкаламзорлаштириш ишлари уюшқоқлик билан давом этмоқда. Шаҳримиздаги «Гўзалкент» маҳалласида ҳам ана шундай озодалиги, файзи ва тартиблилиги билан бошқаларга ўрнак бўлаётган ибратли хонадонлар талайгина.
Маҳалланинг Ипак йўли кўчасида яшовчи Шахноза опа Муминованинг хонадони ҳақиқий гулзор. Ҳовлидаги турли гуллар ва манзаравий ўсимликлар ҳар бир меҳмонда илиқ таассурот қолдиради. Хонадон бекаси Гулнора опанинг таъкидлашича, у ҳар йили баҳор ва ёш мавсумида гулларни парвариш қилишни, ҳовлисига янада кўрк бағишлашни кундалик юмушига айлантирган.
Шаҳар ҳокими Гавҳар Алимова ушбу хонадонда бўлиб, яратилган гўзаллик ва озодаликни кўздан кечирди. Хонадон бекасининг меҳнатсеварлигини эътироф этар экан, бу каби «Обод хонадон» тажрибасини нафақат ушбу маҳаллада, балки бошқа оилаларга ҳам намуна қилиб кўрсатиш лозимлигини таъкидлади.
Расмий саҳифаларимиз:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Web-say
t

July 28, 12:50
Media unavailable
4
Show in Telegram


YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Kattaqo'rg'on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlig‘i M.Bekova rahbarligida shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda mas'ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash, 2026–2027-o‘quv yiliga ta’lim tashkilotlarini tayyorlash ishlarining borishi hamda ijro intizomini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
✏️
Kattaqo'rg'on shahar MMTB axborot
xizmati!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
💼
Telegram
🧳
Facebook
🧳
Instagram
💭
Max
🌐
Veb sayt
🤖
Admin

July 28, 11:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
3- ва 4-курс талабалари учун "Педагог" платформасида янги қулайлик жорий этилди
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги янги ташкил этилаётган мактабларга ишга қабул қилиш учун ариза топшираётган олий таълим муассасаларининг
3- ва 4-курс талабалари
эндиликда диплом нусхасини юкламасдан ариза юборишлари мумкин.
"Педагог" платформасида ариза тўлдириш жараёнида
"Дипломлар"
босқичига ўтилганда тизим фойдаланувчининг талаба мақомини аниқлайди ва махсус рухсатнома ойнасини тақдим этади. Шундан сўнг талабалар ҳеч қандай диплом ҳужжатини юкламасдан
"Кейингиси"
тугмасини босиб, ариза топширишни давом эттиришлари мумкин.
✏️
Kattaqo'rg'on shahar MMTB axborot
xizmati!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
💼
Telegram
🧳
Facebook
🧳
Instagram
💭
Max
🌐
Veb sayt
🤖
Admin

July 28, 10:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#audiochat
📣
Hurmatli ota-onalar, qadrli kuzatuvchilar!

Joriy yilning 28-iyul kuni soat 16:00 da
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
rasmiy telegram sahifasida
2026-2027-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bagʻishlangan audio muloqot bo’lib o’tadi.

Unda qabul jarayonlari tartibi va bu boradagi yangiliklarga doir savollarga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javob beriladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

July 28, 09:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
E’LON!
➡️
DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORI BO‘LISHNI ISTAYSIZMI?
Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish uchun Sizda direktor bo‘lish imkoniyati bor.
Viloyatimizning tuman (shahar)laridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bo‘sh turgan (vakant) direktorlik lavozimlariga, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar uchun
ochiq mustaqil tanlov
ga qo‘yildi. Hech qanday ovvoragarchiliklarsiz, onlayn shaklda ariza bering va nomzodingiz ro‘yxatga olinadi.
📍
Manzil:
managerpro.uzedu.uz
(onlayn shaklda)

Ariza topshirish muddati
2
7-iyuldan
2
9-iyulgacha
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
📱
Veb-sayt

July 28, 09:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

➡️
MAKTAB DIREKTORI BO‘LISH ISTAGINGIZ BORMI?
Sizda menejerlik sertifikati bormi? Unda Siz uchun ajoyib imkoniyat bor.
O‘zingizni maktab direktori sifatida ko‘rsangiz, viloyat ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman, deb hisoblasangiz, Sizni safimizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi vakant maktab direktori lavozimlari uchun ochiq, mustaqil tanlov e’lon qilindi.
📍
Manzil:
manager.uzedu.uz
portali orqali (onlayn shaklda)

Arizalar 29-iyulgacha qabul qilinadi.
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
📱
Veb-sayt

July 28, 05:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#KelajakkaSavol
#MaktabMaslahatchilari
‼️
Maktab direktori tavsiyanoma olgan nomzodni ishga olishdan bosh tortishga haqlimi?

Yo`q, haqli emas. Maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi
nizom
ga ko‘ra, munosib deb topilgan talabgorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Kelajak” markazlarining tanlov komissiyasi tavsiyanomasi asosida umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorlari uchun majburiydir.
‼️
Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish jarayoni belgilangan muddatdan kechiksa, berilgan tavsiyanoma kuyadimi?

Yo 'q. Maktab maslahatchisi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi
nizom
ga ko‘ra, tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodga tanlov komissiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma
3 yil muddatga amal qiladi.
Shu bois, maktab rahbariyatining mehnat ta'tilida bo'lishi yoki boshqa sabablarga ko'ra, mehnat shartnomasini tuzish jarayoni kechikkan taqdirda ham
tavsiyanoma kuymaydi.

Ma'lumot uchun, ayni paytda maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar bilan mehnat shartnomalarini o'z vaqtida tuzish bilan bog'liq jarayonlar nazoratga olingan.
📱
Veb-sayt
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
LinkedIn
📱
YouTube

July 28, 04:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Har bir bolaning buyuk kelajagi sifatli maktabgacha ta'limdan boshlanadi.
✏️
Kattaqo'rg'on shahar MMTB axborot
xizmati!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
💼
Telegram
🧳
Facebook
🧳
Instagram
💭
Max
🌐
Veb sayt
🤖
Admin