Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Khan Academy Oʻzbek

khanacademyuzbek
Khan Academy Oʻzbek loyihasining rasmiy Telegram kanali Videodarslar: @kau_kurslar Telegram: @khanacademyuzbek_admin Sayt: xanakademiyasi.uz Telefon: 71 231-9050 | 97 130-9050
Subscribers
5 986
24 hours
9
30 days
-48
Post views
1 670
ER
27,9%
Posts (30d)
4
Characters in post
780
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 21, 14:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami
🇺🇿
O‘zbek tili — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.
Bugun ona tilimiz jamiyatimizning barcha sohalarida keng qo‘llanilib, milliy o‘zligimizni asrash va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.
Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, uning boyligi va jozibasi avlodlardan avlodlarga yetib borsin.
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma | Instagram | Facebook
#O
‘zbekTili
#O
‘zbekTiliBayrami
#21Oktabr
#O
‘zbekiston

October 16, 14:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌿
Birgina yashil barg ichida hayot uchun muhim jarayon sodir bo‘ladi...
O‘simliklar quyosh nuridan energiya olib, suv va karbonat angidrid yordamida o‘zlari uchun oziqa — glyukoza hosil qiladi. Bu jarayon davomida esa havoga kislorod ajraladi.
Bu — fotosintez.
☀️
🌱
Ko‘zimizga oddiy ko‘ringan barg aslida tabiatning mukammal ishlaydigan kichik laboratoriyasidir.
Fotosintez nafaqat o‘simliklarning yashashi, balki Yer yuzidagi hayot davom etishi uchun ham nihoyatda muhim.
💚
Tabiatni o‘rgangan sari, uning naqadar mukammal yaratilganini yanada chuqurroq anglaymiz.
Siz bu jarayon shunday ishlashini bilarmidingiz?
👇
🎥
Videoni oxirigacha ko‘ring — izohlarda o'z fikringizni qoldiring.
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
Instagram
|
Facebook

October 10, 16:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mikroto‘lqinli pech ovqatni aslida qanday qizdiradi?
👀
U ovqatni tashqaridan “pishirib” qo‘ymaydi. Pech ichida hosil bo‘ladigan taxminan
2.45 GHz chastotali mikroto‘lqinlar
ovqat tarkibidagi qutbli molekulalar, ayniqsa suv molekulalarining tez harakatlanishiga sabab bo‘ladi. Natijada issiqlik hosil bo‘lib, ovqat qiziydi.
Shuning uchun ayrim taomlarning bir qismi juda issiq, boshqa joyi esa salqinroq qolishi mumkin — mikroto‘lqinlar ovqat ichida bir xil taqsimlanmasligi mumkin.
Siz mikroto‘lqinli pech aynan shunday ishlashini bilarmidingiz?
👇
🎥
Videoni oxirigacha ko‘ring — izohlarda o'z fikringizni qoldiring.
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma | Instagram | Facebook

October 01, 06:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Har bir katta orzu ortida unga ishonishni o‘rgatgan ustoz bor.
✨
Bola qalbidagi qiziqishni ilmga, tasavvurni maqsadga, orzuni esa kelajakka aylantirishda ustozning o‘rni beqiyos.
Bugun biz bilim ulashib, yangi avlodga yo‘l ko‘rsatayotgan, ularni izlanishga, savol berishga va katta orzu qilishga undayotgan barcha ustozlarga minnatdorlik bildiramiz.
🤍
Aziz ustozlar, mehnatingiz, sabringiz va har bir o‘quvchi kelajagiga qo‘shayotgan hissangiz uchun rahmat!
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
💐
Hurmat bilan,
Khan Academy O‘zbek jamoasi
🔰
Khan Academy O‘zbek — Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori.
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
Instagram
|
Facebook

September 26, 14:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

0,999999… = 1?!
😳
Ha, noto‘g‘ri o‘qimadingiz.
Matematikada 0,999999… aynan 1 ga teng.
Lekin qanday qilib?
🤯
Agar 0,999…. < 1 dan kichik bo‘lsa, ular qanday qilib teng bo‘lishi mumkin?
Sizningcha, 0,999… = 1 bo‘lishi mumkinmi?
Javobi esa oddiy ko‘ringani bilan, miyani biroz “qotiradi”.
🧠
🎥
Videoni oxirigacha ko‘ring — isbotini ko‘rsatamiz.
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
Instagram
|
Facebook

September 12, 13:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bir tomchi galiy mustahkam alyuminiyni qanday qilib osongina sindirishi mumkin?
🧪
Galiy alyuminiy bilan ta’sirlashganda uning strukturasiga kirib borib, metallning mustahkamligini keskin kamaytiradi. Natijada qattiq va mustahkam ko‘ringan alyuminiy mo‘rtlashib, hatto qo‘l bilan ham oson sindiriladigan holatga kelishi mumkin.
Bu tajriba kimyoning naqadar muhim va hayotimiz bilan chambarchas bog‘liq fan ekanini ko‘rsatadi. Ba’zan ikki moddaning o‘zaro ta’siri tashqaridan deyarli sezilmasa ham, jarayon materialning ichki strukturasini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
🔬
Kimyo — shunchaki formulalar va tenglamalar emas. U atrofimizdagi moddalar nega va qanday o‘zgarishini tushuntirib beradigan fan.
Siz bir tomchi galiy alyuminiyni shunchalik mo‘rtlashtira olishini bilarmidingiz?
👇
📲
Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
Instagram
|
Facebook

September 05, 15:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qonimiz qizil. Unda nega tomirlarimiz ko‘k ko‘rinadi?
🩸
🔵
Aslida tomirlarimizning qoni ko‘k emas! Bu rang bizning terimiz, yorug‘lik va ko‘zimizning ranglarni qabul qilish xususiyati bilan bog‘liq.
🧠
Ilm-fan kundalik hayotimizdagi eng oddiy savollarga ham hayratlanarli javob beradi.
Videoni tomosha qiling va biologiyani boshqacha nigoh bilan kashf eting!
🚀
Siz ham ilgari tomirlar ichidagi qon qizil bulsada nega ko‘k ko'runishini o‘ylab ko'rganmisiz?
👇
📲
Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
🔰
Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
Instagram
|
Facebook

September 02, 05:22
Media unavailable
3
Show in Telegram

🎓
Yangi 2026–2027 o‘quv yili muborak!
Aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar, ustoz va murabbiylar!
Sizlarni yangi o‘quv yili boshlangani bilan Khan Academy O‘zbek jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
🎉
🏫
Maktab — ilm va ma’rifat maskani. Bu yerda biz ilk bilimlarni egallaymiz, birinchi ustozlarimizni uchratamiz, do‘stlar orttiramiz va kelajakka ilk qadamlarimizni qo‘yamiz.
📚
Har bir yangi o‘quv yili esa yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi yutuqlar sari ochilgan eshikdir.
✨
2026–2027 o‘quv yili barchamiz uchun unutilmas, sermahsul va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
🤔
Siz uchun maktab yana nima?
Fikringizni izohlarda biz bilan bo‘lishing!
🔰
Khan Academy O‘zbek — Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌
“Bilim Onlayn” NNM — loyiha tashabbuskori.
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
Instagram
|
Facebook

September 01, 15:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

HURMATLI YURTDOSHLAR!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va unutilmas sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — bu o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, erkin fikrlash va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkoniyatidir.
Bugun yurtimizning yorqin kelajagi bilimli, izlanuvchan va zamonaviy bilimlarni egallashga intilayotgan avlod bilan chambarchas bog‘liq. Zero, taraqqiyotning eng mustahkam poydevori — ta’lim va bilimdir.
Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, farovon hayot va ezgu maqsadlar yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamjihat, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!
🇺🇿
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
35 yillik Mustaqillik bayrami muborak!
📚
Erkin va obod Vatan — bilimli avlod bilan yuksaladi!
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
Instagram
|
Facebook

August 16, 14:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

Alfa, Beta va Gamma nurlanish — bularning farqi nimada?
⚛️
Har biri turli tezlikda harakatlanadi, turli kuchga ega va ularni to'xtatish uchun turli to'siq kerak bo'ladi: biri oddiy qog'ozda to'xtaydi, biri metallni kesib o'tadi, biri esa qo'rg'oshin va betondan ham o'tib ketadi.
📝
Bu bilim faqat fizika darsligida qolib ketmaydi — u bugungi tibbiyotda, masalan, saratonni davolashda ham qo'llaniladi
🏥
Radiatsiya haqida oddiy tilda tushuntirilgan bu videoni oxirigacha tomosha qiling va bilimingizni sinab ko'ring!
📲
Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!
🔰
Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
📌
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
🌐
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma
|
TikTok
|
Instagram
|
Facebook