
KIMYO SERTIFIKAT / RASMIY (Guliston kimyo)
Mygovdan ro’yxatdan o’tishdan ko’ra Cobaltga shartnoma olish oson edi.
Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi
📱
Biologiya
,
kimyo
,
matematika
va
fizika
fanlaridan
noyabr
oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn
ro‘yxatga olish boshlandi
.
📝
Talabgorlar
hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari soni
dan kelib chiqqan holda
my.gov.uz
sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔹
21-noyabr —
biologiya
;
🔹
22-noyabr —
kimyo
;
🔹
24-noyabr —
fizika
(elektron shaklda)
;
🔹
28-29-noyabr —
matematika
.
❕
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni
ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida
amalga oshirishlari lozim.
Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
✅
Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va
ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi
.
✔️
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
😊
SAYIMOV ACADEMY | 10–11-SINFLARGA QO‘SHIMCHA QABUL
Maktabimizning
10 va 11-sinflariga talab yuqori
bo‘lgani sababli mavjud o‘rinlarimiz avvalroq to‘lib bo‘lgan edi.
Shu bilan birga, Sayimov Academy’da o‘quvchilarga qo‘yiladigan
bilim, intizom va maktab qoidalariga rioya qilish talablari qat’iy
.
10-sinfga qabul jarayonida sinov testidan yetarli natija ko‘rsata olmagan, ammo suhbat davomida o‘zini yaxshi namoyon qilgan o‘quvchilarga
1 yoki 3 oylik sinov muddati
beriladi.
Sinov muddati davomida o‘quvchining:
🔹
o‘zlashtirishi;
🔹
darslarga munosabati;
🔹
intizomi;
🔹
maktab qoidalariga rioya qilishi baholanadi.
📌
Sentyabr
oyida sinov muddatini muvaffaqiyatli yakunlay olmagan 10-sinfdagi 3 nafar o‘quvchi bilan ta’lim jarayoni to‘xtatildi.
11-sinflarda ham maktabimizning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan
4 nafar o‘quvchi bilan ta’lim jarayoni to‘xtatildi.
Jumladan, ayrim o‘quvchilarga telefon va gadjetlardan foydalanish bo‘yicha bir necha bor tushuntirish berilganiga qaramay, belgilangan talablar bajarilmagani sababli tegishli choralar ko‘rildi.
❗️
SAYIMOV ACADEMYDA DARS VAQTIDA TELEFON VA GADJETLARDAN FOYDALANISHGA RUXSAT ETILMAYDI.
Bizning maqsadimiz — shunchaki o‘quvchilar sonini ko‘paytirish emas.
Biz sog‘lom muhit, kuchli intizom va sifatli ta’limni ta’minlashga intilamiz.
Bo‘shagan o‘rinlarga
10–11-sinflar uchun yangi o‘quvchilar qabuli davom etmoqda.
🗓
Qabulning oxirgi muddati: 15-oktabr
📩
Qabul uchun:
@sayimov_admin
📞
+998 95 469 88 88
Sog‘lom muhitda, tartibli va sifatli ta’lim olishni istagan o‘quvchilarni Sayimov Academy’da kutib qolamiz.
SAYIMOV ACADEMY
Bilim. Intizom. Natija.
🚨
KUZGI SERTIFIKAT UCHUN!
📉
Bepul darslar
➡️
Yozma ishlar
📈
Tahlillar
Qisqasi, kuzgi sertifikatga tayyorgarlik uchun eng foydali kanallarning barchasi — shu yerda!
Umumta'lim fanlaridan
2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆
Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr,
oktyabr
,
noyabr
va
dekabr
oylarida o‘tkaziladi.
🆔
Milliy sertifikat uchun talabgorlar
my.gov.uz
sayti orqali
onlayn
tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻
Milliy sertifikat imtihonlari qaysi
fanlar
dan o‘tkazilishi,
ro‘yxatga olish muddatlari
va
test sinovi o‘tkaziladigan sanalar
yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗
Muhim
eslatma
: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
27-sentabr 1-smena
Tushgan tahminiy savollar Akmaljon Vaxobov tomonidan yig'ildi. Savollarda kamchilik bo'lishi mumkin, savol raqami, ketma-ketligi bu tartibda emas.