Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Когон хабарлари

kogon24
KOGON - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Subscribers
10 330
24 hours
-61
30 days
-6 370
Post views
369
ER
3,57%
Posts (30d)
24
Characters in post
809
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
July 27, 16:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🛡
ZIRH BOT’da
yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli
ZIRH BOT
uchun yangi
Anti-Spam
himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️
Yoqish:
/antispam
⚠️
Eslatma:
Funksiya hozircha
BETA
bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa,
@zirh_support
ga yozing.

Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐
WEBSAYT
|
🌐
TELEGRAM
|
🛡
ZIRH BOT
👉
Когон хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+W5DQx46jV
qYxZDMy

July 25, 15:38
Media unavailable
8
Show in Telegram

Kogon tumani: Breshim qishlog‘ilik Hamida Rahmatova ham tomorqachilikda boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda
Breshimda ham tomorqachilik bilan shug‘ullanayotgan xonadon soni 450 taga yetgan bo‘lsa, bunda aholining mavjud tomorqa yeri esa 70 gektardan kam emas. Bu yerda asosan pomidor, bodring, kartoshka, piyoz, karam, bulg‘or qalampiri, sabzi, loviya kabi sabzavot yetishtirish bilan bir qatorda limon, apelsin singari sitrus mevalar, yana qulupnay yetishtirib, aholi dasturxoni to‘kinligiga hissa qo‘shmoqdalar.

July 24, 17:52
Media unavailable
8
Show in Telegram

July 24, 17:52

“O‘yinga asoslangan ta’lim": Kogon tumanida "pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” bo‘lib o‘tdi
Bugun, 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
“O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali”
yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur festivalda tumandagi
18 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
jamoalaridan
85 nafar tarbiyachi-pedagog
ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ommalashtirish, innovatsion tajribalarni almashish hamda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan didaktik o‘yinlarning samaradorligini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.
Festival davomida ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari asosida ishlab chiqqan didaktik o‘yinlarni namoyish etdilar. Har bir loyiha mazmunan tasniflanib, undan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish usullari, bolalarning intellektual, ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil taqdimotlar o‘tkazildi. Taqdim etilgan didaktik ishlanmalar hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanib, ularning innovatsionligi, amaliy ahamiyati va pedagogik samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Festival yakunida faol va muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamda g‘olib deb topilgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur festival maktabgacha ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘yinga asoslangan ta’lim texnologiyalarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

July 23, 16:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kogon tumanida obodonlashtirish va bunyodkorlik nafasi har bir mahallaga kirib bormoqda!
Xabar berganimizdek, Kogon tumanida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Mustaqillik bayramini munosib kutib olish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, temir yo‘lga tutash hududlar, mahallalar, markaziy ko‘chalar, avtomobil yo‘li yoqalari hamda ijtimoiy soha obyektlari atroflari chiqindilar va begona o‘tlardan tozalanib, sanitariya va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shuningdek jarayonlar davomida
“mahalla yettiligi”
a’zolari tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, xonadonlar va ko‘chalar ozodaligini saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, hovli hamda uy-joylar atrofini tartibli saqlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Albatta bundan ko'zlangan asosiy maqsad mahallalar hududlarida aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda hududlarning estetik qiyofasini yanada yaxshilashdan iborat.
👉
Когон хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+W5DQx46jVqYxZDMy

July 23, 16:15
Media unavailable
10
Show in Telegram

July 22, 11:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

G‘o‘za maydonlari karantin dala nazoratidan o‘tkazilmoqda
Kogon tumanida
g‘o‘za maydonlarida uchraydigan
xavfli zararkunandalar va kasalliklarga qarshi tadbirlar
uyushqoqlik bilan amalga oshirilishini tashkil qilish, shuningdek, ushbu tadbirlar bo‘yicha nazoratni o‘rnatish maqsadida Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi
O

simliklar karantini va himoyasi
agentligi
Kogon tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada tumanda
har bir fermer xo‘jaliklari mas’ullari
bilan uchrashib, mavjud g‘o‘za maydonlari karantin dala nazoratidan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga fermer va dehqon xo‘jaliklari egalariga
zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash, agrotexnik, biologik va kimyoviy choralarni qo‘llash
bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

July 21, 16:14
Media unavailable
9
Show in Telegram

Avval xabar berilganidek, ayni paytda Madaniyat va istirohat bog‘ida suv shousi bo'lib o'tmoqda. Tadbir ishtirokchilarga unutilmas onlar va yuqori kayfiyat ulashmoqda.

July 20, 16:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔥
KOGONLIKLAR diqqatiga!
🏡
Buxoro shahridan kadastrli xonadonlarni
- 24 OYGACHA FOIZSIZ va PENYASIZ muddatli to'lov, asosida xarid qiling!
Endi qurilish tugashini kutishingiz shart emas.
Buxoro shahrining 5-mkr hududi yaqinida
qad rostlayotgan
Namozgoh City
turar joy majmuasida tayyor, kadastri chiqqan
1, 2 va 3 xonali
ta'mirlangan hamda ta'mirlanmagan
xonadonlar sizni kutmoqda.
Majmua hududida:
👼
zamonaviy bolalar maydonchalari
⚽️
futbol, basketbol stadionlarismaktab va bo'gcha
💪
erkaklar va ayollar uchun alohida fitnes zallari
💠
supermarket
🔻
klinika
🏊
basseyn
🌳
Dam olish maskanlari bo'ladi.
Bundan tashqari, majmua atrofida maktablar, bog'chalar, masjid, shifoxona, universitet, bozor, restoran va kafelar joylashgan.
❗️
Eng muhimi — siz qurilish tugashini kutmaysiz. Xonadonlar tayyor va kadastri rasmiylashtirilgan.
⚠️
Ushbu taklif cheklangan miqdordagi tayyor xonadonlar uchun amal qiladi.
🩵
Videoda muddatli to'lov shartlari va tayyor xonadonlar batafsil ko'rsatilgan.
📩
Loyiha haqida batafsil ma'lumot olish va sizga mos xonadonni tanlash uchun quyidagi havola orqali murojaat qoldiring.
https://form.uysot.uz/mZDYNxv
🌐
Telegram
🌐
Instagram
📺
Youtube

July 16, 18:11
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

📣
Kogon tumani: O‘rmonzor va Ko‘chatzor ko‘chalarida 4 ming metr ichki yo‘l asfaltlashtirilmoqda
“Sarayon” mahalla fuqarolar yig‘inida bugunga kelib aholi soni 4 mingga yaqinlashgan bo‘lsa, hududda xonadon soni 678 tani, oila soni 821 tani tashkil etmoqda. Hududda bandlikni ta’minlash, oilalarga daromad manbaini yaratish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, qolaversa, tomorqadan unumli foydalanish choralari ko‘rilmoqda.