
Qo‘qon shahar "Amiriy" kutubxonasi
"ADABIYOT KECHALARI" NING YANGI SONLARI TASVIRGA OLINDI.
Qo‘qon shahar axborot kutubxona markazining "Hojibek guzari" filialida "Navoiy ijodida mutavozelik, kamtarlik, hokisorlik fazilatlarining talqini" mavzuidagi 4 qismdan iborat navbatdagi ko‘rsatuv tasvirga olindi.
30-oktyabrdan boshlab har haftaning juma kunlari "Muloqot" telekanalining kechki dasturlarida tomosha qiling.
"AMIRIY" DA UCH AVLOD UCHRASHUVI.
📚
YANGI KITOBLAR TAQDIMOTI — MA’NAVIYAT SARI MUHIM QADAM!
#kòchma_kutubxona
#kitob_taqdimoti
Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Amiriy kutubxonasi hamkorligida yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularning bilim va tafakkurini yanada kengaytirishda kitobning o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yangi nashrlar bilan tanishish orqali kitobxonlarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Zero, kitob — tafakkur chirog‘i, bilim manbai va ma’naviyat ko‘zgusidir!
📚
@kokandakm
"AMIRIY" KUTUBXONASI, "MULOQOT" TELEKANALI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
QO‘SHMA LOYIHASI-"ADABIYOT KECHALARI "YANA DAVOM ETADI.
#
yangiruhiyat
#oʻzbek_tilim
#tafakkur_qiling
Til — millatning ruhi, xalqning ma’naviy boyligi va ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho merosdir.
👉
https://t.me/quqonmanaviyhayoti
AVLODLAR UCHRASHUVI.
Bugun Qo‘qon shahar ixtisoslashgan san'at maktabida ushbu ilm dargohida ta'lim-tarbiya olgan, hozirda shahar axborot kutubxona markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Rustamjon Husanov bilan o‘quvchilarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ilmgohning bo‘lim boshlig‘i Elmurodjon Uzoqov, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Muqaddasxon Ibrohimovalar R. Husanovning bu dargohdagi o‘quvchilik davri xotiralaridan so‘zlab berdilar.
Rustamjon Husanov ilm olish va mehnat faoliyati haqida o‘quvchilarga gapirib berish asnosida ularni astoydil o‘qib-o‘rganish, eng oliy maqsadlar sari dadil olg‘a intilishga da'vat etdi, o‘g‘il-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi, ixtisoslashgan san'at msktabi kutubxonasiga "Zavqiy" hayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan chop etilgan "Mahmud Hakim Yayfoniy" kitoblarini sovg‘a qildi.
O‘quvchi-yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz kiritdi.
O‘ZBEK TILIM-ONA TILIM!
Qo‘qon shahar axborot kutubxona markazi "Amiriy" kutubxonasida QDU va QU bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Qo‘qon shahar hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilfuzaxon Alimova, QDU professori Burhonjon Aminov, o‘qituvchi Rustamjon Ummatovlar ona tilimizning naqadar boy, jozibador ekanligi haqida gapirib uning kundalik hayotimizdagi ahamiyati naqadar muhim ekanligiga yoshlar e'tiborini qaratdilar.
Til qadri...
Tilimizni har kuni qadrlaylik!
@otabek_khasanov
https://t.me/quqonmanaviyhayoti