
🔍한국어 책 📚| Shakhzod Yusupov
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
📥
Soulte plus 2A kitobidan
ushbu kanalga lugat
test yuklandi !
🇰🇷
Koreyaga kelayotgan d2/d4 vizali
changyutgichlar
?!
📚
TOPIK kitobi — shkafiga
💸
Pul hidining jozibasi — yurakka
Changyutgichlar keliboq 100dollrni 30ga kupaytirish uchun belni mahkam bog'lashadi ilmni esa muzlatkichga solib qo‘yadi.
🔻
Eng achchiq joyini aytaymi?
Ular pul yuboradi.
Haqiqiy O‘qishga kelganlar esa — yubora olmaydi.
Shunda o‘zbek oilalarida yangi falsafa tug‘iladi:
“Kitob ochib nima qilasan? Falonchining bolasi Koreyadan oyiga pul tashlayapti. Sen ham ishla!”
Shu bilan “ilm cho‘g‘i” bir uyda o‘chadi.
Keyin qo‘shni uyga o‘tadi.
Keyin yana boshqasiga…
Oxiri ilm emas,
won
hidini odamlar nafas qila boshlaydi.
😔
Men esa bunday insonlar orasida yurib ko‘p marta achindim.
Ular
“hayot — pul”
degan aqidaga shunchalar sig‘inadiki, gaplashsangiz ham soyangiz pul sanashga o‘tib ketganday bo‘ladi.
Ilm haqidagi 1 daqiqalik suhbatdan keyin:
“Ha, yaxshi gap, lekin ertaga ish bor…”
— degan javob tayyor turadi.
Buni ko‘rib turib:
“Voy, bu inson o‘zini ham, elatini ham botqoqqa tortayapti-ku…”
— deysan.
Lekin ba’zan Koreyada boshqa turdagi vatandoshlarni uchrataman.
Ko‘zida porlash bor.
Gapida ilm bor.
O‘tirib suhbatlashsang — miyang ochiladi, dunyo kengayadi.
Shunda o‘ylaysan:
“Ha, hali ham o‘chmagan chiroqlar bor. Umid bor.”
📘
Men bu kanalni pul uchun ochmaganman.
O‘zimni reklama qilish uchun ham emas.
Kitob bersam, ilm bersam bo‘ldi degan niyat bilan boshlaganman.
Lekin ba’zan kimdir yonimga kelib:
“Adminmisiz? Kanal tufayli koreys tilim ancha yaxshilandi, rahmat”
— desa, vallohi shu bitta gap ming won emas, ming duo qiymatida bo‘lib ketadi.
Shunda yuragim sekin pichirlab qo‘yadi:
“Mana, to‘g‘ri yo‘l shu.”
🖤
Ilm — kimdadir chiroq, kimdadir esa o‘chgan sham.
Kimdir pul topib oilasini boqadi, bu yaxshi.
Lekin ilmli odam — bir kun kelib butun xalqni boqadi.
Kim bo‘lasiz?
Pulga qul bo‘lganlar orasidami?
Yoki ilmni mahkam tutganlar safidami?
🖤
Bu savolga har kim o‘zi javob beradi. Lekin yurakda og‘riq qoladi.
👤
Telegram
|
YouTube
|
Instagram
📥
Soulte plus 2A kitobidan
ushbu kanalga lugat
test yuklandi !