Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

KOREA YANGILIKLARI

koreayangiliklari2023
🇺🇿 Ассалому алайкум достлар 🇰🇷 ✅ Кореа ишчи визаси буйича янгиликларни шу канал оркали жойлаб борамиз Гурухимиз 2023 Йил бошидан бери фаолият олиб келяпти. Гурухимиз 👇 @korea2023E9
Subscribers
953
24 hours
7
30 days
-47
Post views
1 877
ER
194,86%
Posts (30d)
4
Characters in post
1 059
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Career
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Low
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
April 25, 13:05

April 25, 13:05

April 25, 13:05

🆘
EPS-TOPIK-koreys tilini o‘rganish uchun eng foydali va ishonchli kitoblardan biri.
🇺🇿
Bu kitob orqali nafaqat imtihonga tayyorlanasiz, balki kundalik hayotda kerak bo‘ladigan ko‘plab mavzularni ham o‘rganishingiz mumkin.
🇺🇿
Imtihonda chiqadigan asosiy grammatika va lug‘at aynan shu kitob asosida beriladi, shuning uchun uni yaxshilab o‘zlashtirsangiz, natijangiz ancha yuqori bo‘ladi.
🆘
Hoziroq yuklab oling va o‘z maqsadingiz sari dadil qadam tashlang.
🥰
Astoydil o‘rgansangiz, albatta muvaffaqiyat sizniki bo‘ladi.
EPS-TOPIK-우즈베키스탄어 1권 내지
EPS-TOPIK-우즈베키스탄어 2권 내지
🇺🇿
❤️
Ishonchli notarius, apostil va tarjima xizmatlari - faqat Ra’no opada.
📞
Тел :010-2708-6457
👇
👇
👇
👇
👇
RA‘NO OPA KOREYA
🌹
𝐑𝐚‘𝐧𝐨 𝐨𝐩𝐚-𝐨𝐦𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐚𝐟𝐨𝐥𝐚𝐭𝐢𝐝𝐢𝐫!

April 25, 12:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚫
Кореяга ноқонуний йўл билан кетишга уринманг!
Жанубий Кореда вақтинча меҳнат фаолятини олиб бориш учун Е-9 визаси фақат қонуний ва шаффоф тартибда берилади.
‼️
“Таниш-билиш” орқали нопок йўл билан ҳаракат қилиш — жазога олиб келади.
⚠️
Қоидабузарлар:
— танловдан четлатилади
— базадан чиқарилади.
✍️
Ҳалол йўлни танланг. Имконият барча учун тенг.
📲
Қонунбузарлик ёки коррупциявий хатти-ҳаракатларга гувоҳ бўлсангиз,
@anticor_migrationbot
телеграм боти, anticorruption@migration.uz электрон почтаси ёки 71-202-44-11 ишонч телефони орқали бизга хабар беринг.
👉
@uzmigration

March 09, 08:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚨
MUHIM E’LON
🇰🇷
EPS-TOPIK imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
💻
Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida
(ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida)
ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar
quyidagi havola orqali
ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin
👇
🔗
https://xorijdaish.uz/service/employee-korea
🗓
Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
9–12-mart, 2026-yil.
🏭
Ishlab chiqarish sohasi —
1500
nafar
🍽
Xizmat ko‘rsatish-1 (mehmonxona va oshxona ishlari) —
500
nafar nomzod SPAS elektron bazasiga kiritilishi rejalashtirilgan.
📌
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi video qo‘llanma va infografikada batafsil ko‘rsatilgan.
📝
Nomzodlarga
talablarni
👉
bu postda
👈
o‘qing.
⚠️
E’tibor bering:
ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish, talabga mos kelmaydigan foto yuklash, pasport ma’lumotlarida xatolik qilish
ro‘yxatdan o‘tish jarayonining muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Shu bois ishtirokchilardan jarayonni diqqat bilan, belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish so‘raladi

December 29, 07:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

🆘
Koreya mehnat vazirligining rasmiy xabariga ko‘ra 2026-yil uchun xorijiy ishchi kuchiga oid asosiy o‘zgarishlar quyidagicha.
🇺🇿
​2026-yilda"Bandlikka ruxsat berish tizimi" (E-9) orqali jami 80 ming nafar xorijiy ishchi jalb qilinishi tasdiqlandi.

Robotlashib borayotgan zamon va global iqtisodiy inqiroz tufayli ishchilarga bo‘lgan talab pasaygan.
😢
​So‘nggi vaqtlarda ishlab chiqarish sohasida bo‘sh ish o‘rinlari soni sezilarli darajada kamaygani kuzatilmoqda.

Kemasozlik sohasi uchun alohida yuritilgan kvota tizimi 2025-yil oxirida yakunlanadi.
🆘
​Kvotalarning birlashishi, bazadagi kemasozlik sohasi bo‘yicha tasdiqlangan va amal qilish muddati tugamagan nomzodlar, oldingidek umumiy "Ishlab chiqarish" (50,000 kishi) kvotasiga qo‘shib yuboriladi.
❤️
𝐑𝐀‘𝐍𝐎 𝐎𝐏𝐀 – 𝐒𝐈𝐙𝐍𝐈𝐍𝐆 𝐈𝐒𝐇𝐎𝐍𝐂𝐇𝐋𝐈 𝐗𝐀𝐁𝐀𝐑 𝐕𝐀 𝐗𝐈𝐙𝐌𝐀𝐓 𝐌𝐀𝐍𝐁𝐀𝐈𝐍𝐆𝐈𝐙!
🥇
HUJJAT ISHLARI, PRAVA APOSTIL HIZMATLARI, IMMIGRATSIYA UCHUN YOZMA TARJIMA HIZMATLARI,
🥇
Taklifnoma tuldirib berish xizmati!
📞
Тел :010-2708-6457
👇
👇
👇
👇
👇
RA‘NO OPA KOREYA
🌹
𝐑𝐚‘𝐧𝐨 𝐨𝐩𝐚-𝐨𝐦𝐚𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐚𝐟𝐨𝐥𝐚𝐭𝐢𝐝𝐢𝐫!

October 20, 21:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

2025-yil 4-tanlovi haqida ma‘lumot!
🆘
Soha va kvotalar quyidagicha belgilangan
:
Ishlab chiqarish: 13,062
Kemasozlik: 500
Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik: 1,878
Qurilish: 356
Xizmat ko‘rsatish: 596
📌
Muhim sanalar
Mehnat shartnomasining berilishi:
👉
Ishlab chiqarish, kemasozlik, konchilik:
⭕️
21-oktyabr ~ 24-oktyabr
👉
Boshqa sohalar:
⭕️
27-oktyabr ~ 30-oktyabr
👉
Kechiktirilgan mehnat shartnomasini berilishi:
⭕️
3-noyabr ~ 4-noyabr
Kanal rivoji uchun obuna bo‘ling!!
👉
Barcha sohalar uchun guruhi online
👉
Xizmatlar soxasi guruhi
👉
Qishloq xo`jaligi guruhi
👉
Ishlab chiqarish guruhi
👉
Kemasozlik guruhi

October 16, 04:32
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

🇰🇷
Узоқ кутилган янгилик: Кореяда мавсумий ишчилар дастури қайта тикланди!
Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги директори
Беҳзод Мусаев
бошчилигидаги делегация Корея Республикасининг Геонгсангнам-до (Gyeongsangnam-do) провинцияси губернатори
Pak Wansu
билан музокаралар ўтказди.
🤝
Учрашувда томонлар
E-8 мавсумий ишчи визаси
асосида
Тошкент вилояти аҳолисидан
ишчиларни танлаб олиш ва уларни провинциянинг Ҳапчон, Чонгнянг округлари ҳамда Мирянг шаҳрида 8 ой (5+3) муддатга қишлоқ хўжалиги соҳасида ишга жалб этиш бўйича
келишиб олди.
📝
Миграция агентлиги ва Геонгсангнам-до провинцияси ўртасида қишлоқ хўжалиги соҳасида мавсумий ишчи кучини жалб қилиш бўйича икки томонлама
ҳамкорлик келишуви имзоланди.
🔖
Аввалроқ Ўзбекистон
Ташқи ишлар вазирлиги
ва Корея Адлия вазирлиги
ўртасида ўтган
музокараларда
фуқароларимизни E-8 мавсумий меҳнат дастурига
қайта жалб этиш бўйича келишувга эришилган эди
. Бугун имзоланган ҳужжат эса ушбу келишувнинг амалий босқичидир.
📃
Корея Адлия вазирлиги талабига кўра, бундай келишувларда ишчи кучини юборувчи ва қабул қилувчи ҳудудлар аниқ белгиланиши шарт.
🗓
Жорий йил 23–25 сентябрь кунлари Геонгсангнам-до провинцияси губернаторининг
Тошкент вилоятига амалий ташрифи доирасида
икки ҳудуд ўртасида дўстлик меморандуми
имзоланган эди.
14 октябрда Миграция агентлиги билан имзоланган ҳамкорлик келишувида юқорида қайд этилган ҳудудлардаги мавсумий ишларга айнан Тошкент вилояти аҳолисидан ишчиларни танлаш
белгиланган.
📌
Пилот тарзда провинциянинг 3 та ҳудудидан
ишчи кучига бўлган талабнома олиш
ва 2026 йилдан бошлаб ўзбекистонлик ишчиларнинг интизоми ва самарадорлигига қараб, ҳамкорликни бошқа ҳудудларга ҳам кенгайтириш режалаштирилган.
🌾
Маълумки, 2021 йилда Ўзбекистон Кореяга E-8 визаси орқали ишчи юборган илк давлат бўлган ва 420 нафар фуқаро пилот лойиҳа асосида ишлаган эди. Бироқ, айрим ишчилар 5 ойлик шартнома муддати якунлангач ҳам ватанга қайтмагани сабабли, ушбу
виза дастури Корея томонидан тўхтатилган эди.
🤝
Кўп сонли фуқароларимизнинг мурожаатларига кўра,
икки давлат масъул ташкилотларнинг бир неча йилдан буён олиб борган музокаралари натижасида Корея ҳукумати
мазкур имкониятни яна қайта очишга қарор қилди
ва бундан унумли фойдаланишни сўраб қоламиз!
⚠️
Фуқароларимиздан меҳнат шартномаси ва Корея қонунчилигига қатъий амал қилиш, белгиланган муддатда ватанга қайтиш сўралади. Бу – келгусида бошқа фуқаролар учун ҳам ишлаш имкониятларини кенгайтириш ёки аксинча, чеклаш билан боғлиқ
муҳим омил ҳисобланади.
🕓
Жорий йил
ноябрь–декабрь ойларида
Кореянинг иш берувчи округ ҳокимликларидан
бўш иш ўринлари юзасидан талабнома
ва номзодларни олишга келишилди. Миграция агентлигининг
XORIJDA ISH
телеграм каналида бу ҳақида алоҳида
эълон берилади.
📢
Хабарни тарқатинг!
👉
Сўнгги янгиликлар учун —
@uzmigration

September 29, 21:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
DIQQAT E’LON
Janubiy Koreyada "payvandchilik" sohasi bo‘yicha ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga!
Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) hamda Migratsiya agentligi 2025-yilning ikkinchi yarmida
payvandchilik sohasi bo‘yicha malakali ishchi kuchini tanlab olish
dasturini e’lon qiladi.

Loyihada kimlar ishtirok etadi, qanday hujjatlar kerak, bosqichlari va o'quv kurslari haqida quyidagi havolada
diqqat bilan batafsil tanishib chiqing.
👇
🔗
https://telegra.ph/Janubiy-Koreyada-payvandchilik-sohasi-boyicha-ishlash-istagidagi-fuqarolar-diqqatiga-09-15
⚠️
Eslatma: Ushbu dastur EPS-Topik imtihonidan o‘tgan va
SPAS bazasida ro‘yxatda turgan nomzodlar uchun
mo‘ljallanmagan.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
71 202 33 55
Kanal rivoji uchun obuna bo‘ling!!
👉
Barcha sohalar uchun guruhi online
👉
Xizmatlar soxasi guruhi
👉
Qishloq xo`jaligi guruhi
👉
Ishlab chiqarish guruhi
👉
Kemasozlik guruhi

September 26, 11:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇰🇷
O‘zbekistonliklar uchun Koreyada mavsumiy ish dasturi qayta tiklanadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreya adliya vaziri o‘rinbosari, Koreya immigratsiya xizmati komissari Kim Jong Do bilan
uchrashuv o‘tkazdi
.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasi, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, malakalarni tan olish, noqonuniy migratsiyani kamaytirish hamda odam savdosi va jinoyatchilikka qarshi chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston fuqarolarini
Koreyada mavsumiy mehnat ishlarida (E-8) ishtirok etish dasturiga
qayta jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kanal rivoji uchun obuna bo‘ling!!
👉
Barcha sohalar uchun guruhi online
👉
Xizmatlar soxasi guruhi
👉
Qishloq xo`jaligi guruhi
👉
Ishlab chiqarish guruhi
👉
Kemasozlik guruhi