
Kreativ reklamalar | Marketing
Ko‘rdingizmi, yo‘qmi, bilmadim-u, Chorsu va Oloy bozorida stikerlar yopishtirilgan devorlar paydo bo‘libdi.
Aytishlaricha, ularning tagida kiyim-kechak, uy texnikasi va hatto zargarlik buyumlari uchun promokodlar yashiringan.
Stikerlar olib tashlansa, qandaydir yozuv ochilarkan. Qiziq, nima yozishgan ekan? Kimdir biladimi?
@kreativ_reklamalar
Twitter'dan to'g'ridan-to'g'ri iqtibos:
Dilmus va Paris bujutery yomon marketing qivvoti yolg'on hammasi
Qishloqdagilarim menga tashidi skidka ekan borib ovol deb men bo'masa video qo'yilgandan keyin 2-3 soatda yetib bordim tugab qoldi didi bo'lishi mumkinmas narsade yolg'onchilar
Odamlarni o'yin qivvotimi?
(
#
)
@kreativ_reklamalar
Hamma HR guruhlar pullik bo'lib qolibdi
Ochiq turgan guruhga kirib yozaman desam, xabarni o'chirib, pulini to'lang deyapti (qiynalib yozudim)
Hammani omadini bersin, lekin men shu sohadagilar uchun samimiy
community
tashkil qilmoqchiman
So'rab-bilib, odam kerak bo'lsa qidirib, xohlasangiz reklama qilasiz (insof bilan, albatta) — tekinga
Guruh qilib o'zimizni
@kreativ_team
'ni ishlatsak bo'ladi
Hoziroq a'zo bo'ling, "kreativ soha vakillari" jamiyatiga qo'shiling
@kreativ_reklamalar
Bugungi til bayrami kuniga qiziqarli nimadir ko'rmadinglarmi kompaniyalardan?
@kreativ_reklamalar
O'ta nordon shirinliklar sotadigan kompaniya reklamasi
😣
@kreativ_reklamalar
Katta shov-shuvlarga sabab bo’layotgan
Targetolog.ai
startapimiz uchun YORVORADIGAN MARKETOLOG
kerak
Biz sizga nima beramiz:
Har oy uchun fix oylik va Startupdan ulush
Ha, bizga bilan sherik bo’lib yonib ishlaydigan mutaxassis kerak
Sotuvni ochganimizga 1 oy bo’lmadi, lekin userlarimiz soni 400 tadan oshdi - marketologsiz ishlanganida
🤫
Bu ko’rsatkich loyiha qanchalik aktual ekanini ko’rsatadi
Taklif qiziq bo’lsa keyslaringizni yuboring, gaplashamiz:
@Abdulloh_2396
1-qism
Hammasi bitta kuzatuvdan boshlanadi
Bugundan bir seriya boshlayman: mijoz reklamani birinchi ko'rganidan pul to'laguncha qanday yo'l bosadi va har bosqichda marketolog nima qiladi. Har qismda real keyslar bo'ladi.
Birinchi qadam: mijozni tushunish. Qolgan hamma narsa shunga quriladi.
1993-yil Kaliforniya. Sut savdosi yillar davomida tushib borardi. Reklamalar bir xil gapni takrorlardi: Sut foydali, kalsiy bor. Hamma buni bilardi, lekin baribir ko'proq sut ichmasdi.
Goodby, Silverstein Partners agentligi odamlarni kuzatib, qiziq narsani topdi: odamlar sut haqida faqat bitta holatda o'ylar ekan. U tugab qolganda. Og'zingda pechenye muzlatgichni ochasan sut yo'q.
Shu kuzatuvdan Got Milk kampaniyasi tug'ildi. Reklamada sut foydali deyilmadi. Aksincha, sutsiz qolgan odamning holati ko'rsatildi. Kampaniya shunchalik mashhur bo'ldiki, keyinroq butun Amerika bo'ylab ishlatildi va reklama tarixidagi eng mashhur shiorlardan biriga aylandi.
Ikkinchi keys. 2010-yil, Snickers.
Shokolad batonchigini qanday reklama qilasan? Mazali, yong'oqli deb hamma aytadi.
BBDO agentligi boshqa narsani payqadi och odam o'zini o'zi emasdek tutadi. Asabiy, jahldor, sekin. Och qolsang, sen sen emassan g'oyasi shundan chiqdi. Reklamada och yigit keksa ayolga aylanib qolardi, Snickers yegach yana o'ziga qaytardi. Bu kampaniya 10 yildan ortiq ishlatildi va ko'plab davlatlarga moslashtirildi.
Ikkala holatda umumiy narsa nima?
• Mahsulot haqida emas, odam hayotidagi bitta lahza haqida gapirildi
• Bu lahza kuzatuv orqali topildi, ofisda o'ylab topilmadi
• Hamma aytadigan gap foydali, mazali o'rniga hech kim aytmagan, lekin hamma his qilgan narsa aytildi
Endi o'zimizga kelsak.
Rahimov Schoolda ota-onalar bilan gaplashganda, ularni asosan 4 ta narsa o'ylantiradi:
• Farzandimga qanday tarbiya beriladi?
• Bu maktab haqiqatan natija bera oladimi?
• Ustozlari kimlar?
• Muhiti qanday, bolam kimlar bilan birga bo'ladi?
E'tibor bering bularning birortasi qaysi fanlar o'tiladi degan savol emas. Ota-ona shunchaki maktab tanlamayapti. U farzandi kunining katta qismini kimlar bilan va qanday muhitda o'tkazishini tanlayapti.
Demak, reklamada faqat fanlar va dasturni sanab o'tirish yetarli emas. Ustozlarni, muhitni va bolalar bilan bo'layotgan real o'zgarishlarni ko'rsatish kerak. Ota-onani aynan shu xotirjam qiladi.
O'zingizda qanday qo'llaysiz
1. 5–10 ta mijoz bilan gaplashing. Bizni nega tanladingiz? emas, Bizga yozishdan oldin nima bo'lgandi? deb so'rang
2. Mijozlar qaysi so'zlarni takrorlayotganini yozib boring
3. Mahsulotingiz kerak bo'ladigan aniq lahzani toping: qachon, qayerda, qanday holatda
"Kir yashasak maylimi?!"
(c) Mirshakar
@kreativ_reklamalar