Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kuchlilar

kuchlilarrr
Eng kuchlilar yig'ilgan olam 🌏 🔝 Shaxsiy rivojlanish, vaqt boshqaruvi, kitoblar, moliya, biznes, odatlar, sport va boshqa kuchli TOP mavzular. 🔰 Kuchlilar safiga qoʻshiling! reklama: https://t.me/+v_t1a53dhv9mMjli
Subscribers
1 610
24 hours
100
30 days
622
Post views
904
ER
0,59%
Posts (30d)
22
Characters in post
586
December 08, 12:12

Kanalga yangi kelgan Kuchlilarim uchun…!
💥
KUCHLILAR — bu shunchaki nom emas, bu harakat.
Biz “Kuchlilar” deganda tug‘ma kuchni emas,
yaratilgan kuchni nazarda tutamiz.
Bu — har kuni 1% yaxshiroq bo‘lishga intilganlar harakati.
Ular bahona qidirmaydi, ular yo‘l qidiradi.
Ular kuchni mushakda emas, irodada, niyatda, intizomda ko‘radi.


Kuchlilar kimlar?
• Har tong o‘zini kechagidan yaxshiroq qilishga uringan inson.
• Kitob o‘qib, fikrini charxlayotgan bola.
• Harakatdan to‘xtamaydigan sportchi.
• G‘oya ustida tunda ishlayotgan tadbirkor.
• Qur’on o‘qiyotgan, ibodatda sobit mo‘min.
Kuchlilar — intizomni odatga aylantirganlar.
Kuchlilar — maqsadini jimgina bajarayotganlar.

🧠
Bizning falsafamiz:
“Har kuni 1% kuchliroq.”
Bu degani:
• Bugun bitta yaxshiroq fikr.
• Bugun bitta sog‘lom tanlov.
• Bugun bitta kichik g‘alaba.
Va shu 1% harakatlar bir yil ichida 37 baravar o‘sish beradi.
Bu — kuchlilarning matematikasi.

🛡️
Kuchlilar logosi nimani bildiradi?
• Markazdagi inson — o‘zini yengayotgan odam.
• Qanotlar — orzu, ruh, iymon va erkinlik.
• Qora rang — qat’iyat.
“Biz parvoz qilamiz, chunki ichimizda og‘riqni kuchga aylantirgan qanotlar bor.”

🔥
Bizning maqsad:
Odamlarga o‘z kuchini eslatish.
Har bir inson ichida yashirin quvvatni uyg‘otish.
Jamiyatda “harakat, iymon, bilim va barqarorlik”ni odatga aylantirish.
Kuchlilar — bu platforma emas, bu rivojlanish falsafasi.

💪
Bizning shior:
“Har kuni 1% kuchliroq.”
Harakatni boshlash uchun katta imkon kutma — bugun bir qadam tashla.
Bir kun sen orzu qilgan hayot ham kuching, iymoning, mehnating natijasiga aylanadi.

December 08, 10:02

Tanlashvoringlarchi doʻstlar! Qaysi birini tanlaymiz? Qaysi birini Kuchlilar logotipi sifatida koʻrasiz? Burgutmi yoki qanotli Inson? “Burgut” deganlar -
🦅
“Inson” deganlar -
🔥
Hamma ovoz bersin shunga qarab kanal va loyiha uchun shu logoni olamiz.
Menga…

December 08, 02:28

Kuchlilar
pinned a photo

December 08, 00:49
Media unavailable
4
Show in Telegram

Kutilgan kunlar…
Sizlarni bilmadim-u men bu yomgʻirlarni juda sogʻindim. Butun kuz boʻyi kutdim. Nasib dekabrda keldi.
Ilgarilari yomgʻirlar sharros edi, jala beayov edi. Qishlar qattiq, qorlar betinim edi. Qani oʻsha kunlar?
Tabiatan yomgʻirni yaxshi koʻraman. Yomgʻir ostida yurishni aytmasa ham boʻladi. Oldinlari yomgʻirlar odatiy hol edi, bugunga kelib zaruratga aylandi. Tabiat zaifashdi, uni oʻzimiz zaiflashtirdik. Toshkentning ifloslantirilgan havosi yomgʻirga juda muhtoj shu kunlarda.
Butun Oʻzbekiston masjidlarida Allohdan yomgʻir soʻrab istisqo namozi oʻqildi. Alloh mehribon: duolarni, iltijolarni qabul qildi.
U
naqadar oliy, rahmdil va yaqin. Soʻrasang bersa, tavba qilsang kechirsa, duo qilsang ijobat qilsa…
Bu ham aqlli insonlarga belgidir:
Mana bu oyatni o'qisam faqat Toshkentdagi iflos havo hayolimdan ketmayapti. Yomg'irlar bu changlarni yuvib ketsin, ilohim.
“U aql yuritmaydiganlarga oʻta ifloslikni ravo koʻrur.” (Yunus surasi, 100-oyat
)
Alloh hammamizni isloh etsin!
📇
Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!
🦅
Kuchlilar hamjamiyati

December 07, 16:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nega logotip mavzusini koʻtardim?!
Logotip
ko‘pchilik o‘ylagandek shunchaki chiroyli belgi emas. Keling, muvaffaqiyatli kompaniyalar misolida logotipning haqiqiy rolini qisqa, aniq va kuchli qilib tushuntirib beraman:

🚀
1. Logotip — kompaniyaning eng birinchi taassuroti
Odam brend bilan uchrashganda birinchi ko‘radigan narsa — logotip.
Shu uchun Apple’ning olmasi, Nike’ning “swoosh”i. (
👕
) yoki McDonald’s’ning
🍟
harfi darrov taniladi.
Miya uchun bu “tanish belgidir”.
🔥
2. Logotip — brendning yuzidir
Har bir katta brendning o‘z yuzi bor:

📱
Apple — minimalizm

🌟
Coca-Cola — quvonch

🚗
Ferrari — qudrat

🔍
Google — rangli va o‘ynoqi
Bu logotip orqali odam brendning xarakterini his qiladi.

💡
3. Logotip — ishonch yaratadi
Har bir global kompaniyaning logotipi ko‘p marotaba ko‘riladi:
• reklama
• mahsulot
• shakl
• reklama bannerlar
• internet
• TV
Va asta-sekin logotip bizning ongimizda “ishonch ramzi”ga aylanadi.
📌
4. Logotip — identifikatsiya quroli
Logotip odamga shuni deydi:
“Bu biz!”
Yoki “bu ular!”
Shuning uchun brendlar logotipni o‘zgartirishdan qo‘rqadi — odam uni yo‘qotishi mumkin.


5. Ko‘rinmas psixologik kuch
Katta kompaniyalar logotip orqali ma’lum his uyg‘otadi:
• Apple = innovatsiya
• Mercedes = hashamat
• Amazon = tezlik
• Nike = g‘alaba
Odam shu hissiyot uchun pul to‘laydi.
Ana shunaqa doʻstlar? Ma’lumot foydali boʻlgan boʻlsa reaksiyalar kutib qolaman. Tepadagi
soʻrovnomani
hozircha ochiq qoldiramiz, qolganlar ham fikr bersinchi…
💲
100.000soʻm
yutaman deganlarga ham maydon keng.
🦅
Kuchlilar hamjamiyati

December 07, 09:10
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

Tanlashvoringlarchi doʻstlar!
Qaysi birini tanlaymiz? Qaysi birini Kuchlilar logotipi sifatida koʻrasiz? Burgutmi yoki qanotli Inson?

Burgut” deganlar -
🦅
“Inson” deganlar -
🔥
Hamma ovoz bersin shunga qarab kanal va loyiha uchun shu logoni olamiz.
Menga ikkalasi ham yoqdi. Boshqa variantlarni ham qabul qilamiz. Agar siz bergan logotip menga yuqoridagi ikkalasidan koʻra koʻproq yoqsa
💰
100.000 soʻm mendan, Kelishdikmi?!

December 07, 08:53

Salom Kuchlilarim!
Sizlarni bu yerda koʻrib turganimdan oʻtaa xursandman.
Bugun Kuchlilar logotipini oʻzgartirmoqchiman.
Nima deysizlar?

December 06, 15:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mana bu endi yaxshi xabar. Kechagi yomg'ir o'zini samarasini berdi. 3-4 kun oldin Changkent 1-o'rinda edi. Havomiz ozroq bo'lsa ham tozalandi, alhamdulillah.
Kim qaysi shahardan? Havolaringiz tozami?

December 05, 03:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bizga juda juda koʻp yomgʻir kerak. Toshkent allaqachon eng iflos havoli shaharlar roʻyxatida
peshqadam
. Afsuski…
Hamjamiyat tibbiy niqoblardan foydalanishni, havo tozalagichlarni tavsiya qilyapti.

December 05, 03:21

Yomgʻirni yoqtirganlarga salomlar!
Hamma sogʻ-omonmi?
Dekabrni ham boshlab oldik. Kunlar ayovsiz oʻtib bormoqda. Maqsad sari qadam bosganlar yil soʻnggini xotirjam yakunlaydi. Maqsadlaringiz bor boʻlsa, ular sari jadal yuring, yurolmasangiz emaklang, sudraling. Lekin bemaqsad boʻlmang. Ehtimol shu oxirgi 25 kun oʻtgan butun yilingizning eng yaxshi kunlari boʻlar.
Barokatli juma kunida Alloh hammamizga kuch-quvvat ato etsin!