Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kundalik.com I Buxoro viloyati

kundalikbuxoro
Халқ таълими соҳаси ва kundalik.com сайтидаги янгиликлари ҳақида маълумот берувчи ўқитувчилар канали.
Subscribers
3 338
24 hours
-11
30 days
7
Post views
326
ER
9,77%
Posts (30d)
239
Characters in post
730
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 12:13
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Videoinfografika
📊
2026-yil davomida maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari VIDEOINFOGRAFIKAda.
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 11, 09:42

Мактабда бир йиллик тайёрлов гуруҳига тарбиячи бўлиб ишлашим мумкинми?
Cавол:
Assalomu alaykum! Men universitetda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida oʻqiyman. Hozirda 3- kursga oʻtdim. Maktabga bir yillik tayyorlov guruhiga tarbiyachi boʻlib ishlasam boʻladimi? Diplom boʻlishi kerak deb qabul qilmadi. Bu toʻgʻrimi?
ЖАВОБ:
Вазирлар Маҳкамасининг 275-сон қарори билан тасдиқланган Низомнинг 8-бандига кўра, педагогика йўналишида кундузги, кечки ёки сиртқи шаклда
3-курсда ўқиётган талабалар умумтаълим муассасаларида педагогик ишга қўйилиши мумкин
.

Шу сабабли бошланғич таълим йўналишининг
3-курс талабаси сифатида мактабдаги бир йиллик тайёрлов гуруҳига тарбиячи бўлиб ишлашингиз мумкин.
🚫
«Дипломингиз йўқ»
деган асоснинг ўзи билан
рад этиш тўғри эмас.
Бунда сизга
ўрта махсус маълумотли тегишли ходимнинг
базавий тариф ставкаси бўйича
иш ҳақи
белгиланади.
❗️
Бироқ ушбу қоида
мактабни сизни мажбурий равишда ишга қабул қилишга мажбурламайди.
Бўш иш ўрни мавжуд бўлиши, ўқиш ва иш жадвали мос келиши ҳамда лавозимнинг малака талабларига жавоб беришингиз
керак.
Директордан рад этиш сабабини ёзма равишда беришни сўрашингиз мумкин.
Вазирлар Маҳкамасининг 275-сон қарори
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 11, 07:24
Media unavailable
3
Show in Telegram

#PISA_2025natija
PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalariga bag‘ishlangan taʼlim forumi jarayonlari.
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 11, 06:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

PISA 2025: o‘quvchilar sun’iy intellektdan qanday maqsadlarda foydalanmoqda?
PISA 2025 natijalariga ko'ra, o‘quvchilar sun’iy intellektdan, asosan:
🔺
yangi mavzuni o‘rganishda yordam olish;
🔺
mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni izlash;
🔺
o‘qilgan matnni umumlashtirish;
🔺
yozma topshiriqlar uchun matn tayyorlash
maqsadlarida foydalanmoqda.
O‘quvchilarning
45 foizi
sun’iy intellektdan yangi mavzuni o‘rganish uchun kamida haftada bir marta foydalanishini bildirgan. Ushbu ko‘rsatkich mavzu bo‘yicha dastlabki izlanish olib borishda
31 foiz
, matnni umumlashtirishda
30 foiz
, yozma topshiriqlar uchun matn tayyorlashda esa
29 foizni
tashkil etgan.
Natijalar o‘quvchilar sun’iy intellektdan tayyor javob olish bilangina cheklanmay, bilim olish, axborotni qayta ishlash va yozma topshiriqlarni bajarishda yordamchi vosita sifatida ham foydalanayotganini ko‘rsatadi.
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 11, 06:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎓
NAJOT — BILIMDA!
Bugungi zamonaviy ta’lim o‘quvchidan nafaqat bilim olishni, balki
yangicha fikrlash, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, sun’iy intellekt va zamonaviy kasblar sirlarini o‘rganishni
ham talab etmoqda.
🤖
Qorako‘l tumani 26-umumta’lim maktabida
ham o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning IT, robototexnika hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Videolavhada maktab pedagoglarining ilg‘or tajribasi, o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalar asosida bilim olayotgani, amaliy loyihalar yaratishga bo‘lgan intilishi hamda
“5 million sun’iy intellekt yetakchilari”
tashabbusi doirasidagi faoliyatlar yoritilgan.
🏆
Pedagoglarning tanlov va loyihalardagi munosib ishtiroki, o‘quvchilarning robototexnika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha egallayotgan ko‘nikmalari — ta’limda yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.
🔘
Bilimli avlod — taraqqiyot poydevori.
🤔
Zamonaviy bilim, innovatsiya va texnologiya esa kelajak sari eng ishonchli yo‘ldir!
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 10, 23:52
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Asosiy jadval hali tasdiqlanmaganmi?
eMaktabda bir necha kun yoki hafta uchun vaqtinchalik jadvalni e’lon qilish mumkin. U doimiy jadval kabi yaratiladi: darslar generatorida hafta sxemasini sozlash va e’lon qilish davrini tanlash kerak.
✔️
Yaratishdan oldin quyidagilarni tekshiring:
• sinflar sozlamalari;
• sinflarga biriktirilgan hisobot davrlari va qo‘ng‘iroqlar jadvallari;
• asosiy va tanlov fanlari sozlamalari.
Muhim: darslarni qo‘shishda EduERP bilan to‘g‘ri moslashtirilgan fanlarni tanlang. Tanlov mashg‘ulotlari uchun tegishli tanlov fanini ko‘rsating.
❗️
Fanlar va jadval sozlamalari jurnalning ishlashiga ta’sir qiladi. Agar jurnalga rasmiy TMR yuklangan bo‘lsa va tizim sozlamalar yoki jadvaldagi nomuvofiqlikni aniqlasa, jurnalda mas’ul xodim uchun avtomatik ogohlantirish paydo bo‘ladi. U bilan tanishib, sababini bartaraf eting — tizim sozlamalarni avtomatik ravishda tuzatmaydi.
Asosiy jadval tasdiqlangach, darslar generatoridagi hafta sxemasiga kerakli o‘zgartirishlarni kiriting va uni o‘quv yilining qolgan barcha haftalariga e’lon qiling.
🎥
Bosqichma-bosqich videoqo‘llanma
👇
🔗
YO‘RIQNOMANI KO‘RISH
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 10, 12:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

☺️
☺️
☺️
☺️
☺️
☺️
PEDAGOGIK ATTESTATSIYA SPETSIFIKATSIYASIDA TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI RASMIY VEB-SAYTDA
🌟
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir malaka sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabgorlar uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasida tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi rasmiy veb-sayti
orqali havola etiladi.
📚
Mazkur adabiyotlar ro‘yxati orqali talabgorlar malaka sinovlariga tayyorgarlik jarayonida foydalanishlari mumkin.
❗️
Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
🌐
Batafsil
ma’lumot va adabiyotlar
ro‘yxatini markazning rasmiy veb-sayti orqali yuklab oling.
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 10, 08:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

15 сентябрь куни Самарқанд шаҳрида 46-Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси бошланади
Олимпиаданинг илк тур баҳслари
16 сентябрда
старт олади. Жамоалар
11 тур
давомида ғолиблик учун кураш олиб боради. Очилиш маросими
15 сентябрга,
сўнгги тур ва ёпилиш маросими эса
27 сентябрга
белгиланган.
Олимпиада билан бир вақтда Самарқанд
FIDE Конгрессига
ҳам мезбонлик қилади.
24 сентябрда
шахматни таълимга интеграция қилишга бағишланган
FIDE таълим саммити
,
25 сентябрда
эса қатор
зонал сайловлар
ўтказилади.
26–27 сентябрь
кунлари
FIDE Бош ассамблеяси
бўлиб ўтади.
26 сентябрда ташкилотнинг кейинги тўрт йиллик раҳбарияти сайланади.
Бош ассамблеяда
2030 йилги Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси мезбони
ҳам аниқланади.
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 10, 07:29
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
2031-YILGAÇA DARSLIKLAR YANGI ALIFBOGA ÖTADI.
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz

September 10, 07:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Янги алифбо ОАВ учун мажбурий бўлиши режалаштирилмоқда
Сенатда лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига ўзгартириш киритиш масаласи муҳокама қилинди.
Давлат тилини ривожлантириш департаменти раҳбари Нодиржон Жонузоқовнинг айтишича, қонун кучга киргач, ОАВ, давлат идоралари ва расмий иш юритишда янги алифбодан фойдаланиш мажбурий қилиб белгиланиши режалаштирилмоқда.
Фуқаролар шахсий ёзишмаларда эса ўзлари ўрганган алифбодан фойдаланиши мумкин бўлади.
Шунингдек, янги алифбони клавиатура ва рақамли дастурларга мослаштириш, матнларни амалдаги ёзувдан янги алифбога автоматик ўгириш имкониятларини жорий этиш кўзда тутилган.
eMaktabuz
📙
https://t.me/kundalikbuxoro
📗
https://t.me/emaktabuz