
Kun hikmati
#2133
Abdulloh ibn Xubayq rohimahulloh aytadilar:
"Ertaga (qiyomatda) senga zarar boʻladigan narsadan gʻam chek. Ertaga (qiyomatda) senga foydasi tegmaydigan narsadan esa xursand boʻlma"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2132
Abdulloh ibn Xubayq rohimahulloh aytadilar:
"Senga yaxshilik qiladigan zot (Alloh)ga itoatsizlik qilar ekansan, senga yomonlik qiladigan (boshqalar)ga qayerdan ham yaxshilik qilar eding ?!"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2131
Abu Abdulloh An-nabojiy rohimahulloh aytadilar:
"Moʻmin uchun jannatni koʻp sanamanglar. Chunki u jannatdanda buyuk neʼmatni egallagan :
"Allohni tanish va unga iymon keltirish""
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2130
Abu Ubayda Al-xovvas rohimahulloh aytadilar:
"Menga xabar qilinishicha, tiriklar amallari oʻliklarga roʻbaro qilinadi. Endi sen amallaringdan nimalar Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga roʻbaro qilinishiga qarab qoʻy"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2129
Abu Muoviya al-asvad rohimahulloh aytadilar:
"Dunyoda moʻminlarga yetgan hech qaysi musibatning ularga zarari yoʻq. Zero Alloh ularga yetgan har qanday musibatni jannat bilan toʻldirib yuboradi"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2128
Abu Muoviya al-asvad rohimahullohni birov haqorat qilsa aytar edilar:
"Allohim , uni mening qarshimga chiqarishinga sabab boʻlgan mening gunohimni kechir"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2127
Muxollad ibn Husayn rohimahulloh aytadilar:
"Alloh taolo bandalarini nimagaki targʻib qilsa albatta shayton unga ikki ish bilan eʼtiroz bildirib bandaning qarshisiga chiqadi. Shayton bu ikki ishning qaysi biriga erishsa ham unga qizigʻi yoʻq:
1-Unda g'uluv ketish
2-Uni noqis bajarish "
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2126
Abu İs'hoq alfazoriy rohimahulloh aytadilar:
"Kimda kim "Hamma holatda Allohga hamd boʻlsin" desa, agar neʼmat holida boʻlsa bu unga shukr, musibat holida boʻlsa unga taʼziya boʻladi"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2125
Abu İs'hoq alfazoriy rohimahulloh aytadilar:
"Odamlardan unga juda goʻzal maqtovlar aytiladigan qancha kishilar borki Allohning huzurida uning pashshaning qanotichalik ham qadri yoʻqdir"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat
#2124
Abu Bakr al-hiloliy rohimahulloh aytadilar:
"Odamlar fazilatli amallarga himmatlarini tikib farzlarni zoyi qiladilar. Natijada na fazilatga yetishadilar na oʻzlariga topshirilgan farzni ado qiladilar. Vaholanki kishi oʻziga topshirilgan farizatni ado qilsagina unga koʻp fazilatni ishonib topshiriladi. Kim oʻzining vazifasini ado qilmasa na ozda na koʻpda unga ishonilmaydi"
(Sifatus-sofvah)
@Kunhikmat