
Laziz Hamidov
Va nihoyat, “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga kompensatsiya to‘liq to‘lab berilibdi. (
#
)
Har bir viloyat, shaharda jamoat transporti rivojlanaversin. Mana shunaqa xabarlar “Lolazor”dagi “yaxshi xabarlar” ruknimizning asosiy mavzusi boʻlib qoldi, bu zoʻr.
O‘zbekistondagi ilk islomiy bank kimniki?
Markaziy bank O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun ilk litsenziyani “Open bank” AJ ga
berdi
.
Ochiq
ma’lumotlarga ko‘ra
, ushbu muassasa ta’sischisi “Future Open Technology Group” AJ bo‘lib, u kompaniyaning 100 foiz ulushiga egalik qiladi.
2025-yilning sentyabrida avvalgi “Smartbank” o‘z nomini “Openbank”ka
o‘zgartirgandi
. “Smartbank” O‘zbekistonda raqamli bank sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganida (2022-yil)
Gazeta.uz
o‘z manbasiga tayanib ushbu bank “Agrobank”ning sho‘basi ekanini
yozgan
.
Demak, “Agrobank”ning sho‘basi hozirda O‘zbekistondagi ilk islomiy bank bo‘ldi.
Oʻzbekiston TIV ijtimoiy tarmoqlarda (ayniqsa Twitter’da) Eronning ayrim boshqa davlatlari sahifalarida e’lon qilingan Oʻzbekiston tarixiy-madaniy merosi bilan bogʻliq bayonotlar yuzasidan Eron elchisini chaqirtiribdi.
Oʻzbekiston iqtisodi eng tez oʻsayotgan davlatlar qatorida ekan. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi prognozlariga koʻra, real yalpi ichki mahsuloti 7,8 foizha oʻsadi. Qoʻshni Qirgʻiziston iqtisodi esa 9 foizga koʻtarilishi prognoz qilinib, bizdan yuqoriroqda qayd etilgan.
Qurilish vazirligi xato ketganini tan olib, endi shunisini hisobga olaveringlar,
debdi
.
Yangi Kia Sonet Prime — yorqin uslub va har kunlik qulaylik!
🚘
Endi qulay muddatli to‘lov shartlarida:
🔥
Oylik to‘lov — 5 997 778 so‘mdan
✔️
Boshlang‘ich to‘lov — 60%
✔️
Muddat — 18 oy | 0% yillik stavka
Bepul test-drayvga yoziling va to‘lov jadvalini oling!
📍
Kia Sergeli
📞
+998 (55)500-56-65
Shartlar individual hisoblanadi. Sug‘urta majburiy.
Reklama
Avtobuslarda
islohotlar
. Endi boshqa turdagi shikoyatlarni, masalan, intervallarga amal qilinishini ham bir koʻrib chiqib, toʻgʻrilashsa yaxshi boʻlardi.
Oʻzbekistonda dronlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilarkan. Hozircha qishloq xoʻjaligida ishlatish uchun. (
#
)