Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Logoped.uz · Sabina Azizova

logoped_azizovasabina
Logopedlar, defektologlar uchun kanal. Metodika, diagnostika, amaliy materiallar, trening va seminarlar. Asoschi — logoped-defektolog Sabina Azizova. Logoped.uz markazlari tarmog'i. Instagram: instagram.com/logoped.azizova Telegram: @logopedazizova
Subscribers
5 563
24 hours
3
30 days
175
Post views
945
ER
16,99%
Posts (30d)
40
Characters in post
911
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 25, 08:59

Hali ham yozdirmaganlar bo’lsa aloqaga chiqinglar
👇
Joylar yarmi to’ldi, yozdiraman deganlar ko’p lekin band qilinmagan.
Faqat 50 ta mutaxassis olamiz tamom
@maxsus_pedagog

October 25, 08:58
Media unavailable
3
Show in Telegram

October 25, 08:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

October 24, 04:23

Seminarga yozdiraman deganlar ulgurib qolinglar, bugun yana bir ajoyib yangilikni e’lon qilaman.
Xabaringiz bor hozir Sabina Azizova va Mr.Jan Nukus shahridalar.
Kecha bir ajoyib taklif bilan chiqibdi xitoylik mutaxassisimiz, bugun shu videoni sizlarga ham yuboramiz.

October 24, 04:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

“C-PEP 3 treningidan keyin o‘zim diagnostika qila olamanmi?”
Bu savolni bizga juda ko‘p berishadi.
Javob —
yo‘q
.
Chunki treningning maqsadi sizni diagnost qilish emas.
Bu yerda ikki tushunchani ajratish juda muhim:
1. Diagnostika
2. Diagnostikadan keyingi korreksion ish
Bola C-PEP 3 bo‘yicha diagnostikadan o‘tadi, natijalar tahlil qilinadi va uning rivojlanish darajasiga mos individual korreksion dastur tuziladi.
Shundan keyin esa korreksion pedagogning ishi boshlanadi.
Siz:
— bolaning qaysi funksiyalari zaifligini;
— nimadan boshlash kerakligini;
— qanday topshiriqlar berishni;
— qaysi ketma-ketlikda ishlashni tushunasiz.
Ya’ni sizda
aniq yo‘nalish va aniq dastur
bo‘ladi.
C-PEP 3 amaliy treningida aynan shu tizimni, protokolni va korreksion dastur bilan ishlashni amaliy ko‘rsatamiz.
📌
Faqat 50 ta joy.
📩
Ro‘yxatdan o‘tish:
@logoped_admin
@maxsus_pedagog
Admin Mardona: 77 488 53 57
Admin Moxizar: 77 784 14 04

October 21, 04:40

29-oktabr, payshanba · 14:00–17:00
📍
Bentley mehmonxonasi, konferensiya zali
👥
50 joy
Sabina Azizova · Mr.Jan (GROW ASD) · Shaxlo Atamuhamedova · Moxira Baxadirova
Olib ketasiz: haqiqiy protokol nusxasi va materiallar, ikkita tahlil qilingan holat, sertifikat va 10-oktabr seminarining to’liq yozuvi.
Narx:
3 kishi bo’lib kelsangiz — har biringizga 1 200 000
2 kishi — har biringizga 1 300 000
Yolg’iz — 1 450 000
10-oktabr seminarida bo’lgan bo’lsangiz — 1 200 000
Hamkasbingizni chaqiring — ikkalangizga ham arzon tushadi.
Telegram:
@logoped_admin
Telegram:
@maxsus_pedagog
Admin Mardona: 774885357
Admin Moxizar: 777841404

October 21, 04:38

«Onlaynda bo’ldim. Nega yana oflaynga kelishim kerak?»
Bu savol har kuni keladi. Uchta sabab aytaman — uchalasi ham onlaynda berib bo’lmaydigan narsalar.
1. Protokolni to’ldirish — bu ko’nikma, bilim emas
10-oktabrda siz hisobotni o’qishni ko’rdingiz. Bu — bilim.
Protokolni to’ldirish esa butunlay boshqa narsa. Bu — ko’nikma. Va ko’nikma faqat bitta yo’l bilan o’rganiladi: qilib ko’rish va xatoni o’sha paytning o’zida tuzatish.
Birinchi marta to’ldirganda deyarli hamma bir xil joyda adashadi:
— Bolaga bilmasdan yordam berib yuboradi. Shunda siz bolaning emas, o’z yordamingizning natijasini o’lchaysiz.
— E ni P deb belgilaydi. «Qila oldi-ku» bilan «barqaror qila oladi» — ikki xil narsa.
— Takrorlar sonini o’zicha belgilaydi, holbuki protokolda har bir proba uchun aniq yozilgan.
Bu xatolarni videodan o’qib tuzatib bo’lmaydi. Yoningizda turgan odam «mana shu yerda to’xtang» deyishi kerak.
2. Kitobda javobi yo’q savollar
Protokolda shunday paytlar bo’ladiki, javob ko’rsatmada yozilmagan:
— Bola yarim javob berdi. Bu E mi yoki P?
— Proba o’rtasida charchadi. Qayta o’tkazamizmi?
— Ota-ona yonida o’tirib, bolaga shivirlab aytyapti. Nima qilasiz?
Men bunga umumiy javob bera olaman. Lekin sizning holatingizga aniq javob — faqat o’sha payt, o’sha bolani ko’rib turib beriladi.
29-oktabrda zal to’rt guruhga bo’linadi. Har bir guruhda 8–12 kishi va bitta ustoz. Shuning uchun 50 ta joy — beshinchi guruhda ustoz hammaga yetib bormaydi.
3. Mr.Jan zalda bo’ladi — va u Toshkentda qoladi
U GROW ASD’dan, metodika bo’yicha bizning ustozimiz.
Va u mehmon emas. Uning markazi Toshkentda, u shu yerda yashaydi va ishlaydi.
Bu nima degani. Ko’p treningda chet ellik mutaxassis keladi, gapiradi va uchib ketadi. Savol esa bir oydan keyin chiqadi — va murojaat qiladigan odam qolmaydi.
Bu yerda boshqacha. 29-oktabrda u guruhlar orasida yuradi va savolingizga qo’lingizdagi protokolga qarab javob beradi. Trening tugagandan keyin ham u shu yerda qoladi.

October 20, 05:14

Namangan. 21–22 oktabr. Sensor integratsiya.
Bitta holatni aytay — siz buni taniysiz.
Bola kabinetga kiradi. O’tirmaydi. Stol ustidagi narsalarni yerga tashlaydi. Siz tayyorlagan reja bugun ishlamaydi.
Keyingi safar ham. Undan keyingi safar ham.
Ko’p mutaxassis bu yerda ikkitadan birini qiladi: yo o’zini ayblaydi, yo «bola hali tayyor emas» deydi va kutadi.
Lekin ko’pincha sabab boshqa joyda. Bola sizni eshitmayapti emas — u o’z tanasini his qila olmayapti. Sensor ma’lumot unga tartibsiz kelayapti va u avval shuni hal qilishi kerak, keyin nutq navbati keladi.
Sensor integratsiya nutq mashg’ulotiga raqobatchi emas. U undan oldin turadi.
21–22 oktabr, Namangan. Ikki kun, amaliy trening.
Sabina Azizova va Shaxlo Atamuhamedova
olib boradi.
1-kun — tushunish
Sensor integratsiya nima va u qanday ishlaydi
Asosiy sensor analizatorlar
Sensor tizimning bolaning rivojlanishidagi o’rni
Kabinet uchun kerakli jihoz va inventar
2-kun — amaliyot
Sensor buzilishlarni aniqlash: bolani qanday to’g’ri tekshirish
Qaysi analizator qanday ishlayotganini aniqlash
Mashqlarni qo’llash — jihozlar bilan, o’z qo’lingiz bilan
Holatlar tahlili
Farg’ona vodiysidan kelishni rejalashtirgan bo’lsangiz — Andijon va Farg’onadan yo’l bir-ikki soat. Ikki kunga kelishga arziydi.
Narxi: 100$
Ikki kishi bo’lib kelsangiz: 75$
📩
@SayyoraValiyevna
Joylar cheklangan — amaliy format, har bir ishtirokchi jihoz bilan ishlaydi.

October 19, 10:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

💛
FARZANDINGIZ RIVOJLANISHI HAQIDA SIZNI NIMA O‘YLANTIRYAPTI?
Har bir ota-ona farzandi uchun eng yaxshisini istaydi.
❤️
B
a’zan esa xayolimizda turli savollar paydo bo‘ladi…
💭
Farzandim nega hali gapirmayapti?
💭
Ismini aytsam, nega har doim ham javob bermaydi?
💭
Boshqa bolalar bilan muloqot qilishga qiynalsa, nima qilishim kerak?
💭
Farzandim bilan uyda qanday shug‘ullansam bo‘ladi?
💭
Qaysi mutaxassisga murojaat qilganim ma’qul?
Agar sizni ham shunday savollar o‘ylantirayotgan bo‘lsa, biling: savol berish va to‘g‘ri yo‘l izlash — farzandingizni qo‘llab-quvvatlash sari muhim qadam.
🤍
Har bir bolaning rivojlanishi o‘ziga xos. Muhimi, bolani boshqalar bilan solishtirish emas, uning ehtiyojlarini tushunish va kerakli yordamni o‘z vaqtida izlashdir.
👇
Keling, bugun sizni tinglaymiz!
Farzandingiz rivojlanishi haqida sizni eng ko‘p qaysi savol qiziqtiradi?
Izohlarda yozib qoldiring. Savollaringiz asosida keyingi postlarimizda foydali ma’lumotlar beramiz.
💬
https://t.me/logoped_azizovasabina
#LogopedUz
#OtaOnalarUchun
#LogopedMaslahati

October 18, 04:17
Media unavailable
2
Show in Telegram