
📖 Mabdaul-qiroat 📖
Фарзандингизга ўйинчоқ олиб беринг. Қўйинг, ўйнасин: бузсин, синдирсин, яна тузатишга уринсин. Нима қилса қилсин — ахир бу ўйин.
Чунки ҳаётнинг ўзи ҳам бир ўйиндир. Агар инсон ёшлигида ўйин қоидаларини ўрганмаса, катта бўлганида бошқалар уни ўйинга солади. Шунда эса унга қандай ўйинлар қилинганини ҳам англамай қолиши мумкин.
Болаликдаги ўйин — келажак ҳаётининг машқи.
Ихтиёр сенинг қўлингда, эй ота, эй она.
✍️
#Хотира_дафтари
Тоғ тоғ билан учрашмаса ҳам одам одам билан юзлашаркан
ҲЕЧ КИМНИ КИТОБ ЎҚИШДАН ҚАЙТАРМАНГ
Бундан анча йиллар олдин ҳужрамизга Имом Таҳовийнинг ақидаси китобининг арабча матни ва таржимаси ёзилган нусхасини уйимиздан олиб келган эдим. Бир куни ўша китобни ўқиб турсам (мақсадим ақида ўрганиш ва сифатли таржимани ўрганиш эди), домламиз келиб қолди. Шомдан кейин эди, ўша вақт шерикларим билан «Унвонул баён»ни мурожаа қилаётган эдик. Менга қараб: «Фалончи, ақидангиз бузуқми?» деб сўради. (Ақида ўқимаган одамда қандай ақида бузуқ бўлсин?) Бир нималар деб жавоб бердим, эсимда йўқ. Шунда домла: «Ўзбекча таржима китоб ўқиманг, арабчангизга таъсир қилади, шунга суяниб қоласиз», деб бир нималар айтган. Хуллас, шундан кейин у китобни бирон марта очганимни эсламайман.
Аллоҳ кечирсин домлани, бу хато эди. Мен анча кеч билдим: ёш боланинг қалби жуда-жуда нозик шишага ўхшайди, тезда синиб қолади. У новда — бир чертсанг, синиб қолади.
Ўзбекча кўп китоб ўқимаганман, лекин ўқиб турардим. Аллоҳ билади, ўша сўзлар балки ундан кейин Туркия риҳлатигача деярли ўзбекча китоб ўқимаслигимга сабаб бўлди...
Бировнинг энди униб-ўсаётган ниҳолини тез қуритиб қўйманг. Ўқиганни эмас, ўқимаганни қайтаринг.
Қиссадан ҳисса ва эслатмалар:
1. Кимдир сизга яхшилик қилишни қасд қилар, лекин билмасдан ёмонлик қилиб қўяр экан.
2. Жуда таъсирчанлик ёмон нарса экан.
3. Еталатма бўлмаслик керак экан.
4. Устоз дегани хато қилмайдиган зот эмас экан.
5. Ўқиганни эмас, ўқимаганни қайтариш керак экан.
6. Таржима ўқиш айб эмас, балки тушунишга кўприкдир. Кўприкни бузиш эмас, уни мустаҳкамлаш керак.
7. Ҳақиқий устоз — шогирдининг қанотини қайирмайди, балки парвозига йўл очади
8. Инсон баъзан бир гап сабаб йилларча орқага чекиниши мумкин; шунинг учун сўзни ўйлаб айтиш — ҳикматдандир.
9. Илм йўлида қилинган ҳар бир қадам, кичик бўлса ҳам, қадрлидир; уни камситиш эмас, қўллаб-қувватлаш керак.
10. Мақсад тўғри бўлиши, восита(айтилятган гап) тўғри дегани эмас экан.
📝
Нима ҳам дер эдик… Шуни билинг: «Йигит киши қирқ йилда бино бўлади», деганларидек, тажрибалар ҳам, хатолар ҳам инсонни пишитиб борар экан.
Домламиздан Аллоҳ рози бўлсин.
118-xotira :
"Sharʼiy va qadariy roʻza"
Tabobatda aytilishicha dardlarning asosi harakatsizlik va keraksiz moddalar jismda toʻplanishida ekan.
Ramazon esa shu ikkisiga qarshi kurashib davolanish oyidir.
Kunduzi Roʻza tutib ochlik bilan kechasi esa tungi namozlardagi serharakatlik bilan jismdan keraksiz moddalar haydaladi.
(Albatta buning uchun iftorlikda ikki barobar yemaslik, tungi namozlarni qush kabi oʻqimaslik va masjidning eshigi tagiga qadar ulovda bormasdan sunnatga muvofiq piyoda yurib borish shart qilinadi)
Ochlikda jism oʻz oʻzini tozalab jasadda behuda oʻrin egallab yotgan oʻlik va keraksiz hujayralar yemiriladi.
Bu keraksiz hujayralar saraton va rak kabi oʻsimtalar hosil boʻlishining asosiy sabablaridan.
Unga tungi namozni qoʻshilsa bu jarayon yanada faollashadi.
Demak sunnatga muvofiq tutilgan roʻza va sunnatga muvofiq oʻqilgan tungi namozlar kishini ramazondan keyin jismonan "yangilanib" chiqishiga sabab boʻladi
Tabaroniy rivoyat qilgan (zaif ammo maʼnosi toʻgʻri) hadisda aytiladi:
"Roʻza tutinglar sogʻlom boʻlasizlar"
Bu jasad yangilanishi boʻlsa, ruh yangilanishi ham huddi shunday.
Ramazondan asosiy maqsad ham aslida shu.
Sunnatga muvofiq roʻza, oʻqilgan namozlar va Qurʼon sababidan albatta ruh ham keraksiz odatlar va yomon fellardan xalos boʻlib chiqadi.
Demak ochlik va harakatchanlik sogʻlom jasad va sogʻlom aql uchun zarur ekan.
Sharʼiy roʻzaning bu kabi moddiy va maʼnaviy foydalari bugun hech kimga sir emas.
Lekin koʻplarga maxfiy qolgan mano "Qadariy roʻza" sirlari.
Sharʼiy roʻzada kishi oʻz ixtiyori bilan ochlik va charchoqni hosil qilsa, shunga oʻxshash qadariy roʻza ham boʻlib bu Alloh musulmon ummatga ochlik, charchoq holatlarini taqdir qilishida koʻrinadi.
Alloh ummat jasadini ushbu "qadariy roʻza" bilan "oʻlik hujayralar va keraksiz oʻsimtalar" (munofiqlar)dan tozalaydi.
Uhud , Ahzob va tabuk janglaridagi xavf xatar , ochlik ummat jasadidan "rak va saraton" (munofiqlar)ni qanday ajratib tashlagani siyratdan maʼlum..
(Oli Imron, Ahzob, Tavba suralarini oʻqing)
Bunga oʻxshash qiyinchiliklar ummatni gʻaflat uyqusidan qiyomga turishiga sabab boʻladi.
Bu "qadariy qiyomullayl" deyiladi.
Unda kerak boʻlsa dushmanni ham Alloh sabab qilib ummatni uygʻotadi.
Ramazon esa ummat hayotidagi ana o‘sha "majburiy roʻza va majburiy bedorlik" ning bir oy mobaynida ixtiyor namunasi yoki eslatmasidan iborat xolos.
Bir oylik ochlik va bedorlik kishiga qanday ham moddiy ham maʼnaviy foydalar keltirsa , ummatga dunyoda taqdir qilinadigan qiyin hayot ham shunday foydalar keltiradi.
To’qlik ustiga to'qlik , harakatsizlik jasadga qanday ziyon keltirsa, farovon tinch hayot ham ummat jasadiga shunday zarar keltiradi.
Sharʼiy roʻza qanday jasaddan shahvatni kessa, qadariy roʻza ham huddi shunday ummat jasadidan orzu havasni kesadi.
Rosululloh alayhissalom bir safardan qaytib qizlari Fotima oldiga kirdilar.
Qarasalar qizlari uyiga yangi parda va qoʻllariga taqinchoqlar osib olgan ekan. (Orzu havas)
Buni koʻrgach uyga kirmay qaytib ketdilar. Soʻng oʻtirib yerni kovlab (oʻyga tolib) aytdilar:
"Men dunyoni nima qilaman, men dunyoni nima qilaman !"
Fotima otasi shu parda va taqinchoqlar sabab qaytib ketganini tushunib uni Bilol bilan Rosulullohga yubordi.
Ularni sadaqa qildim istagan joyingizga qoʻyar ekansiz deb ayt dedi.
Nabiy alayhissalom shunda aytdilar :
"Ota onam unga fido boʻlsin, ota onam unga fido boʻlsin, shunday qildim! Ularni olib borib sotib yubor"
(Ibn Muborak az-zuhd kitobi)
Demak Rosululloh oʻz ahli baytlariga Alloh ravo koʻrganni ravo koʻrib ushbu "Qadariy roʻza" orqali ularni tozalashni istar edilar .
Alloh taolo aytadi:
"Alloh sizlardan shayton iflosligini ketkazishni istaydi va sizlarni poklashni istaydi ey ahli bayt"
(Ahzob.33)
Yana aytadi:
Va ehtimol sizlar bir narsani yoqtirmaysiz vaholanki u sizlarga yaxshilikdir. Va ehtimol sizlar bir narsani yoqtirasizlar vaholanki u sizlarga yomonlikdir. Va Alloh biladi sizlar esa bilmaysizlar"
(Baqara.216)
Yana aytadi:
"Agar bilsanglar roʻza tutishingiz oʻzingiz uchun yaxshidir"
(Baqara.184)
@xovatiri
Фарзандинг келажакда қандай одам бўлишини истасанг унга ёшлигида шундай муомала қил...
Болани уриб, ҳақоратлаб, дўппослаб урсанг ўша ҳолат болага унитилмас бир муҳир бўлиб босилиб қолади.
✍️
Сийратдан сабоқлар дарси
Рекомендую "“Mabdaul e’rob” – 1-juz"
https://play.google.com/store/books/details/Muhammadjon_Rahimjon_%C3%B5%C4%9Fli_Mabdaul_e_rob_1_juz?id=SdI-EQAAQBAJ