
Magistrlar Official
#söraganlar_uchun
📢
QO‘SHIMCHA QABULNI KUTAYOTGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan kvotalarga muvofiq abituriyentlar bilan telefon orqali bog‘lanish ishlari olib borilmoqda. O‘qish istagini bildirgan abituriyentlardan arizalar qabul qilish boshlandi.
📌
Shu munosabat bilan ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan telefon raqamingizni faol holatda saqlashingizni so‘raymiz. Qabul komissiyasi xodimlari siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi.
Qo‘ng‘iroqlarni o‘tkazib yubormaslik uchun telefoningizni yoqilgan holda saqlang!
Fardu
✊
@magistrlarofficial
❗️
HUQUQSHUNOSLIK VA BOSHQA 7 TA YO‘NALISH BITIRUVCHILARI UCHUN YANGI IMKONIYAT!
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘yicha kasbga qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi.
KIMLAR O‘QISHI MUMKIN?
Quyidagi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega shaxslar:
1. Yurisprudensiya;
2. Iqtisodiyot;
3. Moliya;
4. Soliq;
5. Audit;
6. Tizimli tahlil;
7. Menejment;
8. Axborot texnologiyalari.
Loyihaga ko‘ra, qayta tayyorlash davlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan komplaens-nazorat xodimlari hamda ushbu tuzilmalarga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan.
O‘QISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
Kurslar jami kamida
288 soat
davom etadi va ikki bosqichda masofaviy shaklda tashkil etiladi:
▪️
144 soat — Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida;
▪️
144 soat — Huquqni muhofaza qilish akademiyasida.
Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga ikkala akademiyaning
QO‘SHMA DIPLOMI
beriladi.
❗️
YANGI ISHGA KIRGAN XODIMLAR UCHUN ALOHIDA TARTIB
Komplaens-nazorat tuzilmalariga yangi tayinlangan xodimlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 4 oylik dastur asosida o‘qitiladi:
▪️
3 oy — masofaviy;
▪️
1 oy — an’anaviy ta’lim.
Ularga Huquqni muhofaza qilish akademiyasining diplomi beriladi.
KURSNI TUGATGANLAR QAYERDA ISHLASHI MUMKIN?
Mazkur tayyorgarlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens-nazorat) tuzilmalarida faoliyat yuritishga qaratilgan.
Jumladan: Davlat organlari va tashkilotlarining komplaens-nazorat bo‘linmalarida, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarida.
O‘QISH PULLIKMI?
Loyihaga ko‘ra, kasbga qayta tayyorlash to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ishlayotgan xodimlarning o‘qish davrida egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
❗️
Bu hozircha qaror loyihasi. Kursga qabul qilishning yakuniy tartibi va shartlari hujjat tasdiqlangach aniq bo‘ladi. Diplomning berilishi avtomatik ravishda ishga qabul qilinishni anglatmaydi.
@magistrlarofficial
🗓
Attestatsiya imtihonlari boshlanishiga 2 kun qoldi!
Xabaringiz bor, pedagoglar attestatsiyasi imtihonlari
26-oktyabrdan
boshlanadi.
Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar
Sinovtest.uz
orqali fanlar bo‘yicha
spetsifikatsiyalar asosida tuzilgan namunaviy testlarni
ishlab ko‘rishlari mumkin.
📥
Sinovtest.uz
saytiga quyidagi fanlar bo‘yicha yangi testlar qo‘shildi:
—
Jismoniy tarbiya 2026-yil kuzgi
;
—
Tarix 2026-yil kuzgi
;
—
Texnologiya (qiz bolalar) 2026-yil kuzgi
;
—
Musiqa madaniyati 2026-yil kuzgi
;
—
Biologiya 2026-yil kuzgi
;
—
Matematika 2026-yil kuzgi
.
✅
Sinovtest.uz
saytida
testlar bazasi muntazam yangilanib borilmoqda.
Tez orada boshqa fanlar bo‘yicha ham yangi testlar qo‘shiladi.
@magistrlarofficial
😇
🥰
🥰
😇
😇
🥰
imtihonga kiruvchılar uchun
😣
🥰
🥰
😇
🥰
😇
🥰
🥰
🥰
ASSALOMU ALEKUM
TÜRK TILIDAN TEZLASHTİRİLGAN
2⃣
OYLIK KURSİMİZGA QABULNING OHIRGI KUNI
🤣
Darslar
0⃣
dan boshlanadi
🤣
Haftada
6⃣
kunli jonli dars :
🤣
3⃣
kun grammatıka
➖
test darsları
🤣
3⃣
kun yazma
➖
konuşma darsları
🤣
1⃣
oyda
🥰
1⃣
➖
🥰
2⃣
darajalar tugaydı
🤣
Guruhga
2⃣
0⃣
aktıv talaba olinadi
🤣
Talabalar DEKABR/YANVAR oyidagi imtihonga tayyor bölishadi
🤣
🩵
🩵
🩵
2⃣
8⃣
➖
OKTABR
boshlanadı
DARS SOATI
⬇️
ERTALABKI GURUH
0⃣
5⃣
➖
0⃣
0⃣
ERTALABKI GURUH
1⃣
0⃣
➖
0⃣
0⃣
KECHKI GURUH
1⃣
9⃣
➖
0⃣
0⃣
💹
Bir oylik kurs narhı
❤️
❤️
❤️
1⃣
5⃣
0⃣
ming
☺️
1⃣
kursımız haqida töliq malumot
🤣
Darslar haftada
6⃣
kun
🤣
3⃣
kun OKUMA
➖
DİNLEME
🤣
3⃣
KUN YAZMA
➖
KONUŞMA
💹
Kurs narhı
💙
💙
💙
❤️
❤️
❤️
1⃣
5⃣
0⃣
ming
🌹
Dars soatı
1⃣
8⃣
➖
0⃣
0⃣
🩵
🩵
🩵
2⃣
8⃣
➖
➖
OKTABR
boshlanadı
İNDİVİDUALNI KURSIMIZ MAVJUD
Komila Kurbanova
Kanalimiz linki
Namuna
DARSLAR
Kursga yozilish uchun :
@komila_kurban_admin
Ga Murojaat qilamiz
✍️
📣
Musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📆
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
🪪
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali ko‘rishlari hamda sertifikatni elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🗄
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🗄
65 - 69,9 ball — A daraja;
🗄
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🗄
55 - 59,9 ball — B daraja;
🗄
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🗄
46 - 49,9 ball — C daraja.
@magistrlarofficial
#rasmiy_munosabat
Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari doirasida ötkazilgan test sinovlari yuzasidan
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqiçida "
Axborot texnologiyalari", "Özbekiston tarixi"
va
"Xorijiy tillar" fanlaridan
Bilim va malakalarni baholaş agentligida (hududlar böyiça) maxsus
test sinovlarini topşirişlari
belgilangan
.
Qarorda
test sinovlari böyiça
ötiş balining quyi çegarasi
töplaş mumkin bölgan
eng yuqori ballning 55 foizi
etib belgilangan bölib, uşbu çegaradan
past ball töplagan
yoki
test sinovlarida iştirok etmagan
talabgorlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga
tavsiya etilmasligi belgilangan
.
Vazirlik Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarini
belgilangan talablar asosida taşkil etiş
, talabgorlarning murojaatlarini
xolisona körib çiqiş
hamda tanlov jarayonining
şaffofligini taʼminlaydi
.
Talabalardan rasmiy xabarlarni
faqat vazirlikning rasmiy sayti
va “
my.edu.uz
” elektron tizimidagi
şaxsiy kabinetlari orqali
kuzatib borişlarini söraymiz.
@magistrlarofficial
Maktab o‘qituvchilari va rahbarlariga qanday ustamalar to‘lanadi?
1️⃣
Mentor-o‘qituvchi — maoshining 20 foizi.
Tuman (shahar)da “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni”ni o‘tkazadigan yuqori malakali o‘qituvchilarga har oy beriladi. Mablag‘ asosiy ish joyidagi maktab direktor jamg‘armasidan to‘lanadi va boshqa ustamalarga qo‘shiladi (PQ-231).
2️⃣
Xalqaro olimpiada g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchi va direktor — 200, 175 yoki 150 foiz.
IMO, IPhO, IChO, IBO va IOI’dagi oltin, kumush va bronza medal uchun navbatdagi o‘quv yili davomida to‘lanadi.
3️⃣
Direktor — 20 foiz, o‘rinbosar — 10 foizgacha.
Ish samaradorligi 100 ballik tizimda baholanadi.
4️⃣
Direktorlar kengashi a’zosi — bazaviy stavkaga 20 foiz.
Samaradorlik uchun 20 foiz olayotgan direktorga bu ustama berilmaydi.
@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2025
#Milliy_sertifikat
❗️
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari diqqatiga!
☄️
Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari uchun
milliy sertifikat malaka imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🆔
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash bo‘yicha
milliy sertifikat imtihonlariga
ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali –
my.gov.uz
orqali amalga oshiriladi.
💼
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 5-noyabr.
@magistrlarofficial
❗️
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Prezident qarori qabul qilindi
📄
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”
2026-yil 19-oktabrdagi PQ–380-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etişning
asosiy yönalişlari, taşkiliy tuzilmasi hamda tizim oldidagi ustuvor vazifalar
belgilandi.
Qarorga muvofiq, ta’limning barça bosqiçlarini qamrab olgan yagona
davlat siyosatini amalga oşiriş, ta’lim mazmuni va sifatini takomillaştiriş, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş hamda ta’lim tizimida samarali boşqaruvni yölga qöyiş
nazarda tutilgan.
📌
Şuningdek, qaror bilan:
🔹
aholi murojaatlari, şikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qiliş, ularni tezkor körib çiqiş hamda tegişli taşkilotlarga yönaltiriş maqsadida
“Call-markaz”
;
🔹
aholi hamda ta’lim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlaş, ta’lim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot oliş hamda tahlil qiliş maqsadida
qayta aloqa tizimi
.
Ta’lim va ilm-fan vaziri huzurida ta’lim oluvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillaridan iborat
Ta’lim böyiça jamoatçilik kengaşi
taşkil etiladi.
Vazirlik hay’ati
vazir (hay’at raisi), uning örinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, şuningdek, yetakçi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan
15 nafar
a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
💼
Vazirga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga
2027-yil 1-fevralga qadar
xodimlarni töğridan töğri suhbat asosida işga qabul qiliş vakolati beriladi.
📋
Bundan taşqari:
➖
Prezident Administratsiyasi huzurida
Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz ta’lim strategiyasini işlab çiqiş
böyiça maxsus işçi guruh taşkil etiladi;
➖
Vazirlik huzurida
Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Ta’lim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi
taşkil etiladi;
➖
Vazirlik huzurida
Bilim va malakalarni baholaş agentligi
taşkil qilinmoqda, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika ta’lim markazi faoliyati
tugatilmoqda.
@magistrlarofficial
❗️
Ta’lim va ilm-fan tizimini boshqarishning yangi tartibi belgilandi
Prezidentning PQ-380-sonli qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani boshqarish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda.
Hujjatga muvofiq belgilangan asosiy yangiliklar:
➖
Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yagona davlat siyosati yuritiladi;
➖
Ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilar manfaatiga daxldor hujjatlar vazirlik huzuridagi Ta’lim bo‘yicha jamoatchilik kengashida majburiy muhokamadan o‘tkaziladi;
➖
Sohadagi muammolarni aniqlash va tahlil qilish uchun vazirlik huzurida Ta’lim va ilm-fan bo‘yicha strategik tadqiqotlar va baholash markazi tuziladi
➖
Prezident Administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etildi;
➖
Aholi bilan tezkor muloqot qilish uchun autsorsing asosida Call-markaz va qayta aloqa (Feedback) tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
➖
Vazirlik markaziy apparatida uchta asosiy departament tuzilib, ularning rahbarlari vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
➖
Markaziy apparatni malakali kadrlar bilan to‘ldirish uchun 2027-yil 1-fevralga qadar xodimlar istisno tariqasida tanlovsiz ishga qabul qilinadi;
➖
Pedagogik mahorat markazi to‘liq tugatilib, uning vazifalari Bilim va malakalarni baholash agentligiga o‘tkazildi;
➖
Vazirlik avvalgi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosiga (Universitet ko‘chasi, 7-uy) joylashtrildi.
@magistrlarofficial