Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NamDÇTI birinçi prorektor yangiliklari

manaviyat_namsifl
Subscribers
3 072
24 hours
-10
30 days
36
Unusual 24 hours drop
Post views
304
ER
9,9%
Posts (30d)
577
Characters in post
1 140
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 16:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Til_va_tarjima_fakulteti
#Ibrat_merosi
📹
IS’HOQXON IBRAT HAYOTI VA FAOLIYATINI YORITUVCHI HAFTALIK VIDEOLOYIHA
📌
4-son | “Qo‘qon madrasasi — ilm va ijod parvozi”
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
🎬
“Ibrat merosi” haftalik videoloyihamizning to‘rtinchi soniga xush kelibsiz!
📚
Bugungi sonimizda Is’hoqxon Ibratning Qo‘qon shahrida olgan tahsili, ilmiy dunyoqarashining shakllanishi hamda ijod olamiga kirib kelishi haqida hikoya qilamiz.
📖
Qo‘qon madrasasi — ilm sari muhim qadam
Har bir buyuk shaxsning kamol topishida olgan ta’limi va mustahkam ilmiy poydevori muhim o‘rin tutadi. Is’hoqxon Ibratning hayotida ham Qo‘qon shahri va u yerdagi madrasa ta’limi alohida ahamiyat kasb etgan.
🏛
Sakkiz yillik tahsil — ma’rifat sari yo‘l
1878-yilda Is’hoqxon Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasiga o‘qishga kiradi va 1886-yilgacha, sakkiz yil davomida, ushbu ilm maskanida tahsil oladi. Bu yerda u mantiq, munozara va til ilmlarini chuqur o‘rganib, o‘z bilimini boyitadi. Aynan shu davrda uning ijodiy salohiyati namoyon bo‘la boshlaydi va u “Ibrat” taxallusi bilan she’rlar yoza boshlaydi.
📚
Buyuk mutafakkirlar merosidan ilhom
Madrasa ta’limi davomida Is’hoqxon Ibrat Sharq falsafasi va adabiyotining yirik namoyandalari — Abu Nasr Forobiy va Abdurahmon Jomiy kabi mutafakkirlarning ilmiy-adabiy merosiga katta qiziqish bildiradi.
Forobiy qarashlarida mujassam bo‘lgan ilm, aql va tafakkurga e’tibor, Jomiy ijodidagi badiiy teranlik hamda so‘z san’ati Ibratning ma’naviy dunyosi va ijodiy izlanishlariga katta ta’sir ko‘rsatgan.
🌍
Madrasa ta’limidan jahon ma’rifati sari
Qo‘qonda olgan bilimi Is’hoqxon Ibratning keyingi faoliyati uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. U ko‘plab xorijiy tillarni o‘rgandi, tilshunoslik va tarjimachilik sohalarida izlandi, matbaachilikni rivojlantirishga hamda yangi usul maktablari orqali xalqning savodxonligini oshirishga intildi.
Ibrat bobomizning hayot yo‘li shuni ko‘rsatadiki, chinakam bilim, tinimsiz izlanish va yangilikka intilish insonni yuksak marralarga olib chiqadi.
🎓
Bugun Ibrat merosi — biz, yoshlar uchun ibrat maktabi!
Uning ilmga sadoqati, dunyo tillarini o‘rganishga bo‘lgan intilishi va xalq ma’rifati yo‘lidagi xizmatlari bugungi talaba-yoshlarni ham izlanishga, bilim olishga va Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga undaydi.
📹
Videolavhani tomosha qiling va Is’hoqxon Ibratning Qo‘qon madrasasida boshlangan ilmiy-ijodiy kamolot yo‘lini birgalikda kashf eting!
Ibrat merosi — ma’rifat, ilm va taraqqiyot sari yo‘l!
🎓
Loyiha rahbari: KOR-AU-26 guruh talabasi Shaxzoda Abdullayeva
Tyutor: Azizbek Jo‘rayev
🕊
Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 16:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

😇
😇
😇
😇
😇
😇
😇
😇
🙅‍♂️
“Biz giyohvandlikka qarşimiz!”
👍
Filologiya fakulteti talabalari iştirokida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tarğibot işlari olib borildi. Yoşlarni sog‘lom turmuş tarziga undash, zararli illatlardan ogoh etiş hamda giyohvandlikka qarşi qat’iy immunitetni şakllantiriş tadbirning asosiy maqsadidir.
🔂
Soğlom hayot — yorqin kelajak garovi!
✈️
Bizni kuzatişda davom eting:
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 15:14
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#Til_va_tarjima_fakulteti
🚨
TALABA-YOSHLAR EKSPERT-KRIMINALISTIKA MARKAZI FAOLIYATI BILAN YАQINDAN TANISHDILAR
✅
Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonun ustuvorligiga hurmat, huquqbuzarliklarning oldini olishga doir bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish maqsadida mazmunli uchrashuv va ko‘rgazma tashkil etildi.
✅
Tadbir doirasida Namangan viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi Ekspert-Kriminalistika markazi boshlig‘i, podpolkovnik
M.U.MirzaabdullayevTNA-AU-25, RUA-CR-25
talaba-yoshlari bilan uchrashib, markaz faoliyati va ekspert-kriminalistika sohasining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berdi.
✅
Uchrashuv davomida talabalar markaz tasarrufidagi maxsus jihozlangan xizmat avtomobili hamda jinoyatlarni fosh etish, hodisa joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni aniqlash, qayd etish va o‘rganish jarayonlarida foydalaniladigan maxsus asbob-uskunalar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan mazkur texnik vositalarning vazifalari, ulardan foydalanish tartibi va amaliy ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
✅
Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar va maxsus texnik vositalarning jinoyatlarni aniqlash, dalillarni ilmiy asosda tekshirish hamda tergov jarayonlariga ko‘maklashishdagi o‘rni talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazma ishtirokchilarga nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash, ekspert-kriminalistika sohasining murakkab va mas’uliyatli jihatlarini yaxshiroq anglash imkonini berdi.
✅
Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, kriminalistik tekshiruvlarning ahamiyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda zamonaviy ekspertiza imkoniyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✅
Bunday ma’rifiy-amaliy tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda kelajak kasbini tanlashda to‘g‘ri yo‘nalish olishlariga xizmat qiladi.
Tyutor:A.Jurayev
Zero, huquqiy bilimli, faol va mas’uliyatli yoshlar — jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining muhim tayanchidir.
🕊
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 14:58
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

😇
😇
😇
😇
😇
😇
😇
😇
#Bepul_til_kursi
🇩🇪
TALABALAR UCHUN BEPUL NEMIS TILI KURSI TAŞKIL ETILDI!
👍
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari instituti Filologiya fakulteti
GER-AU-26
guruhi talabasi
A. Jabborov
tomonidan talabalar uchun bepul nemis tili kursi taşkil etildi.
📚
Hozirgi kunda uşbu tögarakda jami 45 nafar talaba iştirok etmoqda. Maşğulotlar har hafta seşanba va payşanba kunlari soat 14:00 dan 16:00 ga qadar ötkazilmoqda.
✨
Mazkur taşabbus talabalarning nemis tiliga bölgan qiziqişini oşiriş, xorijiy tillarni örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda ularning bilim va könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
✈️
Bizni kuzatişda davom eting:
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 14:51
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

⚖️
“BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI
Filologiya fakultetida “Talaba qizlar to‘garagi” doirasida
“Biz korrupsiyaga qarshimiz”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish, halollik va adolat tamoyillariga rioya qilish hamda yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — talaba qizlarda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, halollik, mas’uliyat va adolat kabi qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat.
To‘garak rahbari:
Abduqahhorova Marjona, ENG-CU-24 guruhi talabasi.
🕊
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 14:50
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Til_va_tarjima_fakulteti
🔍
KRIMINALISTIKA SIRLARI TALABALAR NAZARIDA
👍
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari institutida talaba-yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş hamda huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan.Namangan viloyat içki işlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari iştirokida oçiq tadbir o’tkazildi.
✅
Mutaxassislar özlari bilan zamonaviy texnik vositalarni olib kelib, talabalarga ularning işlash tamoyillari va amaliy qöllanilişini körsatib berdilar. Talabalar kriminalistika sohasida qöllaniladigan texnik jihozlar bilan yaqindan tanişib, savollariga javob oldilar.
✅
Talabalar uchun bu nafaqat qiziqarli, balki foydali ham böldi: ular kriminalistika kasbini yaqindan kördilar, huquqiy bilimlarini boyitdilar.
Tyutor:N.Ergashboyev
🕊
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 14:47
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Til_va_tarjima_fakulteti
MİLLİY LİBOSLAR — MİLLİY QADRİYATLARİMİZ TİMSOLİ
Milliy libos — xalqimizning köp asrlik tarixi, boy madaniyati va betakror anʼanalarini özida mujassam etgan bebaho maʼnaviy merosdir. Unda ajdodlarimizning didi, dunyoqarashi, urf-odatlari va milliy özligi yorqin aks etadi.
Şuningdek, İsʼhoqxon İbrat nomidagi Namangan davlat çet tillari instituti Til va tarjima fakulteti tyutori M.Usmonova tomonidan öziga biriktirilgan RUS-AR-26 va XTA-DU-26 guruh talabalari uçun ham milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoşlar qalbida milliy gʻurur va vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu ezgu maqsadlar asosida talaba-yoşlarning milliy liboslarda iştirok etişi xalqimizning gözal anʼanalariga bölgan hurmatning amaliy ifodasidir.
Atlas va adrasning nafis jilosi, döppi va zardözlikning betakror bezaklari, milliy liboslarning öziga xosligi — bularning barchasi xalqimiz madaniyatining naqadar boy va rang-barang ekanidan dalolat beradi.
Tyutor: M.Usmonova
🕊
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 14:44
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

😇
😇
😇
😇
😇
😇
😇
😇
🇹🇷
TÜRKÇE KULÜBÜNDE EĞİTİMLER DEVAM EDİYOR!
🇹🇷
📚
Birlikte öğreniyor, birlikte gelişiyoruz!
👍
Is’hoqxon Ibrat Namangan Devlet Yabancı Diller Enstitüsünün öğrenci yurdunda düzenlenen Türkçe kulübü dersleri, öğrencilerimizin aktif katılımıyla devam ediyor.
✨
Öğrencilerimiz yeni kelimeler öğreniyor, Türkçe diyaloglar kuruyor, soru-cevap etkinliklerine katılıyor ve grup çalışmalarıyla konuşma becerilerini geliştiriyorlar.
🔂
Öğrencilerimizin derse olan ilgisi, girişimciliği ve Türkçe konuşma konusundaki çabaları öğrenme sürecine renk katıyor.
👩🏻‍🏫
Kulüp sorumlusu: ENG-CU-24 grubu öğrencisi N. Jaloliddinova — Türkçe B2 sertifikası sahibidir.
🌱
Her yeni kelime yeni bir fırsat, her ders başarıya atılan bir adımdır!
🇹🇷
Öğrenci yurdu müdürü: G. Kosimova
✈️
Bizi takip etmeye devam edin:
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 14:33
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Til_va_tarjima_fakulteti
🇺🇿
Tarix, gʻurur va vatanparvarlik sari sayohat
✅
Namangan davlat chet tillar instituti Til va tarjima fakulteti XTA-KU-26 guruhi talabalari bilan birgalikda Yangi Oʻzbekiston bogʻi hamda uning hududida joylashgan Vatanparvarlar bogʻiga tashrif buyurdik.
✅
Tashrif davomida yurtimiz tarixi, milliy qadriyatlarimiz, Vatanimizning boy merosi va xalqimizning fidoyiligi haqida yanada chuqurroq tasavvurga ega boʻldik. Vatanparvarlar bogʻi esa bizda ona yurtga boʻlgan muhabbat, milliy gʻurur va sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamladi.
✅
Ushbu sayohat nafaqat maroqli vaqt oʻtkazish, balki tariximizni anglash, oʻtmishdan saboq olish va kelajakka katta maqsadlar bilan intilish uchun ham ajoyib imkoniyat boʻldi.
✨
Zero, oʻz tarixini bilgan, Vatanini sevgan va uning kelajagiga befarq boʻlmagan yoshlar — yurt taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
Tyutor:J.Abdurazzoqov
🕊
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL

October 27, 14:33
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Til_va_tarjima_fakulteti
🚨
XAVFSIZLIK VA HUQUQIY SAVODXONLIK — DAVR TALABI!
👍
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida talaba-yoshlar uchun profilaktik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda RUA-BR-24 guruhi talabalari ham faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida jinoyat sodir etilgan joylarda qo‘llaniladigan maxsus texnik vositalar va ashyolar namoyish etilib, ularning vazifasi hamda huquqbuzarliklarni aniqlash va tergov jarayonidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
🔎
Bunday amaliy tanishuvlar talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, jinoyatchilikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Qonunga hurmat — xavfsiz jamiyat garovi!
Tyutor:X.Nuritdinova
🕊
Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/manaviyat_namSIFL