
MA'NAVIY IMMUNITET
CHORSHANBA TONGI MUBORAK BO'LSIN!
🍁
Assalomu alaykum aziz yurtdoshim!
🍁
Boshlayotgan kuningiz, xayrli-barokatli oʻtsin!
🍁
Qanchadan beri amalga oshmayotgan orzularingiz roʻyobga chiqsin!
🪶
Unutmang, Siz behudaga o'tkazgan bir kun, kapalak uchun bir umrga teng! Har bir kun, har bir lahzani qadrlang, undan foydalaning!
🌾
Chorshanba kuningiz xayrli oʻtsin, azizlarim!
🍂
Rasmiy sahifamiz
👇
🕊
https://t.me/manaviyimmunitet
🟢
Romitanda Ichki ishlar organlari xodimlari sharaflandi
Bugun, 26-oktabr kuni Romitan tumani markazida joylashgan “Shoxsaroy” tantanalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 35 yilligi hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tumanning asosiy bayram tadbiri keng nishonlandi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Umedjon Barnoyev, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, tuman ichki ishlar organlari xodimlari, sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida ishtirok etgan tuman hokimi Umedjon Barnoyev tinch, osuda hayotimiz qo‘riqchilari, huquq va erkinliklarimizning ishonchli himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, xalqimiz uchun sadoqat bilan xizmat qilish har bir insonning burchi ekanligini, har bir xodim avvalo, o‘z Vatanini, qolaversa kasbini sevgan holda xizmat qilsa, qilingan mehnat, albatta, o‘z samarasini berishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda tuman hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlar xizmati alohida e’tirof etilib, sana munosabati bilan tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
To‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tadbirida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan qiziqarli konsert dasturi namoyishi hamda elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari va ijro etgan kuy-qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
@Umed_Barnoyev
💥
SPORT-BU MAMLAKATNI DUNYOGA TANITADIGAN SOHA
💥
Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 14-umumiy òrta ta'lim maktabida
🌟
BESH TASHABBUS SPORT MUSOBOQASINING "VORDKAUNT" sport turidan
💐
10-sinf òquvchisi Halimov Uluģbek tuman bosqichida ishtirok etib faxrli 1-o'rinni qòlga kiritdi.
🌼
Bugungi g'alaba bilan jismoniy tarbiya ustozlarni hamda òquvchini tabriklaymiz.
🌤
Assalomu alaykum! Dushanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!
🍁
Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!
Rasmiy sahifamiz
👇
🕊
https://t.me/manaviyimmunitet
“JADIDLAR IZIDAN” TANLOVI: G‘OLIBLAR ANIQLANDI!
Buxoro viloyati Romitan tumanida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman bosqichi yakunlandi.
Tadbirda Romitan tumani hokimi o‘rinbosari Zavqiy Qurbonov ishtirok etib, yoshlarning ma’naviy kamolotida kitobxonlik, ilm-ma’rifat va jadidlar merosining ahamiyati alohida ekanini ta’kidladi.
Raxmatov Rustam Maxmudovich — Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish sho‘basi bosh mutaxassisi,
Xayrullayeva Mohinabonu — viloyat Bolalar kutubxonasi uslubiy bo‘limi boshlig‘i,
Saidova Maftuna Sohibjonovna — o‘quvchilarni qo‘shimcha ta’limga jalb etish bo‘limi boshlig‘i.
Marhabo Boʻronova - Axborot-kutubxona markazi Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari,
Marxabo Ahmedova — Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbarlari hakamlik qilib, tanlov jarayonini adolatli va shaffof oʻtishini nazorat qilib bordilar.
Tanlov davomida o‘quvchilar jadid bobolarimizning hayoti, ijodi, ma’rifatparvarlik faoliyati hamda boy adabiy merosi haqidagi bilimlarini namoyon etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlandi:
6–8-sinflar o‘rtasida:
I o‘rin — Botirova Moxinabonu, Romitan tumani 1-maktab, 8-sinf.
II o‘rin — Naimova Ibodat, Romitan tumani 4-maktab, 8-sinf.
III o‘rin — Nasullayeva Mehrangiz, Romitan tumani 35-maktab, 8-sinf.
9–10-sinflar o‘rtasida:
I o‘rin — Farhodova Farzona, Romitan tumani 32-maktab, 9-sinf.
II o‘rin — Abdurasulova Munisa, Romitan tumani 12-maktab, 9-sinf.
III o‘rin — Subhonova Ferangiz, Romitan tumani 41-maktab, 10-sinf.
Tanlov g‘oliblarini diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov yosh avlod qalbida kitobxonlikka muhabbat uyg‘otish, jadidlar merosini chuqur o‘rganish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
📲
Romitan tuman “Kelajak” markazi axborot xizmati
Bu videorolikda jamiyatimizdagi maishiy dabdabozlik va ko‘z-ko‘z qilish aslida chinakam o‘zbekchilik emasligi, aksincha bu illat ekanligi ta'kidlandi. "El nima deydi" tushunchasi ortidan kelib chiqadigan sun'iy isrofgarchilikning salbiy oqibatlari tahlil qilinib, yoshlar o‘rtasida haqiqiy saxiylik va milliylik tushunchalari muhokama qilindi.
https://t.me/manaviyimmunitet
#Axborotkutubxonamarkazi
#siyosiy_maʼrifat_soati
#milliy_libos
#41_son
📚
Siyosiy_ma’rifat soati
⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.
"Siyosiy-maʼrifat soati"da Axborot - kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.
23.10.2026-yil
Romitan tumani axborot-kutubxona markazi
#41_son
Hurmatli davlat xizmatçilari, siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunçilikdagi yangiliklar, davlat xizmatçisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqaraşini boyitişga xizmat qiladigan ma’lumotlar örin olgan.
#uzb35
#mustaqillik35
🌍
Biz bilan kuzatib boring!
🕊
Telegram
|
📸
Instagram